Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.289
chidamsiz; mikroorganizmlar ta’sirida esa yemiriladi. Seritsinning suvni shimuvchanlik va
eruvchanlik ko‘rsatkichlari pilla iplarining chuvaluvchanlik xususiyatlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tayyorlov punktlarida qabul qilingan tirik pillalardan kapalak uchib chiqishi pillalarni chuvishga
yaroqsiz holatga keltiradi. Shuning uchun dastlabki ishlov jarayonlarida tirik pilla g‘umbagini
jonsizlantirilib, so‘ngra soyali maskanlarda quritish kerak. Tirik pilla tarkibida 80 % namlik bo‘ladi.
Bunday namlikka ega bo‘lgan pillalarni g‘umbagi jonsizlantirgandan so‘ng saqlab bo‘lmaydi, chunki
g‘umbak mog‘orlab ketadi. Quritilgan pilla esa chuvish korxonalarida kelgusi mavsum pillalari
keltirilgunga qadar yil mobaynida chuviladi. Pillalarni quritish (g‘umbagini jonsizlantirish) jarayonida
o‘zaro issiqlik va namlik almashinishi qobiq orqali amalga oshadi. Chunki pillalarni chuvish
seritsinning yumshashi va issiq suvda erish xususiyatiga asoslangan [6].