Aylanani teng bo’laklarga bo’lish




Download 9,79 Mb.
bet2/9
Sana23.01.2024
Hajmi9,79 Mb.
#143603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aylanani teng bo’laklarga bo’lish

1. Aylanani teng bo’laklarga bo’lish.

Aylana diametri shu aylanani teng ikkiga bo`ladi. Aylana radiusiga teng yoy bilan uning diametric kesishgan A nuqta orqali aylana kesilsa, aylana teng uchga bo`linadi. Hosil bo`lgan 1 va 2 nuqtalar B bilan tutashtirilsa, aylana ichiga chizilgan teng yonli uchburchak yasaladi.


Aylana radiusiga teng yoy bilan uning diametri kesishgan A va B nuqtalardan aylana kesilsa, u teng olti bo`lakka bo`linadi (1-shakl). Hosil bo`lgan 1, A, 2, 4, B, 3 1 nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, aylana ichida teng tomonli oltiburchak yasaladi.

1 – shakl

Aylananing o`zaro perpendikulyar bo`lgan ikkita diametri shu aylanani teng to`rt qisimga bo`ladi. Aylananing o`zaro perpendikulyar diametric kesishayotgan A, B, D, E nuqtalarida aylana o`z radiusi bilan kesilsa, aylana teng o`n ikki bo`lakka bo`linadi (2-a shakl). Aylanadagi hamma nuqtalar ketma-ket tutashtirilsa, aylana ichiga chizilgan muntazam o`n ikki burchak yasaladi.


a b c



2 – shakl
Aylanani O`zaro teng 5 bo`lakka bo`lish uchun (2-b shakl) OA radiusi teng ikkiga bo`linadi va B1 radiusda yoy chizilib, aylana diametrida D nuqta aniqlanadi. 1D aylanani teng besh bo`lakka bo`luvchi kesma hisoblanadi. Aylanalarni har xil nisbatlarda teng bo`laklarga bo`ladigan kesmalarni aniqlash 2-c shaklda ko`rsatilgan.
Aylana yoki uning yoyi markazini aniqlash.Ba`zan chizmalarda aylani yoki uning yoyi markazi, shuningdek,radiusi ko`rsatilmagan bo`lishi mumkin.Agar shunday aylananing yoki yoyning markazini topish zarur bo`lib qolsa, quyida ko`rsatilgan usuldan foydalanish tavsiya etiladi.
Misol. Aylana yoyi MM berilgan. Bu yoyning markazi aniqlansin.
Echish. Berilgan MN yoyda ixtiyoriy uchta nuqta, masalan, A, V, S nuqta tanlab olinadi. Bu nuqtalar to`g`ri chiziq yordamida o`zaro birlashtiriladi, ya`ni AB va BS vatarlar hosil qilinadi. So`ngra bu AB va BS vatarlarni mos holda teng ikkiga bo`luvchi va perpendikulyar bo`lgan 12 va 34 to`g`ri burchaklar o`tkaziladi. Bu to`g`ri chiziqlar o`zaro kesishib 0 nuqtani beradi, bu nuqta berilgan MM yoyning markazi bo`ladi. O dan MM yoyda yotuvchi har qanday nuqtaga qadar bo`lgan masofa bu yoyning radiusini,ya`ni R ni ifodalaydi. Agar A, B, S nuqtalarni o`rniga B, S, nuqtalarni yoki boshqa hohlagan uchta nuqta olinganda ham berilgan MN yoyning markazi shu topilgan O nuqtada bo`ladi.
Qiyalik, odatda, ikki ssnning nisbati ko`rinishda yoki protsentlarda, ba`zan gradus, minut va sekundlarda ifoda qilinadi. Chizmalarda GOST 2.307- 68 ko`rsatmasiga muvofiq, qiyalik aniqlovchi o`lcham soni oldiga "<" belgisi qo`yiladi, lekin uning o`tkir burchagi qiyalik tomonga qaragan bo`lishi shart.
Endi qiyalikning yasalishiga oid bo`lgan ba`zi bir amaliy misollarni keltiramiz.

Download 9,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 9,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanani teng bo’laklarga bo’lish

Download 9,79 Mb.