Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/693
Sana13.05.2024
Hajmi15,56 Mb.
#228860
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   693
Bog'liq
Тўплам

Izlanish usullari. Pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va quritish borasida jumladan, quyosh nuri 
(issiqligi) orqali, issiq havo oqimi yordamida, kimyoviy zaharlash orqali, suv bug‘i (issiqligi) orqali, 
radiaktiv nurlarda (germetik berk holatda), elektr kuchlanish va chastotalari yordamida, sovuq muhit 
xosil qilish (muzlatish) yordamida, vakkum sharoitlarida pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va quritish 
kabi masalalarni xal qilishga bir qator taniqli xorijiy olimlar katta xissa qo‘shganlar. Masalan, 
L.N.Grabov (Ukraina), V.R.Borovskiy (Rossiya), K.M.Rojdestvenskaya (Rossiya), S.N. Koritko 
(Chexiya), N.V. Korneeva (Polsha) va boshqalar.
Quyosh nuri yordamida, issiq havo oqimi yordamida, pilla g‘umbaklarini jonsizlantirish va 
quritish texnologiyalarini takomillashtirishga O‘zbekistonning taniqli olimlari ilmiy ishlarini 
bag‘ishlagan. Bulardan: Sh.A.Qodirov, A.M.Mamatxanov, R.Muxamedjanov, A.Turdiboev va 
O‘.Xaliqnazarovlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuqori chastotada g‘umbaklarni 
jonsizlantirish, pillani quritish qurilmalarini takomillashtirish, sifatli pilla olish masalalarida echishda 
salmoqli natijalarga erishildi [7]. 
Shu bilan birga, sirkulyatsiyasiz quyosh pilla quritgichini yaratishda ish bajarishning uzliksizligi 
ko‘rib chiqilmagan va quritish kamerasida hosil bo‘lgan issiqlik keyingi jarayon uchun xizmat qilishi, 
uni optimallashtirish muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan.
Xozirda Respublikamizdagi deyarli barcha pillani qayta ishlash korxonalarida g‘umbakni 
o‘ldirilishi pillani issiq hovo bilan (olib boriladi) ishlov berish bilan olib boriladi, quritish esa qobiq va 
qurish agregati orasidagi issiqlik almashuv konvektivi bilan bo‘ladi. Bu usul bilan quritilganda 
ortiqcha energiya xarajatlarining ko‘payishi va ish unimining pasayishiga, quritish uchun 2-3 soat 
vaqt ketishiga olib kelmoqda. Hamda quritilgan pillalarning sifat ko‘rsatgichlari past. Shuning uchun 
ularni quritishda elektrotexnologik usullaridan foydalanish energiya harajatlarining kamayishiga, 
quritish vaqtining qisqarishiga va pillalarning sifat ko‘rsatgichlari yuqoriroq bo‘lishiga olib keladi. 
Tavsiya etilayotgan jarayonlardan biri bu o‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) elektromagnit 
maydon orqali pillalarni o‘ldirish. Bu usulda chastotali maydonda, paydo bo‘ladigan ichki issiqlik 
almashniuvi natijasida g‘umbakning o‘limi sodir bo‘ladi. G‘umbakda ichki issiqlik almashinuv 
jarayoni va qobiqning xususiyatlarini o‘zgartirishi chastota parametrlarini tanlashga va elektr 
maydon kuchlanishiga bog‘liq. Pilla ichidagi harorat konvekt usuli bilan tashqariga chiqariladi. 2450 
mGs chastotali tokda 30 sekund ishlov beriladi. Ichida qobiq qizimasdan g‘umbak o‘ladi. 
Bunda pilla 13-15% vaznini yo‘qotadi va soyada quritish davri 15-20 kungacha qisqaradi. 
Xulosa. Xulosa qilib aytganda pilla gumbaklarini jonsizlantirishda elektotexnologik 
jarayonlardan foydalanish boshqa jarayonlarga qaraganda ancha yuqori samarasini beradi. 

Download 15,56 Mb.
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   693




Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

Download 15,56 Mb.
Pdf ko'rish