|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 15/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahorati5 - AMALIY ISH
Fazoviy rejalash
Ishning maqsadi:
-fazoviy rejalashning vazifasi va bajarish usullarini; ishlatiladigan asbob va moslamalarni; zagotovkani rejalashga tayyorlash qoidalarini va rejalash baza qoidalarini o’rganishlari;
-chala mahsulotning yaroqliligini tekshirish va ularni rejalashga tayyorlash; rejalashda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish, chizg’ich, kernerlar va rejalash tsirkuli oyoqchalarini charxlash hamda qirovini to’kish kabi amallarni egallashlari lozim.
Ishning vazifasi:
CHala mahsulot zagotovkalarini rejalashga tayyorlash.
Zagotovkalarni rejalash uchun o’rnatish.
CHala mahsulotni rejalash.
Taxminiy ish ob’ektlari: gira jag’larining quymalari, podshipnik korpusi ichqo’ymalari, tsilindrik vallar, fazoviy rejalashni talab qiladigan turli ishlab chiqarish zagotovkalari.
Asbob va uskunalar: bir ignali reysmaslar, shtangenreysmaslar, millimetrli tik chizg’ichlar, keng asosli go’niyalar, markaz izlagichlar, kernerlar, 200 g. li chilangarlik bolg’alari, metall o’lchov chizg’ichlari.
Moslama va materiallar: rejalash taxtasi, rejalash prizmalari, turli rejalash qutilari, rejalash go’niyalari, yog’och ponalar, rejalash domkratchalari, tagliklar, bo’r, mis kuporosi, lok, metall cho’tkalari.
Zagotovkani rejalashga tayyorlash
|
Xomaki mahsulotning yaroqliligini ko’zdan kechirib, bolg’a bilan urib va o’lchab ko’rib aniqlash.
|
CHala mahsulot ifloslik va quyindidan tozalanadi, u har tomondan ko’zdan kechiriladi: burchaklari va qirralari uchgan, chala quyilgan, ko’zga ko’rinadigan darzli, qiyshiq va boshqa nuqsonli zagotovkalar brakka chiqariladi. Metall ilmoqqa osib qo’yilgan zagotovkaga bolg’a bilan urib, tovushidan ichki darzlar bor-yo’qligi aniqlanadi.
CHizma o’rganiladi, zagotovka o’lchanib, uning o’lchami chizma bilan solishtiriladi (ishlov berish uchun qoldirilgan quyim bir tekis bo’lishi kerak). Quyma teshiklarining diametri va markazlararo masofalariga alohida ahamiyat beriladi.
|
2.Teshikli yarim tayyor mahsulotlarni rejalashga tayyorlash
a)
|
2.Teshikli xomaki mahsulotlar yog’ochdan ishlangan markaziy planka (yoki tiqin) va teshik o’lchamlariga moslab arrada kesiladi. Sirkulning (3) oyoqlariga tayanch bo’lishi uchun yog’ochdan yasalgan markaziy planka (1) ga (d) 10x10 mm o’lchamli metall (tunukadan, latun yoki qo’rg’oshindan) planka (2) qoqiladi. Teshik o’lchamiga qarab yog’och tiqin arralab qirqib olinadi. Zagotovkaning ikkala uchidan teshiklarga zich qilib tiqinlar qoqiladi. Taxminan 15x15 mm.li oq tunuka parchalari qaychida qirqib olinib burchaklari bukiladi va teshiklarning markaziy qismidagi tiqinlarning yon chekkalariga mahkamlanadi.
Markaz izlagich yordamida teshiklarning markazlari topiladi va ular kerner bilan belgilanadi. Agar zagotovka tsilindr shaklida bo’lsa, markaz izlagich yordamida ikki tomondan uning markazlari topilib, kerner bilan belgilanadi (markazlarni topishda.
|
3.Xomaki mahsulot yuzasini bo’yash
B)
|
3.Ishlov beriladigan yuzalarni (quymalar, o’ramlar, prokatlarni) bo’yashda (b) bo’r eritmasidan (quyuq, bo’rning suvdagi eritmasidan) foydalaniladi. Bo’yaladigan qatlamni bo’yoq, yoyilib ketishidan va tez qurishidan saqlash uchun buyoq, tarkibiga duradgorlik yelimi (600 g bo’r + 50 g yelim +4l suv) qo’shiladi. Qora metallardan tayyorlanib, yuzalariga toza ishlov berilgan buyumlarning yuzalari mis kuporosining eritmasi (2-3 choy qoshig’icha mis kuporosining bir (stakan suvdagi eritmasi) yoki rejalashda ishlatiladigan maxsus lok bilan bo’yaladi. Zagotovka chap qo’lga olinib qiyalatib ushlanadi. O’ng qo’lga muyqalam olinib, tikkasiga va yotig’iga aylantirib yurgizilib, tekislikka yupqa tekis buyoq, qatlami surkaladi. Yuzadan oqmalar hosil bo’lmasligi uchun bo’yoqni muyqalamning uchida oz-ozdan olish kerak. Bo’yalgan chala mahsulot yuzasi quritiladi.
|
|
|
| |