• Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet356/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

     
     
    1-rasm. Tozalash qurilmalari chiqindilaridan paxta xom ashyosini regeneratsiyalovchi
    RX rusumli regenerator sxemasi 


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.331 
    1-pnevmotahminlagich; 2,3-kiruvchi va chiquvchi patrubkalar; 4-tozalash sektsiyasi; 5,6-asosiy va 
    regeneratsiyalash arrrali barabanlar; 7.8- sirpanuvchi cho’tkalar; 9,10-kolosnik panjaralari; 11-
    ajratib oluvchi cho’tkali baraban; 12-iflosliklarni chiqarish shnegi; 13-klapanli tubus 
    Paxta xom ashyosini va regeneratsiyalangan letuchkalarni aloxida qayta ishlash bo’yicha 1995-
    yili ishlab chiqarilgan va kelgusida texnologik reglamentga kiritilgan [3-4] tavsiyalar turli sabablarga 
    ko’ra barcha korxonalarda bajarilmaydi. Ushbu tavsiyalarni bajarishda paxta xom ashyosi tolasiningg 
    sifatini bir sinfga yaxshilashga erishiladi, lekin tola sifati regeneratsiyalangan letuchkalar sababli bir-
    ikki navga pasayadi. 
    RX rusumli regeneratorning tozalash samaradorligini pasayish sabablarini aniqlash uchun
    uning 1-rasmda keltirilgan sxemasini taxlil qilib chiqamiz [5-6]. 
    Regenerator pnevmotahminlagich 1, tozalash sektsiyasi 4 ustida joylashtirilgan tarkibida 
    asosiy 5 bo’lgan yarim tsilindr shaklli kiruvchi 2 va chiquvchi 3 patrubkalar, sirpanuvchi cho’tkali 7,8 
    regeneratsiyalovchi arrali barabanlar 6 va kolosnik cho’tkalari 9,10, ajratuvchi cho’tkali baraban 11, 
    iflosliklarni chiqaruvchi shnek 12 va ular bilan bog’lngan klapanli tubus 13 lardan tashkil topgan 
    RX rusumli regeneratorga nisbatan kirituvchi va chiqaruvchi teshiklarning orasidagi masofani 
    2 karra oshirilishi va yarimtsilindr shaklli ta’minlagichga nisbatan kanalning ko’ndalang kesim 
    maydonini 2 karra oshirilishi qaramay, unda mayda ifosliklarning va erkin tolalarning asosiy arrali 
    tsilindrga kelmay tranzit holatda o’tib ketish holatlari kuzatilgan. RX rusumli regeneratorda ham 
    eskirgan konstruktsiyalarning ishchi organlari qo’llanilgan. Masalan, qamrovchi arrali 
    barabanlarning arralari yirik iflosliklarning ta’siri ostida sinib obechaykadan ajrab chiqadi, bu esa 
    barabanlarning qamrash xossalarini pasayishiga olib keladi. Ajratuvchi cho’tkali barabanlarda 
    cho’tkalar tez yemiriladi va kaltalanadi. RX rusumli regeneratorni ishlatish jarayonida unumdorlikni 
    oshirish bilan uning regeneratsiyali tutib qolish samaradorligi umuman o’zgarishsiz qoladi, tozalash 
    samaradaroligining esa pasayishi kuzatilgan. RX rusumli regeneratorda ham eskirgan 
    konstruktsiyalarning ishchi organlari qo’llanilgan. 
    Xulosa. RX rusumli regeneratorlar ishini kuzatish regeneratsiyalanuvchi letuchkalarni 
    tozalashlar soni 3 marta ekanligini ko’rsatdi. Regeneratsiyalanuvchi leuchkalarni asosan yirik 
    iflosliklar bilan ifloslanganlik darajasida bunday tozalashlar soni regeneratorning tozalash 
    samaradorligi 80% bo’lishi uchun yetarli bo’lib, tolalar sifatiga tahsir ko’rsatmaydi. Paxta 
    regeneratorlari konstruktsiyasi ishlaganda tozalovchi arrali baraban uzunligi bo’yicha chiqindilarni 
    notekis taqsimlanishi kuzatildi, uzatilayotgan chiqindilarni regeneratorni oxirida to’planib qolish 
    holatlari sodir bo’ladi. 
    Arrali barabanning chiziqli tezligiga nisbatan chiqindilar chiziqli tezligining yuqoriligi sabali 
    paxtani bir qismigini arrali baraban tishlari bilan ilib olinishi kuzatildi, uning qolgan qismi esa ilashish 
    kuchi tahsiri ostida qamrovchi kolosniklar tomonidan tortib ketiladi. SHuning uchun kolosniklarga 
    urilishida iflosliklar bilan birgalikda pastki regeneratsiyalovchi arrali barabanga tushadi. Tabiiyki, 
    regeneratsiyalovchi barabanda yuklanishni ortishi letuchkalarni chiqindidan qisman ajralishiga olib 
    keladi. 
    Regeneratorning ishlashini kuzatishlar qoziqli baraban o’rnatilib ishlatilganda hamda 
    regeneratorning yuqorigi qopqoqlari orasidagi tirqishni asoslanmay tanlanganini ko’rsatdi. Bu esa 
    paxtaning regenerator qopqog’iga urilish natijasida tarkibidagi chigitlarni shikastlanishini ortishiga 
    olib keladi. Bundan tashqari chiqindi tarkibidan paxta o’z vaqtida va samarali ajratib olish maqsadida 
    regenerator kirish quvuridan xom ashyo uzatish intensivligini hamda ajratuvchi baraban ish 
    unumdorligini oshirish maqsadida qo’shimcha tadqiqotlar o’tkazish lozimligi aniqlandi. 

    Download 15,56 Mb.
    1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz

    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish