|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 163/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.151
koagulantlar va boshqalar). Ular ishlatilgandan keyin suvning bir qismi bilan chiqib ketadi va oqova
suvlarni hosil qiladi. Ushbu oqova suvlar zaharli qo‘shimchalarga ega emas, lekin suv havzalarini
tuzlar bilan ifloslantirib, havza suvining pHini o‘zgartiradi, ulardagi organik qo‘shimchalarning
miqdorini oshirib yuboradi, bu esa kislorod ishtirokisiz bo‘lgan jarayonlarda zararli mahsulotlar(H
2
S,
CH
4
va boshqalar)ning ajralib chiqishi bilan kechadi. Ko‘p hollarda bu kabi suvlarni suv havzalariga
oqizib yuborishga ruxsat etilmaydi va ular oqizib tashlanishidan avval tozalanishi zarur.
Tashlamalarning suv havzalariga oqizib tashlanishini kamaytirish, kelajakda esa umuman
tashlamaslik, suv tayyorlashning yangi ilg‘or zamonaviy usullarining tatbiq qilinishi bilan hamda
ularni keraklicha jihozlash va o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi. Neft mahsulotlari bilan ifloslangan
suvlar suv havzalari uchun katta xavf tug‘diradi, chunki ular, har qanday sanoat korxonasining oqova
suvlarida bo‘lishi mumkin. IESlarning oqova suvlarida neft mahsulotlarining bo‘lishi asosan mazut
xo‘jaligidan va bosh korpusdan (turbinalarning moy sovutgichlaridan va nasoslarning ayrim
qismlaridan) moyning oqib ketishi hisobiga, elektr texnik qurilmalar (transformator, kabel va
boshqalar)dan va yordamchi xizmatlar (depo, garaj, kompressor xonasi)dan bo‘lishi mumkin. Oqova
suvlarning neft mahsulotlari suvda emulsiyalangan holda bo‘ladi, ya’ni, alohida bo‘lgan 200—300
mkm gacha o‘lchamli zarrachalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Suv va neft mahsulotlarining zichliklar
farqlari ta’sirida neft mahsulotlarining zarralari suv ustiga suzib chiqadi va maxsus moslamalar
yordamida undan xalos etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
7.
Ўзбекистонда қайта тикланадиган энергетикани ривожлантириш истиқболлари.
ЮНДП, Тошкент, 2007.
8.
Международный семинар «Возобновляемая энергия в Центральной Азии как фактор
укрепления продовольственной безопасности и улучшения социально-экономических
условий в отдалённых населённых пунктах» ЮНДП, г.Ташкент. 2008
9.
Аллаев.К.Р. Электроэнергетика Узбекистана и мира. 2009.
10.
Ю.А.Лосюк, В.В.Кузьмич. Нетрадиционные источники энергии. Минск.
«Технопринт» 2005
11.
Issiqlik elektr stansiyasi bug‘ turibinalarida bug‘ni qizdirish uchun ikkilamchi quyosh
energiyasidan foydalanish imkoniyatrini o‘rganish. J.X.Suvonov D.J.Xolboyev .2023 yil 72-95 bet.
|
| |