Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.344
1-№1-nuqtadagi harorati o’zgarishi; 2-№ 2-nuqtadagi harorati o’zgarishi; 3-№ 3-nuqtadagi
harorati o’zgarishi; 4-№ 4-nuqtadagi haroratini o’zgarishi.
2a-Rasmdagi gorizontal yo’nalishda grafiklardan ko’rishimiz mumkinki, paxta xomashyosini
harorati chap va o’ng chetki nuqtalarda o’rta nuqtalarga nisbatan sekinroq o’zgarmoqda. Haroratni
o’zgarishi vaqt bo’yicha asosan chiziqli qonunga bo’ysunar ekan. Grafiklardan shuni kuzatish
mumkinki, paxta xomashyosi qizib ketishi asosan quyi qatlamni o’rta qismida kuzatilmoqda.
2b-Rasmdagi vertikal yo’nalishda olingan grafiklardan ko’rishimiz mumkinki, paxta
xomashyosini harorati yuqoridan pastga tamon oshib borib, quyi qatlamni markazga yaqin sohasida
o’zini maksimal qiymatini qabul qilib qizish jarayoni roy beradi. Bu holda haroratni o’zgarishi vaqt
bo’yicha asosan nochiziqli parobala qonunga bo’ysunib 17
℃
dan 26
℃
ga ko’tarilishini kuzatishimiz
mumkin. Shu sababli g’aramni bunday joylaridan zudlik bilan tonnellarni ochib haroratni pasaytirish
chora tadbirlarini ko’rish lozim bo’ladi [2].
Xulosa.
Bular quyidagilar hisoblanadi:
a) real vaqt jarayonida maxsus drayverlar orqali tizimda ma’lumotlar almashuvi ta’minlanadi;
b) tizimdan kelib tushuvchi barcha ma’lumotlar o’z vaqtida tahlil qilinib, qayta ishlanadi;
v) inson- mashina interfeysini ishlashi juda qulay;
g) tekshirilayotgan ob’yektdagi (paxta xomashyosi harorati) barcha jarayonlardan olingan
ma’lumotlar bazasi saqlanib turiladi;
e) bu sistemada avariya holatini oldini olishi imkoniyati katta;
j) texnologik jarayonlarni hisoboti kompyuter monitorida doimo tayyor turadi;
k) olingan ma’lumotlar asosida hisobotlarni grafik, jadval yoki matn ko’rinishda olib turish
imkoniyati juda kattadir;
m) SCADA tizimini paxta xomashyosini harorat, balki uni namligi, zichligi va boshqa fizik-
mexanik kattaliklarni nazorat qilish va o’lchash uchun ham tadbiq etish mumkin.
SCADA- tizimida barcha jarayonlarni kompyuter monitorida ko’rish yoki qo’l telefonida ham
kuzatib borish mumkin.