Xomaki mahsulot-zagotovkalarni rejalash uchun o’rnatish
1.Zagotovkani o’rnatish bazalarini aniqlash.
|
1.O’rnatish bazalarini aniqlashda quyidagi qoidalar qo’llaniladi: ishlov berilgan yassi sirt xomaki mahsulotlarida ishlov berilgan eng katta sirt o’rnatish bazasi; teshikli yoki tsilindr shaklidagi zagotovkalarda teshik yoxud yarim tayyor mahsulot o’qi va o’qqa parallel yassi sirt o’rnatish bazalari bo’ladi.
|
2.Parron teshikli yoki tsilindr shaklidagi ishlov berilmagan xomaki mahsulotni o’rnatish.
|
2.Rejalash taxtasi yaxshilab artiladi va zagotovka, tagliklar, ponalar yoki domkratchalarga (mustahkam, tebranmas qilib) o’rnatiladi. Xomaki mahsulot ular vositasida reysmasga muvofiq, shunday to’g’rilanadiki, uning bazali o’rnatish sirti sandon-taxtaga perpendikulyar yo’nalishda bo’ladi.
|
3 .Prizma shaklidagi zagotovkani o’rnatish.
|
3.Zagotovka o’rnatilib, tagliklar, domkratchalar va ponalar bilan shunday to’g’rilanadiki, uning ikki yassi sirti sandon-taxtaga perpendikulyar yo’nalishda bo’ladi.
|
4.CHala mahsulotni rejalash moslamasiga o’rnatish.
|
4.Xomaki mahsulot rejalash quttisi yoki go’niyaga shunday o’rnatiladi va mahkamlanadiki, uning o’rnatish bazasi quti yoki go’niyaning yassi sirtlaridan biriga qat’iy ravishda parallel yo’nalishda bo’ladi.
|
Xomaki mahsulot-zagotovkalarni rejalash
|
Rejalash bazasini tanlash.
|
Rejalash bazalarini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi: simmetrik zagotovkalarda simmetriya o’qi rejalash bazasi bo’lib xizmat qiladi;
teshikli yoki tsilindr shaklli zagotovkalarda teshik yoki chala maxsulot o’qi rejalash bazasi bo’ladi; ishlov berilgan sirtli zagotovkalarda eng ko’p ishlov berilgan sirt rejalash bazasi hisoblanadi.
|
2. Bitta o’rnatilgan zagotovkani rejalash.
|
|