|
Namangan Institute of Engineering and Technology Pdf ko'rish
|
bet | 501/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq ТўпламNamangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.461
To‘rtinchidan, hozirgi kungacha o‘quvchi bilan AKT o‘rtasidagi munosabat psixologiyasi to‘liq
o‘rganilmagan. YA’ni, elektron axborot oqimi qaysi ko‘rinishda o‘quvchi uchun tushunarli bo‘ladi va
uning asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, ranglar va oynalar dizayni qanday bo‘lganda tez charchab
qolmaydi, ko‘rish tizimiga zarar etkazmaydi degan savollarga javob berish uchun dizayner-psixolog
maslahati kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, zamon talablariga mos bitta elektron qo‘llanma yaratish uchun
birgina fan mutaxassisining imkoniyatilari yetarli emas, balki, bir yuqori malakali bir necha soha
mutaxassislaridan iborat ijodiy guruh faoliyat ko‘rsatishi zarur. Zamonaviy interaktiv elektron
doskalar bir qator qo‘shimcha qulayliklarga egaki, ular yuqoridagi muammolarni, qisman bo‘lsada,
engillashtirishga yordam berishi mumkin.
Hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan yuqori malakali professor-o‘qituvchi fan
bo‘yicha o‘z ma’ruzalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, interaktiv
elektron doska va multimedia vositalari yordamida tashkil qilishda o‘zining bor bilimi, uslublari,
pedagogik mahoratini jalb qilgan holda, mavzuga tegishli materiallarni eng maqbul mantiqiy ketma-
ketlikda bayon qila oladi. Bunday ma’ruza yuqorida keltirilgan talablarga ma’lum miqdorda javob
bera oladi. Ushbu ma’ruzani elektron doska yordamida elektron qo‘llanmaga aylantirish jarayonini
TRACEBoard interaktiv elektron doska imkoniyatlari misolida ko‘rib chiqamiz [1].
Odatda, mazkur elektron doskaga “TRACEBoard Tools” va “TRACEBook” dasturiy ta’minotlar
ilova qilinadi (aks holda ularni Internet orqali olish mumkin [2]). Mazkur dasturlar ma’ruza davomida
elektron doska bilan muloqat jarayonini elektron qo‘llanma sifatida kompyuter xotirasida saqlab
qolish imkoniyatini beradi. Ushbu elektron material professor-o‘qituvchi tomonidan bayon qilingan
ma’ruza to‘g‘risidagi xujjatli filmni eslatadi.
Bunday imkoniyatdan samarali foydalanish uchun ma’ruza darslarini quyidagi tartibda tashkil
qilish kifoya.
1.
Ma’ruza uchun zarur bo‘lgan prezentatsiyalar va boshqa elektron materiallar oldindan
tayyorlab olinadi.
2.
TRACEBoard elektron doska ulangan kompyuter tashqi elektron manbaalardan foydalanish
uchun lokal va internet tarmog‘iga ulanadi.
3.
“TRACEBoard Tools” va “TRACEBook” dasturlari ishga tushiriladi.
4.
“TRACEBoard Tools” dasturi mulokat oynasidan “Video Record” tugmachasi so‘ngra “Begin
Record” tugmachasi bosiladi.
5.
Ma’ruza audiosistemaning portativ yoki etarlicha uzunlikdagi kabelli mikrofoni yordamida,
elektron doskadan foydalangan holda bayon qilinadi.
6.
Ma’ruza tugagach “Stop Record” tugmachasi bosilib, material multimedia fayliga saqlab
qo‘yiladi.
SHu bilan talabalar mustaqil foydalanishlari uchun mazkur mavzu bo‘yicha elektron qo‘llanma
tayyor bo‘ladi.
|
| |