• Tayanch so’zlar va iboralar
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • TABAQALASHTIRILGAN TA’RIFLARNI O’ZBEKISTONDA TADQIQ QILISH




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    TABAQALASHTIRILGAN TA’RIFLARNI O’ZBEKISTONDA TADQIQ QILISH 
     
    R.O.Rahmatullayev, SH.A.Qo’chqorov 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Аnnоtаsiya. Maqolada - ishlab chiqarish korxonalari elektr energiyasi iste'molini 
    samaradorligini oshirish uchun vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llash asosladi. 
    - vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni qo‘llashni asoslash uchun axoli yashash joylari 
    elektr energiyasi iste'moli taxlil etiladi; 
    - turli tariflar bo‘yicha elektr energiyasi iste'moli parametrlari optimallashtiriladi. 
    Tayanch so’zlar va iboralar: optimallash, tabaqalashtirish, pik vaqtlar (davrlar), 
    tabaqalashgan tariflar. 
    Har qanday iqtisodiy tizimda energiya bilan ta'minlovchi subyekt hamda energiya 
    iste'molchilari orasida moliyaviy hisob-kitoblar yuritish, ya'ni iste'mol qilingan elektr energiyasi 
    to‘lovini amalga oshirish uchun ma'lum bir stavkalar tizimi – tariflardan foydalaniladi.
    O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasini sotish tizimida iste'molchilar bilan o‘zaro 
    hisoblar, elektr energiyasi bilan ta'minlovchi tashkilot - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi 
    tomonidan amalga oshiriladi va bu tashkilotlar elektr energiyasini yetkazib berish hamda energiya 
    qurilmalari shu tashkilot tarmog‘iga bevosita ulangan iste'molchilar o‘rtasida tuzilgan elektr 
    ta'minoti shartnomasi asosida “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari”ga muvofiq 
    amalga oshiriladi. 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.143 
    Vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimi qo‘llanilganida yillik iste'mol hajmi bir xil 
    bo‘lmaydi. Iste'molchilarning elektr energiyaga bo‘lgan asosiy talab davri asosan sutkaning ertalabki 
    va kechgi davriga to‘g‘ri keladi. 
    Sutkalik grafikning asosiy hususiyatlari quydagicha: 
    - notekis grafik (tungi davrdagi minimum yuklamalar davrining, maksimum yuklamalar davriga 
    nisbati) quydagicha ifodalanadi: 
    P
    P
    а
    Н
    max
    min
    /

    (1)
    Yuklamani to‘ldirish koeffisenti (o‘rtacha sutkalik yuklamalar davrining maksimum yuklamalar 
    davriga nisbati) quydagicha ifodalanadi: 
    P
    P
    y
    урт
    з
    max
    /

    (2)
    Shuningdek maksimal yuklamalar davrining soatlar bo‘yicha miqdori quydagicha ifodalanadi: 
    P
    Э
    йил
    h
    max
    /

    (3)
    bunda 
    Э
    йил
    - yillik iste'mol qilingan elektr energiyasining miqdori, 
    P
    max
    – energiya tizimining yillik maksimum yuklamalar davri. 
    Vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar tizimini amalga oshirish, iste'mol qilingan elektr 
    energiyasi miqdorini davrlarga bo‘linishiga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, vaqt bo‘yicha 
    tabaqalashtirilgan tariflar tizimini qishgi va yozgi davrlarda, sutkaning “pik” soatlariga qarab elektr 
    energiyasi bahosini o‘zgartirish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. 
    Bundan tashqari, elektr energiyasi sarfini o‘lchash uchun qimmat bo‘lgan tizimlar (haqiqiy 
    vaqtdagi o‘lchash, ikki tomonlama aloqa, dasturiy ta'minot va boshqalar) talab qilinadi. Shuning 
    uchun bunday tariflar tizimini odatda iste'molchilar elektr energiyani iste'mol qilishda o‘zlariga mos 
    tarif davrlarini tanlash imkoniyatini yaratadi. Shunga qaramay ayrim, korxonalarda mavjud elektr 
    jihozlar iste'molchilari, aholi turar joylarida esa kondisionerlar, elektr isitgichlarini vaqt bo‘yicha 
    tabaqalashtirilgan tariflar tizimining “pik” davrlarida iste'mol miqdorini kamaytirmasdan 
    ishlatishlari kuzatiladi. 
    Bu esa nafaqat energetika tizimiga balki iste'molchilarning o‘zlariga ham iqtisodiy zarar 
    keltirishi mumkin Elektr energiyasini uzatishda vaqt bo‘yicha tabaqalashtirilg tariflarning (sutkalik, 
    haftalik, mavsumiy) farqlanishi, ko‘plab mamlakatlar tomonidan turlicha tariflar ko‘rinishida amalga 
    oshiriladi. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TABAQALASHTIRILGAN TA’RIFLARNI O’ZBEKISTONDA TADQIQ QILISH

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish