|
Мавзу: Кесим ва қирқим бажаришда йўл қўйиладиган типик хатолар ва уларнинг олдини олиш омиллари
|
bet | 1/9 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 9,79 Mb. | | #143603 |
Bog'liq Aylanani teng bo’laklarga bo’lish
Mavzu: Aylanani teng bo’laklarga bo’lish
R E J A
Kirish
Aylanani teng bo’laklarga bo’lish.
Aylanalarni teng bo`laklarga bo`lish. (Aylanani 4, 8, 3, 6 va 12ga bo`lish, Aylanani 5 va 7ga bo`lish)
Kesmalarni, burchaklarni va aylanalarni teng bo’laklarga bo’lish.
Aylanani teng bo’laklarga bo’lish. Muntazam ko’pburchakliklar yasash.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloq qilishning omillaridan biri «Shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi»dir. Birinchi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan asoslab, ta’lim jarayonining texnologiyalashtirish yagona pedagogik jarayondan ko’zlangan maqsadga erishishning muhim tamoyili deb ko’rsatdi. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, uluq ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy me’rosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.1 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassis tarbiyalab voyaga yetkazish jarayoning moqiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayoning har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jaqon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayayaan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Ushbu mavzuni olishimdan ko’zlangan asosiy maqsad chizmachilik fanining asosiy bo’limlaridan bo’lgan proyeksion chizmachilikning geometrik yasashlar darslarida kam vaqtda ko’proq o’quvchilarni izlanuvchan qilib tarbiyalash, darslarda zamonaviy pedogogik texnologiyani (interfaol metod) qo’llashga o’qituvchilarni jalb qilish, chizmachilik fanini rivojlantirishda imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o’zimning hissamni qo’shishdan iborat.
“...O`zining ahamiyati va mohiyatiga ko’ra hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan hayotimizdagi o’zgarishlar haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning dunyoqarashi va kayfiyati, fikru zikri, ularning hayotga, o’z mehnati natijasiga munosabati tubdan o’zgarib, yuksalib borayotgani haqida to’xtalmasdan o’tolmaymiz”.2
O’qituvchi bilan o’quvchi orasida dars jarayonidagi to’siqqa o’hshagan bir narsa o’quvchilarni erkin fikrlashini, bor bilmini ham ayta olmasligi, darsga diqqatini jalb qilmasligi, har xil o’yinlar tashkil eta olmasligiva shunga o’xshagan muammoli jarayonlarning hal etilishning asosiy yo’li bu zamonaviy pedogogik texnologiyalardan unumli va samarali foydalanishdir.
Inson ongli faoliyatining ajralmas qismi bo’lmish badiiy tafakkur va shunga muvofiq badiiy - ijodiy faoliyat insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan estetik – badiiy idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga havas uyg’otadi.
|
| |