|
Namangan Institute of Engineering and Technology nammti uz Pdf ko'rish
|
bet | 73/693 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #228860 |
Bog'liq Тўплам
Литература
1. В. Я. Ушаков. Современные проблемы электроэнергетики. учебного пособия, 2013г.
2. Прокофьев И. Три сценария развития мировой энергетики // Мировая энергетика. –
2004.
ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI GES REJIMLARI O’ZGARISHINING ELEKTR ENERGIYA UZATILISHIGA
TA’SIRI
H.Sh.Ne’matjonov, B.A.Halimjonov
Farg‘ona politexnika instituti
Annotatsiya. Ushbu tezisda bugungi kunda GES larni yanada takomillashtirish, ularni
modernizatsiya qilish hamda elektr energiya tizimiga samarali uzatish muammolari ko‘rib chiqilgan ,
xususan GESning daryo va suv omborlari suv oqimlari o‘zgarishidagi rejimlar o‘zgarishi, bu esa qayta
tizimga uzatiladigan elektr energiya turlaridan yanada samarali foydalanish haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Gidroelektr stansiyalar, rejim, tizim, energiya, resurs
Elektr energiyani hosil qilish va uzatishda GES larning ish rejimlari holati sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi. Shuni e’tiborga olib, GES larda daryo hamda suv omborlaridagi suv oqimini va uning
yo‘nalishini boshqarish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida GESning boshqaruv rejimlarini
tartibga solish zaruriyatini tug‘diradi.
Agar suv omborining maishiy suv oqimi yoki suv resurslaridan foydalanish tartibi o‘zgarsa,
GESning imkoniyatlari ham o‘zgaradi.
Gidroelektrostantsiya oqimini tartibga solish darajasi hisob-kitob yili uchun suv ombori hajmi
va daryo oqimi miqdori nisbati bilan belgilanadi [1,132].
𝛽 =
𝑉
𝑊
, 𝛽 = 0.05 … 0.5
Oqimni tartibga solish darajasiga ko‘ra suv omborlari quyidagi turlari ajratiladi: tartibga
solinmagan kunlik (k.b), haftalik (h.b), mavsumiy (m.b), yillik (y.b) va ko
ʻ
p yillik (k.b).
Ko‘pincha, yillik oqimni tartibga soluvchi gidroelektrostantsiyalar uchun balans muammolarini
hal qilish kerak. Turli stansiyalar uchun yillik tartibga soluvchi suv omborining hajmi o‘rtacha uzoq
muddatli daryo oqimining 10 ... 30% va P = 0,1 ... 0,3 ni tashkil qiladi [2, 162].
𝑉 = 𝑉
𝑠𝑢𝑡
+ 𝑉
ℎ𝑎𝑓𝑡𝑎
+ 𝑉
𝑦𝑖𝑙
(1)
GES boshqaruv ob'ekti sifatida energiya va suvni boshqarish xususiyatlariga ega. Aksariyat
gidroelektrostansiyalar kompleks maqsadli gidroelektr inshootlaridir.
Rostlanmaydigan gidroelektrostantsiya. Bunday gidroelektrostansiyalar suv oqimi rejimida
|
| |