|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 305/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.285
tannarxini kamaytirish va xom pillaga dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarida ipak sifat
ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan, ipak qurti ozuqa bazasini kuchaytirish,
qurt boqish va pilla terish hamda uni dastlabki ishlash, xususan, pilla g‘umbagini jonsizlantirish
hamda pillani quritishning resurstejamkor va inson omilini kamaytiradigan usul va vositalarini
yaratish bo‘yicha tadqiqotlar ustivor hisoblanmoqda. Shu bilan birga, ipak qurtini takroriy boqish
orqali pilla etishtirish xajmini oshirish, sanoatda pilla etishtirishni keng tadbiq qilish, pillani saqlash
va etkazib berishni yangi usul va uslublarini ishlab chiqish, xom ipak sifatini yaxshilashga qaratilgan
hamda pilla chuvishning ratsional rejimlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb
vazifalardan hisoblanmoqda.
Shu nuqtai nazardan ishlab chiqariladigan ipak tolasining sifatiga ham muhim e’tibor
qaratilishi lozim. Ipak tolasining sifat ko’rsatkichlari hom pillaga dastlabki ishlov berish
jarayonlaridanoq o’z ta’sirini bildiradi. Hom pillaga dastkabki ishlov berish jarayonlariga quyidagilar
kiradi.
-
Xom pillani qabul qilib olish.
-
Ipak qurti g’umbaklarini jonsizlantirish.
-
Pilla qobig’ini quritish.
-
Quritilgan pillalarni qayta ishlashga yuborish va saqlash.
Keltirilgan jarayonlardan g’umbaklarni jonsizlantirish va pilla quritish asosiy va nozik sharoitlar
talab etuvchi jarayon xisoblanadi. Shuning uchun xam ushbu jarayonlar uchun qo’llaniladigan
uskunalarni optimallashtirish va ish jarayonlarini takomillashtirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Мировая
шёлковая
промышленность
//
https://revolution.allbest.ru
/manufacture/00611983_0.htm1
2. Axmedov N., Bekkamov Ch. Tut ipak qurti mahsuldorlik belgilarini namoyon bo‘lishida
ozuqa miqdorining ahamiyati. //O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi. Toshkent, 2002. - №3
|
| |