PILLAGA DASTLABKI ISHLOV BERISHNING OPTIMAL USULLARI.
B.M.Maxmudov, A.T.Ibragimov
NamMTI
N.N.Ahmadjonov
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti
Annotatsiya. Ushbu tezis maolada xom pillaga dastlabki ishlov berish jarayonlari va ularning
ahamiyatligi haqida ma’lumotlar keltiurilgan. Shu bilan birga pillaga dastlabki ishlov berish
jarayonlarining olinadigan ipak tolasiga ta’sirlari hamda ipak sifat ko’rsatkichlarining ahamiyatliligi
yoritilgan.
Kalit so’zlar: Ipak, pilla, pillani quritish, g’umbak, g’umbakni jonsizlantirish, elektrotexnologik
jarayon.
Ipak yetishtirish juda sermashaqqat, inson omili ko
ʻ
p ishtirok etadigan, qo
ʻ
l mehnati, vaqt va
sarf-xarajat hamda bilim va malaka talab etadigan, nozik jarayondir. Dunyo bozorida o
ʻ
rni va nufuzi
yuqori bo
ʻ
lgan ipak yetishtiruvchilari mavjud imkoniyatlardan to
ʻ
la foydalangan holda ipak ishlab
chiqarishni sanoatlashtirish, maxsulot xajmini oshirish, tannarxini kamaytirish va xom pillaga
dastlabki ishlov berish texnologik jarayonlarida ipak sifat ko
ʻ
rsatkichlariga salbiy ta
ʼ
sir etuvchi
omillarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga jiddiy e
ʼ
tibor qaratmoqdalar. Bu borada, ipak qurti
ozuqa bazasini kuchaytirish, qurt boqish va pilla terish hamda uni dastlabki ishlash, xususan, pilla
Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.286
g
ʻ
umbagini jonsizlantirish hamda pillani quritishning resurstejamkor va inson omilini
kamaytiradigan usul va vositalarini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Pillachilik tarmog‘ining eng dolzarb muammosi yuqori navli raqobatbardosh pilla hamda ipak
tolasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir. Ushbu vazifalarni mavaffaqiyatli amalga oshirish uchun
pillaga birinchi ishlov berishi korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi texnika va
texnologiyani joriy etish, yangi materiallardan foydalanish shu bilan birga texnologik jarayonlarni
yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Pillani quritishda (g‘umbakni jonsizlantirish) qobiqning havo va suv
o‘tkazish xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga pilla qobig‘ining texnologik
xususiyatlarini saqlab qolishda quritish jarayonini ta’siri katta. Ipakning fizik-mexanik va kimyoviy
xususiyatlari pillalarni quritish hamda saqlash sharoitiga bog‘liq. Seritsin taxminan 70 C haroratli
suvda, kislota va asosli eritmalarda eriy boshlaydi; ayrim fermentlar ta’siriga chidamsiz;
mikroorganizmlar ta’sirida esa yemiriladi. Seritsinning suvni shimuvchanlik va eruvchanlik
ko‘rsatkichlari pilla iplarining chuvaluvchanlik xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tayyorlov
punktlarida qabul qilingan tirik pillalardan kapalak uchib chiqishi pillalarni chuvishga yaroqsiz
holatga keltiradi. Shuning uchun dastlabki ishlov jarayonlarida tirik pilla g‘umbagini jonsizlantirilib,
so‘ngra soyali maskanlarda quritish kerak. Tirik pilla tarkibida 80 % namlik bo‘ladi. Bunday namlikka
ega bo‘lgan pillalarni g‘umbagi jonsizlantirgandan so‘ng saqlab bo‘lmaydi, chunki g‘umbak
mog‘orlab ketadi. Quritilgan pilla esa chuvish korxonalarida kelgusi mavsum pillalari keltirilgunga
qadar yil mobaynida chuviladi. Pillalarni quritish (g‘umbagini jonsizlantirish) jarayonida o‘zaro
issiqlik va namlik almashinishi qobiq orqali amalga oshadi. Chunki pillalarni chuvish seritsinning
yumshashi va issiq suvda erish xususiyatiga asoslangan.[6]
Pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va quritish borasida jumladan, quyosh nuri (issiqligi) orqali,
issiq havo oqimi yordamida, kimyoviy zaharlash orqali, suv bug‘i (issiqligi) orqali, radiaktiv nurlarda
(germetik berk holatda), elektr kuchlanish va chastotalari yordamida, sovuq muhit xosil qilish
(muzlatish) yordamida, vakkum sharoitlarida pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va quritish kabi
masalalarni xal qilishga bir qator taniqli xorijiy olimlar katta xissa qo‘shganlar. Quyosh nuri
yordamida, issiq havo oqimi yordamida, pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va quritish
texnologiyalarini takomillashtirishga O‘zbekistonning taniqli olimlari ilmiy ishlarini bag‘ishlagan.
Bulardan: Sh.A. Qodirov, A.M.Mamatxanov, R. Muxamedjanov, A. Turdiboev va O‘.
Xaliqnazarovlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuqori chastotada g‘umbaklarni
jonsizlantirish, pillani quritish qurilmalarini takomillashtirish, sifatli pilla olish masalalarida echishda
salmoqli natijalarga erishildi [7].
Shu bilan birga, sirkulyatsiyasiz quyosh pilla quritgichini yaratishda ish bajarishning uzliksizligi
ko‘rib chiqilmagan va quritish kamerasida hosil bo‘lgan issiqlik keyingi jarayon uchun xizmat qilishi,
uni optimallashtirish muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan.
Xozirda Respublikamizdagi deyarli barcha pillani qayta ishlash korxonalarida g‘umbakni
o‘ldirilishi pillani issiq hovo bilan (olib boriladi) ishlov berish bilan olib boriladi, quritish esa qobiq va
qurish agregati orasidagi issiqlik almashuv konvektivi bilan bo‘ladi. Bu usul bilan quritilganda
ortiqcha energiya xarajatlarining ko‘payishi va ish unimining pasayishiga, quritish uchun 2-3 soat
vaqt ketishiga olib kelmoqda. Hamda quritilgan pillalarning sifat ko‘rsatgichlari past. Shuning uchun
ularni quritishda elektrotexnologik usullaridan foydalanish energiya harajatlarining kamayishiga,
quritish vaqtining qisqarishiga va pillalarning sifat ko‘rsatgichlari yuqoriroq bo‘lishiga olib keladi.
Tavsiya etilayotgan jarayonlardan biri bu o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydon
(O‘YUCH) orqali pillalarni o‘ldirish. Bu usulda chastotali maydonda, paydo bo‘ladigan ichki issiqlik
almashniuvi natijasida g‘umbakning o‘limi sodir bo‘ladi. G‘umbakda ichki issiqlik almashinuv
jarayoni va qobiqning xususiyatlarini o‘zgartirishi chastota parametrlarini tanlashga va elektr
maydon kuchlanishiga bog‘liq. Pilla ichidagi harorat konvekt usuli bilan tashqariga chiqariladi. 2450
mGs chastotali tokda 30 sekunt ishlov beriladi. Ichida qobiq qizimasdan g‘umbak o‘ladi.
|