• 1-jadval . Sanoat sohalarining atmosferani ifloslantirish ulushi: 1 — issiqlik elektr
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    № 
    Nomi 
    Yoqilg‘i yonishidan hosil bo‘lgan mahsulot 
    Chala 
    To‘liq 

    Yoqilg‘i uglerodi C 
    CO 
    CO


    Yoqilg‘i azoti N 
    NO 
    NO


    Yoqilg‘i oltingurguti S 
    H
    2
    S
    SO
    2
    , SO


    Yoqilg‘i vodorodi H 
    OH 
    H
    2


    Metan CH

    CO, C
    20
    H
    12 
    CO
    2
    , H
    2

    1-jadvalSanoat sohalarining atmosferani ifloslantirish ulushi: 1 — issiqlik elektr 
    stansiyalari; 2 — qora metallurgiya; 3 — rangli metallurgiya; 4 — neft kimyosi; 5 — avtomobil 
    transporti; 6 — qurilish materiallari sanoati. 
    Elektr stansiyalardan tashlanayotgan turli moddalar biosferaga zararli ta’sir qilmoqda. Shu 
    munosabat bilan IESlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib 
    qolmoqda. Mamlakatimizda atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha qator chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 
    Ularda, hozir yashab kelayotgan va kelajak avlodlar uchun himoyalash maqsadida va ilmga 
    asoslangan holda, yerdan va uning boyliklaridan, suv resurslaridan va hayvonot olamidan oqilona 
    foydalanish, hamda havo va suvlarni toza saqlash, tabiiy boyliklarning qayta tiklanishini ta’minlash 
    va inson atrofidagi muhitni yaxshilash uchun qator qarorlar qabul qilinmoqda va bu ishlar amalga 
    oshirilmoqda. Elektr stansiyalardan tashlanayotgan turli moddalar «biosfera» deb ataladigan tirik 
    tabiatning butun majmuasiga zararli ta’sir qilmoqda. Biosfera yer yuzasiga yaqin joylashgan 
    atmosfera qatlamidan, yerning ustki yuzasi va suv akvatoriyasidan iborat. Masalan, IESlarning 
    gazsimon tashlamalarida zararli moddalarga azot oksidlari (NO
    X
    =NO+NO
    2
    ) va oltingugurt oksidlari 
    (SO
    X
    =SO
    2
    +SO
    3
    ) hamda chang va qattiq kul zarrachalari, vannadiy (V) oksidi (V
    2
    O
    5
    ) kiradi. Undan 
    tashqari, yoqilg‘ining chala yonishida tutun gazlarida uglerod (II) oksid, CH
    4
    kabi uglevodorodlar, C
    2
    H
    4
    , benz(a)piren C
    20
    H
    12
    va qorakuya (saja) bo‘lishi mumkin. 
    Elektr stansiyalarning oqava suvlarida erigan anorganik zaharli moddalar (kislota, ishqorlar), 
    molekulali — erigan organik moddalar (moy qoldiqlari, suv bilan mazutning aralashishidan qolgan 
    polimer- uglevodorod birikmalari), kolloid tizimlari, erigan gazlar, erimagan qattiq qo‘shimchalar va 
    boshqalar bo‘lishi mumkin. Oqova suvlarning ko‘p iflosliklari suv havzalaridagi o‘simlik va hayvonot 
    dunyosi uchun zaharlidir, boshqalari esa parchalanishdan keyin suvdagi kislorodni faol yutib 
    yuboradi, oqibatda biosferaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun IESlarning 
    hamma oqova suvlari tozalanadi, tabiiy suv havzalariga tashlanishdan avval ularning ifloslanish 
    darajasi nazorat qilib turiladi. IES tashlamalari, ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalariga ko‘ra 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish