|
Kesmalarni, burchaklarni va aylanalarni teng bo’laklarga bo’lish
|
bet | 7/9 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 9,79 Mb. | | #143603 |
Bog'liq Aylanani teng bo’laklarga bo’lish3. Kesmalarni, burchaklarni va aylanalarni teng bo’laklarga bo’lish.
To’g’ri chiziqqa tsirkul va uchburchaklik yordamida perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin. (1-shakl a,b).
Misol. To’g’ri chiziqqa perpendikulyar to’g’ri chiziq uning A nuqtasidan o’tkazilsin (1-shakl,a). A nuqtadan barobar masofada 1 va 2 nuqtalar tanlab olinadi va bu nuqtalardan bir xil kattalikdagi yoylar chiziladi. Yoylarning o’zaro kesishishi natijasida 3 va 4 nuqtalar hosil bo’ladi, ular o’zaro tutashtirilsa, berilgan to’g’ri chiziqqa A nuqtasi orqali o’tkazilgan perpendikulyar chiziq hosil bo’ladi.
Misol. To’g’ri chiziqqa A nuqta orqali parallel to’g’ri chiziq o’tkazilsin (16-shakl, s). Berilgan to’g’ri chiziqqa uchburchaklikning bir tomoni qo’yiladi va uning boshqa tomoniga ikkinchi uchburchaklik yoki to’g’ri chizg’ich qo’yiladi. Qo’yilgan uchburchaklik yoki to’g’ri chizg’ich chap qo’l bilan bosib turiladi va to’g’ri chiziqqa qo’yilgan uchburchaklik ohista suriladi. A nuqtaga yetganda to’xtatilib, chiziq o’tkaziladi. Shunda A nuqta orqali berilgan to’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan chiziq hosil bo’ladi.
Misol. To’g’ri chiziqqa parallel bo’lgan to’g’ri chizi=30mm masofada o’tkazilsin (17-shakl). Berilgan to’g’ri chiziqqa perpendikulyar qilib yordamchi chiziq o’tkaziladi va unga 30 mm o’lchab qo’yiladi. A nuqtadan berilgan to’g’ri chiziqqa parallel to’g’ri chiziq uchburchakliklar yordamida o’tkaziladi. Yoki berilgan to’g’ri chiziqning ikkita nuqtasidan perpendikulyar yordamchi chiziqlar chizib, ularga 30 mm kesma o’lchab qo’yiladi. A va V nuqtalar o’zaro tutashtirilsa, berilgan to’g’ri chiziqqa parallel to’g’ri chiziq 30 mm masofadan o’tkazilgan bo’ladi (17-shakl, b). Yoki berilgan to’g’ri chiziqning ikkita nuqtasidan tsirkulda radiusi 30 mm ga teng yoylar chiziladi va bu yoylarga urinma qilib to’g’ri chiziq o’tkaziladi (17-shakl,s).
AV kesmani teng ikkiga bo’lish uchun uning A va V nuqtalaridan o’zaro kesishadigan bir xil radiusli yoylar chiziladi. Hosil bo’lgan 1 va 2 nuqtalar tutashtirilsa, AV ni S nuqtada kesib o’tadi. SHunda kesmani teng ikkiga bo’luvchi S nuqta hosil bo’ladi (18-shakl, a).
1 8-shakl
AV kesmani o’zaro teng ko’p, masalan, 5 bo’lakka bo’lish kerak bo’lsa, u vaqtda, kesmaning biror, masalan A uchidan unga ixtiyoriy burchakda yordamchi to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bir xil kattalikdagi 5 ta bo’lak A nuqtadan yordamchi chiziqqa o’lchab qo’yiladi. Oxirgi 51 nuqta V bilan tutashtiriladi va unga parallel qilib 41, 31, 21, 11 lardan chiziqlar o’tkaziladi. Shunda AV kesma o’zaro teng 5 bo’lakka bo’linadi (18-shakl,b).
|
| |