|
- misol. 1:4 nisbatli qiyalik yasalsin.
Echish
|
bet | 3/9 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 9,79 Mb. | | #143603 |
Bog'liq Aylanani teng bo’laklarga bo’lish 1- misol. 1:4 nisbatli qiyalik yasalsin.
Echish. Yasaladigan to`g`ri burchakli uchburchak katetlarining nisbati 1:4 bo`lishi uchun ularning uzunligi, ya`ni birinchi katetining kattaligi 10 mm bo`lsa, ikkinchi katetning kattaligi 40 mm bo`lishi kerak va hokazo. SHunga ko`ra biror to`g`ri chiziq tanlab olamiz, undagi O nuqtadan bu chiziq buyicha ung yoki chap tomonga 40 mm o`lchab quyib A va S nuqtalarni aniqlaymiz. So`ngra O nuqtadan AS to`g`ri chiziqqa perpendikulyar chiqaramiz va unga 10 mm ni o`lchab qo`yib, Bnuqtani topamiz. Agar Bni A va S nuqtalar bilan birlashtirsak, AOBva SOBto`g`ri burchakli uchburchaklar xosil bo`ladi.Bu uchburchak katetlariniig o`zaro nisbati OA/OB= OC/OB=4/1 yoki 25% bo`ladi.
2-misol. 20% li qiyalik yasalsin.
Echish. Qiyalikni protsentlar, ya`ni yuzning ulushlari bilan aniqlashda ham 1-misolda ko`rsatilgan usuldan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu erda qiyalikning 20% bo`lishi uchun to`g`ri burchakli uchburchakli katetlarining nisbati 1:5 bo`lishi kerak. Buning uchun uzunligi 100 mm bo`lgan FM to`g`ri chiziq kesmasini tanlab olib, unga M nuqtadan perpendikulyar chiqaramiz. So`ngra M nuqtadan bu perpendikulyar buyicha Yuqoriga yoki pastga 20 mm uzunlikdagi kesmani o`lchab qo`yib N va K nuqta-larni xosil kilamiz. Agar N va K nuqtalarni M nuqta bilan birlashtirsak, to`g`ri burchakli MFN va MFK burchaklarga ega bo`lamiz. Bu uchburchak katetlar nisbati FM/FN=FM/FK=100/20=5/1 yoki 20% bo`ladi. - rasm.
3-misol. GOST 8239-72 buyicha 14- nomerli qo`shtABr balka kesimining profili yasalsin.
Echish. GOST ko`rsatmasi hamma qo`shtABrlar tokchasining qiligi 12% ga teng, profillarining o`lchamlari eham shu GOST da ko`rsatilgan jadvaldan olinadi. Bu nomer uchun profil’ balandligi h = 140 mm, tokchalarning kengligi b = 73 mm, devorining qalinligi S = 4,9 mm, tokchalarning o`rtacha qalinligi t = 7,5 mm hamda yumaloqlash radiuslari R = = 8 mm, r = 3 mm.
Endi bu balka profilini yasash uchun o`zaro perpendikulyar bo`lgan chiziqlar chizib, ularga h va b ning kattaligini o`lchab qo`yamiz hamda devorcha qalinligi s ni yasaymiz. Tokchalarning qiyaligini yasash uchun ularning chetki nuqtalaridan b-S/4 ga teng bo`lgan kesmaning uzunligi, ya`ni 4/73-4,9 = 17,025 mm ni o`lchab qo`yamiz. So`ngra o`rtacha: oxirgi nutqtalaridan ABvalroq yasab qo`yilgan to`g`ri burchakli uchburchaklarning gipotenuzalariga, ya`ni qiyaligi 12% bo`lgan as va fs to`g`ri chiziqlarga parallel chiziqlar o`tkazamiz, shunda tokchalarning qiyaligi 12% bo`ladi. Keyin R va r radiuslar bilan profilning tegishli joylarini yumaloqlab chiqamiz. 4- misol. GOST 8240-72 buyicha 14-nomerli shveller kesimining profili yasalsin.
Echish. GOST buyicha xamma shvellerlar tokchasining qiyaligi 10% qilib olingan, profillarning qlchamlari ham shu GOST da ko`rsatilgan jadvallardan olinadi. Hozirgi nomer uchun balandligi h =140 mm, tokchalarning kengligi b = 58 mm, devorining qalinligi s = 4,9 mm, tokchalarning o`rtacha qalinligi t =8,1 mm, yumaloqlash radiuslari R = 8 mm va r= 3 mm bo`ladi.
|
| |