|
Yassi yuzalarni to’g’i chiziqlar bilan rejalash
|
bet | 13/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiYassi yuzalarni to’g’i chiziqlar bilan rejalash ishlarida xavfsizlik qoidalari
CHizg’ichlar, tsirkullarning o’gkir uchlaridan, mis kuporosi eritmasidan extiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Rejalash taxtasini stolga puxta o’rnatish lozim.
Nosoz charx stanogida va unda g’ilof, ekrancha bo’lmaganida, podruchnik buzuqligida, charxtosh bilan podruchnik o’rtasida 2—3 mm. dan ortiq tirqish hamda charxtoshda tepish bo’lganida ishlamaslik kerak.
Talabalar yuzalarni rejalashda duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularning oldini olish talablari, shuningdek, mashqlarni bajarish natijasida hosil qilishlari lozim bo’lgan ko’nikmalar 1-mashg’ulot oxirida berilgan.
Nazorat savollari.
1.Metall yuzasi rejalashga qanday tayyorlanadi?
2.Rejalash nima?
3.Qanday zagotovkalar rejalanadi?
4.Go’niya rejalashda nima ish bajaradi?
4 - AMALIY ISH
YASSI YUZALARNI EGRI CHIZIQLAR BILAN
REJALASH
Ishning maqsadi:
Aylanalarni rejalash va qismlarga bo’lish.
To’g’ri chiziqlarning egri chiziqlar bilan tutashuvi.
Egri chiziqlarning egri chiziqlar bilan tutashuvi.
Yassi detallarning egri chiziq konturlarini rejalash.
Ish ob’ektlari: o’quv plastinalari, egri shakldagi turli ishlab chiqarish detallari va buyumlarining zagotovkalari.
Asboblar: rejalash tsirkullari, o’lchov metall chizg’ichlar, 200 g. li chilangarlik bolg’alari, kernerlar, chizg’ichlar.
Moslama va materiallar: rejalash taxtasi, rejalash uchun andozalar, bo’r yoki mis kuporosi, cho’tkacha.
Aylanalarni rejalash va ularni qismlarga bo’lish
|
1.Berilgan diametrli aylanani rejalash.
|
1. O’quv plastinkasi bo’r yoki mis kuporosi eritmasi bilan qoplanadi. TSirkul oyoqchalari aylana radiusiga teng o’lchamga o’rnatiladi. TSirkulning qo’zg’ almas oyoqchasi markazning kernlangan o’yiqchasiga o’rnatilib, uning ikkinchi oyoqchasi bilan plastinada aylana chiziladi. Uni chizishda tsirkul chizish tomoniga sal engashtiriladi.
|
2. Aylanani to’rt teng qismga bo’lib, doira ichiga kvadrat yasash.
|
2. CHizg’ich plastinaga shunday qo’yilsinki, uning qirrasi aylana markazidan o’tadigan bo’lsin. Aylana markazidan aylanani ikki nuqta - 1 va 2-nuqtalarda kesib o’tadigan o’q, chizig’i chiziladi va bu nuqtalar kernlanadi. TSirkul oyoqchalari aylana radiusidan 8—10 mm katta o’lchamga keriladi. TSirkul oyoqchasi birin-ketin 1 va 2-nuqtalarga o’rnatilib, I-I va II-II yoylar chiziladi.
Yoylar va aylana markazining kesishish nuqtalaridan aylanani 3 va 4 -nuqtalarda kesib o’tadigan chiziq tortiladi va bu nuqtalar kerner bilan o’yiladi. 1,2,3 va 4-nuqtalar chiziqlar bilan birlashtiriladi.
|
Aylanani olti teng qismga bo’lib, doira ichida oltiyoqlik yasash.
|
3. Plastinada berilgan diametrli aylana rejalanadi. Plastinada markazdan o’tadigan va aylana chizig’ini 1 va 2- nuqtalarda kesib o’tadigan chiziq chiziladi, 1 va 2-nuqtalar kerner bilan o’yiladi.
TSirkul oyoqchalari holatini o’zgartirmasdan, 1 va 2-nuqtalardan aylana chizig’ini 3,4,5 va 6-nuqtalarda kesib o’tadigan, aylana radiusiga teng ikki yoy chiziladi (1, 4, 6, 2 ,5 va 3- nuqtalar aylanani olti teng qismga bo’ladi).
Yoylarning aylana chizig’i bilan kesishish nuqtalari kernlanadi. 1, 4, 6, 2, 5. 3 va 1- nuqtalar chiziqlar bilan birlashtiriladi.
|
|
|
| |