Namangan Institute of Engineering and Technology




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Namangan Institute of Engineering and Technology 
nammti.uz 
10.25.2023
Pg.261 
sodda atom — vodorod atomi masalasini aniq yechib berdi. Ko
ʻ
p elektronli sistemalar uchun 
Shryodinger tenglamasi aniq yechilmaydi, bu yerda taqribiy yechish usullari (variatsion usul, Hartri 
— Fok usuli va boshqalar) ishlatiladi. 
Kalit so’z. Yarimo’tkazgichni taqiqlangan zonasi kengligi, spin-orbital ajralish energiyasi, 
kvant o’ra kengligi , potensial barer balandligi (geteroo’tishdagi o’tkazuvchanlik zonasini sakrash 
energiyasi) , kvant o’radagi elektron energetik satxlari, kvant o’radagi elektron dispersiyasi, 
elektronni kvant o’ra tekisligidagi, to’lqin vektori , Fermi energiyasi, erkin elektron massasi, 
elektronni effektiv massasi, o’tkazuvchanlik zonasini noparaboliklik koeffisiyentlari , bitta zarra 
masalasidagi energiya xolatlari zichligi 
Tor zonali yarimo’tkazgichlar asosida nanometr tartibidagi kvazi-ikki o’lchamli (2D) 
geterotuzilmalarda tok tashuvchilarni fizik tabiatini o’rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
Masalan, AlSb/InAs/AlSb geterotuzilmasida elektronlar uchun juda chuqur (~1.35 eV) o’ra xosil 
bo’ladiki, bu ularni xarakatini fazoviy kvantlanishi tufayli birnecha kvantlangan energiya satxlarini 
kuzatishga imkon beradi. Bundan tashqari ushbu geterotuzilmalarda elektronlar yuqori 
xarakatchanlikka ega va effektiv massasi juda kichik qiymatga ega bo’ladi.
Bunday geterotuzilmalar asosida uzoq infraqizil va teragersli diapazonlarda ishlay oladigan 
tezkor tranzistorlar, qisqa-to’lqinli kvant kaskadli lazerlar, rezonans-tunnel diodlar va detektorlar
yaratish mumkin. Bunday asboblarni optimal ishlashini ta’minlash - murakkab kvant 
nanotuzilmalardagi tok tashuvchilar xarakatlanishi tabiatini mukammal o’rganishni talab etadi.
Tor zonali yarimo’tkazgichlarni o’tkazuvchanlik zonasi kuchli noparabolik xususiyatga ega. 
Agar kvant o’ra materiali kuchli legirlangan bo’lsa, birnecha minizonalar to’ldirilishi mumkin. Shu 
sababli, elektron asboblarni ishchi xarakteristikasini optimallashtirish – qator fundamental 
masalalarni yechishni taqozo etadiki, bu nafaqat energetik spektr, transport xodisalar v.x. balki 
turlicha yarimo’tkazgich materiallari asosida yaratilgan nanotuzilmalarda tok tashuvchilarni 
statistikasini xam chuqur o’rganishni talab etadi.
Kuchli legirlangan kvant o’radagi elektronlar energiya spektri va transport massasini 
eksperimental va nazariy jixatdan o’rganish – birnecha minizonachalar to’ldirilgan sharoitda - 
elektron gazini energiya xolatlar zichligi, Fermi energiyasi, entropiyasi, isssiqlik sig’imi v.x. kabi 
fundamental xossalari xaqida muxim ma’lumotlar olishga imkon beradi.
Eksperimental ma’lumotlarni interpretasiya qila oladigan effektiv matematik modellarini 
yaratish – AlSb/InAs/AlSb kabi chuqur kvant o’rali geterotuzilmalarda kechayotgan fizik jarayonlar 
xaqidagi tasavvurlarni yanada rivojlantirishga imkon beradi. 
Shu sababli, AlSb/InAs/AlSb kabi geterostrukturalarda kvazi-ikki o’lchamli elektron gazini 
xossalarini o’rganish (o’tkazuvchanlik zonasini noparabolik xususiyatlarini xisobga olgan xolda chekli 
chuqurlikdagi kvant o’rada elektron spektrini xarakterlovchi matematik modellarini yaratish, gazni 
energiya xolatlar zichligini temperaturaga bog’liqligini, minizonalarni to’ldirilishi va transport 
massani to’la konsentrasiyaga bog’liqligini aniqlash v.x.) dolzarb ilmiy va amaliy masala xisoblanadi.

Download 15,56 Mb.
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish