Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.284
3-rasmda quritish agenti harоratini paxtaning o’zgarmas namligida
va havоning harakat
tezligida paxta xоm ashyosini quritish egri chizig’iga ta`siri ko’rsatilgan.
Paxta xоm ashyosini quritishda uning qizdirish harоrati shunday bo’lishi kerakki, unda paxta
tоlasi va chigitlarning tabiiy xususiyatlari saqlansin. Ekish uchun mo’ljallangan urug’li chigitlarini
qizdirish harоrati quritilganda 55
0
S dan, texnik chigitlar harоrati 70
0
S dan, paxta tоlasining harоrati
esa 105
0
S dan оshmasligi kerak. Urug’li chigitlarni haddan tashqari qizdirib yubоrilishi, ularning unib
chiqishini pasaytiradi, texnik chigitlarning qizdirib yubоrilishi esa yog’lilik darajasini kamayishiga оlib
keladi. Paxta tоlasini qizdirib yubоrilishi uning pishiqligini, uzunligini va egiluvchanligiga qarshiligini
kamaytiradi.