• Taxminiy ish ob’ektlari: qo’
  • Moslama va materiallar
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti




    Download 35,39 Mb.
    bet10/138
    Sana20.01.2024
    Hajmi35,39 Mb.
    #141780
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
    Bog'liq
    Kasb mahorati

    3 - AMALIY ISH
    Yassi yuzalarni to’g’ri chiziqlar bilan rejalash
    Ishning maqsadi:
    1. Metall yuzasini rejalashga tayyorlash.
    2. O’zaro perpendikulyar chiziklar chizish.
    3. Parallel chiziqlar chizish.

    1. O’lchamlarni o’q chizig’i va chala mahsulot—zagotovka qirrasidan hisoblab rejalash.

    2. Bir-biriga nisbatan burchak holatida joylashgan chiziqlar chizish.

    Taxminiy ish ob’ektlari: qo’uv-mashg’ulot plastinalari, bolg’a uchun andozalar, giraniig quyma jag’lari uchun zagotovkalar, qo’l arra ramkasining xomutchalari uchun zagotovkalar.
    Asbob va materiallar: metall o’lchov chizg’ichlari, rejalash tsirkullari, chizgichlar, yassi go’niyalar, yassi asosli 900 li go’niyalar, kernerlar, transportirlar.
    Moslama va materiallar: rejalash taxtasi, mis kuporosi, bo’r, metall cho’tkalar, kurakchalar, latta-luta, kazein yelimi.
    Zagotovkaning o’lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum o’lchamlaridan katta bo’ladi. Zarur shaklli va o’lchamli buyum yasash uchun zagotovka sirtidan ma’lum metall qatlamini yo’nib, unga ishlov berish kerak. Ishlov paytida yo’niladigan metall qatlami qo’yim deb ataladi.
    Zagotovkaga chizmada ko’rsatilgan shakl va o’lchamlarni tushirish operatsiyasi rejalash deb ataladi.
    Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo’lgan hollardagina rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari qo’llanganda 0,5 mm gacha aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash millimetrning yuzdan bir ulushigacha aniqlikni ta’minlaydi.
    Rejalashning ikki turi bor - tekislikda rejalash va fazoviy rejalash.
    Detal konturlari bir tekislikda yotganda tekislikda rejalash usuli qo’llanadi. Tekislikda rejalash chizmachilikning deyarli o’zi bo’lib, undan farqi qog’ozga qalamda emas, balki zagotovkaga o’tkir uchli metall nina (chizgich) bilan chiziladi.
    Chizgichlar rejalash chiziqlarini chizish uchun mo’ljallangan. Ular toblangan va o’tkir qilib charxlangan uchli po’lat sterjendan iborat. U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po’latidan yasaladi. Ishlab chiqarishda chizg’ichlarning bir necha xillari qo’llaniladi: Amalda qo’yma ninali chizgichlar qo’llaniladi.
    Go’niyalar to’g’ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi. Rejalashda yassi chilangarlik go’niyalari, yo’g’on tokchali (anlaj) go’niyalar, T-simon tokchali go’niyalar qo’llaniladi.
    Kernerlar rejalash chiziqlarining o’rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexaniq va elektr kernerlar ishlatiladi.




    Download 35,39 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




    Download 35,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muhandislik-qurilish instituti

    Download 35,39 Mb.