|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 355/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.330
[3]
Azizov, S., Ibrohimov, M., Uzoqov, F. and Mirzakarimov, M. (2021) The Modelling and
Introductions of New Type Ribs of Lattice of the Two Cylinder of Gin. E3S Web of Conferences, 273,
Article ID: 07020.
https://doi.org/10.1051/e3sconf/202127307020
[4]
Azizov, S., Uzoqov, F., Mirzakarimov, M. and Usmanov, O. (2021) Analysis of Namangan
77 Cotton in Production Line with Different Saw Gins for Short Fiber Yield. E3S Web of Conferences,
273, Article ID: 07021.
https://doi.org/10.4236/wjm.2011.13017
CHIQINDILAR TARKIBIDAN PAXTA AJRATUVCHI REGENERATOR QURILMASINI
TAKOMILLASHTIRISH BO’YICHA TADQIQOT
A.Abdurasulov, А.А.Obidov
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Тел: +998 93 913 26-98
Jahondagi ko’plab paxta tozalash korxonalari texnologik jarayonlarida yuqori samarali
texnologik jarayonlarga asoslangan paxta xom ashyosini turli yot aralashmalardan tozalash va shu
bilan birga uning tabiiy xususiyatlarini saqlash asosiy vazifalardan biri bo’lib turibdi. Paxta xom
ashyosini yot aralashmalardan tozalash, texnologik jarayonlarga turli innovatsion ishlanmalarni joriy
qilish, mayda va yirik iflosliklarni mexanik va havo yordamida tozalash texnologiyasi va tizimlarni
tadbiq qilish bo’yicha ko’plab olimlar tadqiqot olib borishmoqda. Paxta xom ashyosini bir partiyasini
qayta ishlashda 25 tonnagacha yirik va mayda iflosliklar ajralishi, cho’tkalarning yedirilishi natijasida
letuchkalarni yo’qotilish 1 tonnadan ortiq bo’lishi mumkin [1-2].
Paxta tozalash agregatlarining chiqindilarida mayda iflosliklarning miqdori 30% dan yuqori
bo’lganida ifloslanganlik 5% dan yuqori bo’lishi kuzatiladi, regeneratorning tozalash samaradorligi
esa 80% dan past bo’ladi, regeneratsiyalangan letuchkalarning ifloslanganlik darajasi esa 20 va
undan ortiq foizga yetadi, bu esa tozalash uchun uzatiladyotgan paxta xom ashyosiga letuchkalarni
aralashtirish natijasida ishlab chiqarilayotgan tola sifatining pasayishiga olib keladi.
|
| |