Namangan Institute of Engineering and Technology
nammti.uz
10.25.2023
Pg.480
Kirish. Dunyoda ta’lim sohasini raqamlashtirish keng o‘rinni egallamoqda. Bu borada
respublikamizda ham oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy
bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish,
ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida Farmoni qabul qilindi [1]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy
o‘quv yurtlarining mustaqilligini kengaytirish [2], ular faoliyatida davlat ma’muriy
boshqaruvini
keskin kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera oladigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi OTMlarni shakllantirish maqsadida bir qancha ishlar olib
borilmoqda.
Asosiy qism. Bunday rivojlanishning asosiy sharti kasblarga qo‘yiladigan talablar va
o‘zgaruvchan qiymat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda raqamli muhitda yashash va o‘z
kasbiy
faoliyatini amalga oshirishga qodir bitiruvchini tayyorlashga qaratilgan milliy ta’lim tizimini
modernizatsiya qilishdir. Ushbu muammoni hal qilish bo’lajak o’qituvchilarni raqamli
texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalarni rivojlantirishning malakasiga qo‘yiladigan talablarni va
ularning o‘quv jarayonini loyihalash hamda amalga oshirish uchun
raqamli texnologiyalardan
foydalanish kompetensiyasini oshirishni nazarda tutadi va masofaviy ta’limga yuqori ehtiyoj mavjud
bo‘lgan ayni paytda texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak
muhandislarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish zaruriyatini vujudga keltiradi [3].
Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi turli xil kasb mutaxassislarini tayyorlashga
yangi talablarni belgilaydi, bu esa malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim tizimi belgilangan
maqsadlarga erishish uchun usul hamda vositalarni optimallashtirish asosida jahon standartlariga
mos standartlarni ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Texnik innovatsiyalar bozorining rivojlanishi muhandisdan o‘z kasbiy
faoliyatini dinamik va
yuqori texnologiyali kasbiy muhitda samarali amalga oshirish qobiliyatini talab qiladi, bu esa kasbiy
muhandislik ta’limi tizimini yangi bosqichda modernizatsiya qilish vazifalarini dolzarblashtiradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy sharoitda institutda texnik mutaxassislarni
tayyorlash jarayoni muhandislik faoliyatining doimiy o‘zgaruvchan vazifalari va uni amalga oshirish
shartlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak. Ushbu o‘zgarishlar, shuningdek,
respublikamizda innovatsion tizimning yuqori sur’atlarda rivojlanishi
zamonaviy muhandislik
faoliyatining kasbiy salohiyatiga ta’sir qildi va oliy ta’lim tizimidan innovatsion [4], ijodiy fikrlash
qobiliyatiga, zamonaviy ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jarayonida yuqori darajadagi texnik va yetarli
fundamental bilimlarga ega bo‘lgan [4], tadqiqot muammolarini mustaqil
ravishda hal qiladigan
hamda kasbiy muammolarni hal qilishning yangi texnologiyalarini tezda o‘zlashtira oladigan
mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda mehnat bozorida bo‘lgan talab uchun muayyan kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bitiruvchi bo‘lish yetarli emas. Keyingi paytlarda pedagogika fanida kompetentlik
va kompetensiya tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi masala ko‘p ko‘rilmoqda.
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish demakdir.
Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan.
Psixologik nuqtayi nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda
mutaxassisning o‘zini
qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda
yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda,
izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Kasbiy
kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim,