|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 9/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiO’lchash texnikasi. O’lchash texnikasi o’lchov asboblarini amaliy (tuzilishi, vazifasi, nazorat qilib turish qoidalari) jihatidan o’rganishni hamda mashq qilish va detallarni o’lchash yo’li bilan asbobdan foydalanish usullarini o’zlashtirishni ko’zda tutadi.
O’lchov asboblarini ishlatishda ma’lum qoidalarga rioya etish kerak bo’ladi, xususan, shtangen asbobga tatbikan bu qridalar quyidagilardan iborat:
1. Asbobning butligini tekshirish.
Asbobga oid attestat va kerakli ma’lumotlar borligiga ishonch hosil qilish.
Ish boshlashdan oldin shtangen asbobni benzinda yuvish, so’ngra yumshoq. toza latta bilan artib, moyini va changini ketkazish (ayniqsa, o’lchash yuzasini yaxshilab tozalash); asbobni yo’riqnomaga binoan joriy tekshiruvdan o’tkazish.
Asbobni aslo jilvir kog’oz yoki pichoq bilan tozalamaslik.
Detalning fakat toza va quruq yuzalarini o’lchash mumkinligi, ularda ifloslik, tirnalishlar, g’adir-budurlar, qirindilar bo’lmasligi.
O’lchashning quruq va toza qo’llarda amalga oshirilishi, bunda asbobning qo’lda uzok, ushlab turilmasligi.
SHtangen asbobni issiqlik manbalari ustiga qo’ymaslik va quyosh nurida tutib turmaslik.
Asboblarning o’lchash yuzalariga qo’l bilan tegmaslik.
O’lchashdan oldin asbobni yo’riqnomaga binoan tekshirishdan o’tkazish.
Asbobni vaqti-vaqtida to’la tekshiruvdan o’tkazish uchun asbobxonaga topshirish.
O’ta sovib ketgan detallarni o’lchamaslik.
O’lchashlarda ortiqcha kuch ishlatmaslik (kuch ishlatish 0,6 — 1 N atrofida bo’lishi kerak).
Harakatlanayotgan va aylanayotgan detallarni o’lchashga ruxsat etilmaydi.
Asboblarni ehtiyot bo’lib ishlatish: zarbalardan asrash; o’lchash tekisliklarini detalь ustida yurgizmaslik; asbobni ish o’rnida bevosita o’lchash vaktida qismlarga ajratish va rostlash yaramasligi.
Ish tugagach, asbobni yuvish, benzin bilan artish, antikorrozion moy bilan moylash va gilofiga solib qo’yish.
Asbobni kuyosh nuri tegmaydigan va sun’iy .qizdirishdan himoyalangan kuruq joyda 5° S dan kam bo’lmagan haroratda saqlash.
O’lchovda ishlatiladigan asbob konstruktsiyasini, uni ishla-tishga tayyorlashga doir asosiy talablarni, shuningdek, ishlash qoidalarini bilish.
CHilangarlik ishlarida eng ko’p qo’llaniladigan asboblar bilan o’lchashlarni bajarish usullari va qoidalarini puxta o’rganib olish.
Nazorat savollari.
1. Qanday o’lchov asboblarini bilasiz?
2. Shtangentsirkul bilan nima o’lchanadi?
3. Shchup nima va qanday o’lchovlarni bajaradi?
4. Nutromer bilan qanday detallar o’lchanadi?
|
| |