• ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALARI YARATISHDA INTERAKTIV ELEKTRON DOSKALAR IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH A.A.Turakulov, F.T.Mullajanova, H.F.Qodirov
  • Namangan Institute of Engineering and Technology nammti.uz 10.25.2023 Pg.460 Kalit so’zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet500/693
    Sana13.05.2024
    Hajmi15,56 Mb.
    #228860
    1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   693
    Bog'liq
    Тўплам

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Turakulov A., Mullajonova F. An automated system for body temperature monitoring of 
    children, people with disabilities and bedridden people using a continuous analysis //Diagnostyka. 
    – 2020. – T. 21. – №. 3. – S. 31-40. 
    2.
    Azambek Turakulov, Fotima Mullajonova. Device and software for automated human 
    body data processing. Scientific Technical Journal of the Namangan Institute of Engineering and 
    Technology. Volume 4, 2019, 152-163 pp. 
    3.
    https://www.compel.ru/lib/123539
     
    4.
    https://sourceforge.net/projects/esp8266-arduino-core.mirror/files/2.4.2/
     
    5.
     http://espressif.com/ 
    ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALARI YARATISHDA INTERAKTIV ELEKTRON DOSKALAR 
    IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH 
     
    A.A.Turakulov, F.T.Mullajanova, H.F.Qodirov 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
     
    Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori bosqichli elektron qo‘llanmalar yaratish jarayoni 
    raqamli fotoapparat, videokamera, avvalgi mavjud analogli materiallardan foydalanishda interaktiv 
    elektron doskalar imkoniyatilar taklif qilingan.


    Namangan Institute of Engineering and Technology 
    nammti.uz 
    10.25.2023
    Pg.460 
    Kalit so’zlar: Zamonaviy interaktiv elektron doskalar, “TRACEBoard Tools” va “TRACEBook”
    dasturiy ta’minotlar. 
    Hozirgi, jamiyat shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda bizning kelajagimiz poydevori 
    bo‘lgan o‘quvchi-talabalarimiz qabul qilishi lozim bo‘lgan axborot oqimi ham kun sayin ortib 
    bormoqda. Yain o‘tgan kunlarda ham insonning ko‘z oldidan rasmli kadrlar ketma-ket tez o‘tib 
    borishi jarayonida inson ulardagi ma’lumotlarni axborot stfatida qabul qilib, eslab qolishi biz uchun 
    fantastika bo‘lib tuyulgan bo‘lsa, bugungi kunda u oddiy holatga aylanib bormoqda. Lekin o‘tgan 
    ushbu qisqa vaqt ichida inson miyasida deyarli biologik o‘zgarishlar ruy bergani yo‘q. Demak, inson 
    ulkan axborot oqimini qabul qilish va eslab qolishga asosan zamonaviy texnika va texnologiyalardan 
    foydalangan holda ishlab chiqilgan usullar va uslublar hisobiga erishish mumkin. 
    Ba’zida, kitob do‘konlaridagi xaridorlarning kamligi, kutubxonalarda kitobxonlar tomonidan 
    olib o‘qilayotgan bosma kitoblar salmog‘i kun sayin kamayib borayotganligini ko‘rib, “xozirgi yoshlar 
    kitob o‘qimay qo‘ydi” degan tashvishli iboralarni ishlatamiz. Bu bejiz emas, albatta. Lekin biz 
    ko‘pincha kutubxonalardagi kitob, qo‘lyozma va boshqa manbaalarning salmoqli qismi elektron 
    ko‘rinishga o‘tkazilgan bo‘lib, o‘quvchilar ular bilan masofadan turib tanishish imkoniyatiga ega 
    ekanligini unutib qo‘yamiz. Yuqorida ta’kidlanganidek, inson tomonidan bosma materialni o‘qib, 
    tushunish tezligi o‘zgarmagan. Elektron kitoblarni o‘qish esa qator qulayliklarga ega. Jumladan, 
    kerakli axborotni kontekst bo‘yicha tez qidirib topish, zarur joylarga nomli “zakladkalar” o‘rnatish, 
    yozuvni hohlagancha katta-kichik qilib ko‘rish, gipermurojaatlardan foydalanish kabi “tezlatuvchi” 
    imkoniyatlar mavjud. Balki, bir kun kelib, kompyuter singari bosma manbaani “skanerlab” o‘z 
    miyamizga “joylashtirish” , raqamli axborotlarni katta tezlikda qabul qilib, eslab qolish 
    texnologiyalari ishlab chiqilar, lekin, hozircha bunday imkoniyatga ega emasmiz. Ushbu maqolada 
    elektron qo‘llanmalar yaratish va ularni takomillashtirish jarayonida zamonaviy interaktiv elektron 
    doskalardan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilinadi. 
    Ma’lumki, oddiy matn, jadval, rasm, diagramma va boshqa ob’ektlardan tashkil topgan 
    dastlabki elektron material, bosqichma-bosqich takomillashtirilib, elektron o‘quv qo‘llanmasi 
    darajasiga etkaziladi. Dastlab fan bo‘yicha yuqori malakala mutaxassis tomonidan materiallarning 
    eng maqbul mantiqiy ketma ketligi belgilanadi, elektron qo‘llanmaning oxirgi ko‘rinishi strukturasi 
    va dizayni ishlab chiqiladi. Undan keyin belgilangan maqsadga muvofiq elektron qo‘llanmani 
    takomillashtirishga kirishiladi. Birinchi bosqichda unga “zakladkalar” joylashtirilib, mahalliy 
    yo‘naltirgichlar o‘rnatiladi. Keyin tashqi manbaalar bilan giperbog‘lanishlar tashkil etiladi. Keyingi 
    bosqichda u turli animatsiyalar va multimedia ob’ektlari bilan boyitiladi. Va nihoyat, o‘quvchi bilan 
    qo‘llanma o‘rtasida interaktiv muloqot imkoniyatlari bilan boyitiladi. Interaktiv muloqotning yuqori 
    bosqichida elektron qo‘llanma virtual laboratoriya darajasiga etkazilishi mumkin. 
    Ko‘rinib turibdiki, mukammal elektron qo‘llanma yaratish uchun fan mutaxassisining bilim va 
    ko‘nikmalari yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bu jarayonda informatika va axborot kommunikatsiya 
    texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan professor-o‘qituvchi ma’lum bir qiynchiliklarga duch 
    kelishi tabiiy. 
    Birinchidan, yuqori bosqichli elektron qo‘llanmalar yaratish jarayoni raqamli fotoapparat, 
    videokamera, avvalgi mavjud analogli materiallardan foydalanish uchun maxsus tyurnerlar kabi 
    jihozlar va ular bilan ishlash mahoratini talab qiladi. 
    Ikkinchidan, tayyorlangan materiallarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 
    o‘rnatish uchun maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalari talab qilinadi. 
    Uchinchidan, yuqori bosqichli interaktiv muloqot imkoniyatiga ega bo‘lgan virtual 
    laboratoriyalar yaratish uchun algoritmik tillarda dasturlar tuzish malakasiga ega bo‘lgan noyob 
    matematik-dasturchi yordamiga zarurat tug‘iladi. 



    Download 15,56 Mb.
    1   ...   496   497   498   499   500   501   502   503   ...   693




    Download 15,56 Mb.
    Pdf ko'rish