Mashqlarnn bajarish tartibi
|
O’quv-ishlab chiqarish ko’rsatmalari va tushuntirishlar
|
1-mashq. Metalldan yasalgan chig’ich bilan o’lchash
|
1. Chizg’ichni o’lchanadigan detallarga qo’yish.
Eslatma. Oddiy shaklli detallarni (plastina, o’zak—sterjen va hokazo) o’lchashda, ularni biror narsaga tirab qo’yish tavsiya etiladi.
|
1. Chizg’ich o’lchanadigan detal yuzasiga jips qo’yilib, uning yon chekkasi detaldagi biror do’nglikka yoki detalni qisib turuvchi narsaga tiraladi (rasmga qarang). Chizg’ichning nolinchi bo’linmasi detalning o’lchanadigan qismi uchiga aniq to’g’ri kelishi lozim.
|
2.Chizg’ichdagi o’lchamni o’qish.
|
2.O’lchamni aniqlashda ko’z aniq shkala qarshisida bo’lishi kerak.
|
2-mashq. Krontsirkul va nutromer bnlan o’lchash
|
1. Detalni o’lchash.
Eslatma. Krontsirkul bilan tashqi o’lchamlarni, nutromer bilan faqat ichki o’lchamlarni o’lchash lozim.
|
1. Krontsirkul (nutromer) oyoqchalari detal yoki teshik o’lchamidan kattaroq o’lchamga keriladi. Krontsirkul (nutromer)ning bir oyoqchasi bilan detalga salgina urib, krontsirkul (nutromer)ning ikkala labi o’lchanayotgan degal (teshik)ga tekkiziladi.
|
2.O’lchamni o’qish.
|
2. Krontsirkulning bir labi chizg’ichning retsiga o’rnatiladi, ikkinchisi chizg’ich shkalasiga qiyshaytirilmasdan qo’yilib, o’lcham o’qiladi. Chizg’ich nolli uchi bilan bironta buyumga tiraladi, uning nolinchi bo’linmasiga nutromerning bir oeqchasi qiyalatiladi, ikkinchi oyoqchasi chizg’ich shkalasiga qiyshaytirilmasdan qo’yilib, o’lcham o’qiladi.
|
3-mashq. Shtangentsirkul bilan o’lchash
|
1. Tashqi o’lchamni o’lchash.
|
1. Shtangentsirkulni olib, ramkaning qisuvchi murvati bo’shatiladi. Shtangentsirkul lablari detal o’lchamida kattaroq o’lchamga keriladi. Harakatlanuvchi ramka lablari o’lchanadigan detal yuzasiga tekkunicha suriladi.U qisuvchi murvat bilan mahkamlanib, shtangentsirkul detaldan olinadi.
|
2. Ichki o’lchamni o’lchash.
|
2. Lablar teshik o’lchamidan kichikroq o’lchamga keriladi. Kichik lablar teshikka kiritilib, harakatlanuvchi ramka lablari teshik devorchalariga tekkunicha suriladi. Harakatlanuvchi ramka murvat bilan mahkamlanib, shtangentsirkul detaldan olinadi.
|
3. Chuqurlikni o’lchash.
|
3. Shtangening yon chekkasi o’lchanadigan teshik yoki chiqiqning yuqori chetiga tiraladi. Harakatlanuvchi labning chuqur o’lchagich chizg’ichi teshik yoki chiqiq tagiga tiralgunicha pastga tushiriladi. Harakatlanuvchi ramka qisuvchi murvat bilan mahkamlanib, shtangentsirkul detaldan olinadi.
|
4.Штangentsirkul ko’rsatkichi-
ni o’qish
|
4.SHtanga shkalasi bo’yicha noniusning nolinchi bo’linmasigacha millimetrlar butun soni sanaladi. Noniusning bo’linmasi shtanga bo’linmalaridan biriga to’g’ri kelganligi aniqlanadi. Noniusning nolinchi bo’linmasi bilan shtanganing to’g’ri kelgan bo’linmasi o’rtasidagi oraliqlar sonini shtangentsirkulnnng o’lchash aniqligi qiymatiga ko’paytirib, millimetrning o’nli yoki yuzli ulushlari miqdori aniqlanadi.
|
4-mashq. Mikrometr bilan o’lchash
|
Detalni o’lchash.
|
1. Mikrometr tutqichidan ushlanib, chap qo’lga olinadi va o’ng qo’l bilan baraban soat mili yo’nalishiga teskari tomonga aylantirilib, mikrometrning o’lchash tekisligi o’lchanadigan detaldan katgaroq o’lchamga keriladi. Detal mikrometr tutqichining tovoni va mikrometr murvataning yon chekkasi oralig’iga joylashtariladi hamda tartarak soat milining yo’nalishi tomon ravon aylantirilib, mikrometrik murvat uning yon tomoni hamda tutqich xalqa tovoni o’lchanadigan detalga tegmaguncha hamda tartarak mexanizmining o’ziga xos chiqirlash tovushi eshitilmaguncha buriladi Mikrometrik murvatning holati to’xtatgich bilan mustahkamlanadi.
|
|
2. Millimetrlar va yarim millimetrlar mikrometr vtulkasi tanasidagi bo’lin-malar soni bo’yicha sanaladi. Millimetrning yuzlik ulushlari barabanning konus qismidagi tana bo’ylama chizig’iga to’g’ri kelgan darajasiga qarab aniqlanadi
|
3.Mikrometrning nol holatini o’rnatish va nol chiziqlar mos tushmaganida uni to’g’rilash.
|
3. Nolinchi chiziqlar ustma-ust tushmaganida mikrometr to’g’rilanadi: o’lchash tekisliklari bir-biriga mos keltirilib, mikrometrik murvat to’xtatgich yordamida to’xtatiladi; barabanni mikrometrik murvat bilan bog’lovchi qalpoqcha bo’shatiladi; baraban qalpoqcha yordamida murvat bilan mahkamlanadi.
|
4. Mikrometr bilan o’lchash.
|
4. O’lchash yuzalari yumshoq gazlama (a) yoki qog’oz (b) bilan artiladi. Mikrometr tekshirilayotgan o’lchamdan bir oz katta o’lchamga qo’yiladi: Mikrometr tutqichining o’rtasidan ushlanib, o’lchanadigan detal tovon bilan mikrometrik murvat orasiga joylashtiriladi(v). O’ng qo’l barmoqlari bilan tartarak ravon aylantirilib, mikrometrik murvatning yon chekkasi bilan detal toviga to u tekshirilayotgan detal yuzasiga tegmagunicha tartarak burilib, shaqillamagunicha qisiladi. Detalni o’lchashda o’lchash chizig’i detal markazidan o’tishi lozim(g)
|
5. Mikrometr ko’rsatishlarini o’kishda asbobning holati va sanoq olish misollari.
|
5. Mikrometrni ko’zlar to’g’risida tutish kerak(a). Millimetrlarning butun soni pastki shkaladan, millimetrning yarmi mikrometr tanasining yuqorigi shkalasidan, uning yuzli ulushlari baraban shkalachasining bo’linmalaridan vtulkadagi bo’ylama chiziqcha bilan ustma-ust tushadigan chiziq bo’yicha sanab olinishi lozim (berilgan rasmda (b)sanoq olish usullari ko’rsatilgan).
|
Mashq. Burchaklarni burchak o’lchagich bilan o’lchash
|
I. Detaldan burchakni I tipdagi burchak o’lchagich bilan o’lchash.
Eslatma. 90° dan kichik burchaklar go’niya bilan, undan katta burchaklar go’niyasiz o’lchanadi.
|
I. Burchak o’lchagich sektori olinadigan chizg’ich va go’niya qirrasi orasidagi burchak detalning o’lchanayotgan burchagidan birmuncha kattaroq bo’ladigan holatda o’rnatiladi. Detaldagi o’lchanayotgap burchakning bir qirrasiburchak o’lchagichning olinadigan chizg’ichiga qo’yiladi, harakatlanuvchi chizg’ich shunday suriladiki, toki detalning o’lchanadigan burchagi tomonlari bilan go’niya hamda burchak o’lchagichning olinadigan chizg’ichi qirralari orasidagi tirqish bir xil bo’lsin. Sektor to’xtatgich bilan mahkamlanadi.
|
2. Burchak qiymatini aniqlash.
|
2. Graduslar butun soni go’niya asosidagi shkala bo’yicha noniusning nolinchi bo’linmasigacha sanaladi. Noniusning qaysi bo’linmasi asos shkalasi bo’linmalarining biriga to’g’ri kelganligi aniqlanadi. Nonius nolinchi bo’linmasi bilan to’g’ri kelgan asos bo’linmasi o’rtasidagi oraliqlar burchak o’lchagich bilan o’lchash aniqligi qiymatiga ko’paytirilib, minutlar miqdori aniqlanadi.
|
Z. Burchak o’lchagich UN va uning noniusining tuzilishi.
|
Z. UN-0 dan 180° gacha bo’lgan tashqi burchaklarni va 40 dan 180° gacha bo’lgan ichki burchaklarni o’lchashda qo’llaniladi; nonius bo’yicha sanoq boshi kattaligi 2 (minut); UM—0 dan 180° gacha bo’lgan tashqi burchaklarni o’lchash uchun; nonius bo’yicha sanoq boshi kattaligi 2 (minut). UN burchak o’lchagichining tuzilishi bilan tanishiladi (a). Noniusning tuzilishi bilan tanishiladi (b) noniusning chetki chizillari orasidagi burchak 29" ga teng va 30 qismga bo’lingan, ammo UM burchak o’lchagichidan farkli o’laroq, bu nonius katta radiusli yoyda qurilgan, binobarin, chiziqlar orasidagi masofa katta, bu esa ko’rsatkichlarni o’qishni osonlashtiradi.
|
6-mashq. Tirqishlarni qalamcha bilan o’lchash
|
1. Tirqishni o’lchash.
|
1. Tirqishga qalamchaning bir plastinasi yoki plastinalar to’plami shunday qo’yiladiki, ular tirqishga tig’iz va butun bo’yicha kiradi. Qalamcha plastinalarini tirqishga kiritishda ularni sindirmaslik uchun ko’p kuch ishlatilmaydi.
|
2. Tirqish o’lchamini aniklash.
|
2. Agar tirqishga faqat birgina plastina kirsa, shu plastina qalinligi tirqish qiymatini belgilaydi. Tirqish plastinalar tuplami bilan o’lchangan bo’lsa, uning qiymati shu yig’indisiga teng bo’ladi.
|