O’lchash vositalarini tanlash va




Download 35,39 Mb.
bet8/138
Sana20.01.2024
Hajmi35,39 Mb.
#141780
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138
Bog'liq
Kasb mahorati

O’lchash vositalarini tanlash va o’lchash xatoliklari
O’lchash vositalari ishchilar foydalanadigan texnologik xujjatlarda ko’rsatiladi. Ularni to’g’ri tanlashga o’lchash vositalarini tamg’alash (markirovkalash) bilan erishiladi.
O’lchash vositalarini tanlashda buyumning tayyorlanish aniqligi, o’lchash usulining samaradorligi va tejamliligi, hisobga olinishi kerak. Buyumni tayyorlash (yig’ish, ta’mirlash) uchun ko’yim qancha kam va talab etiladigan aniqlik qancha yuqrri bo’lsa, o’lchash asbobi shuncha aniq bo’lishi lozim.
O’lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydigan o’lchov asboblarini tanlashda buyumning zarur sifatiga erishish uchun talab etilganidan aniqrog’ini tanlamaslik kerak. Masalan, kuyishdan, kizdirib qoliplash va bolg’alashdan keyin o’lchamlarni tekshirish uchun krontsirkulь, nutromer, chizg’ich yetarlidir, chunki ularni tayyorlash uchun belgilangan o’lchamlar va joizliklar butun millimetrlar xisobida beriladi. Homaki ishlov berishda (egovlash, qirqib tushirishda) bo’linmasining qiymati 0,1 mm bo’lgan shtangentsirkulning anikligi yetarlidir.
Buyumlarning o’lchamlariga va qo’yimlariga qarab, universal o’lchash vositalarini tanlashga oid taxminiy ma’lumotlar tashqi va ichki yuzalar uchun keltiriladi.
O’lchashni buyumga bir qadar yaqinlashib bajarish mumkin, chunki bu jarayon qanchalik sinchiklab o’tkazilmasin, ko’pincha xatoliklar bilan bog’likdir (o’lchanadigan kattalikningh aqiqiy qiymati bi­lan o’lchash natijasi orasidagi farq o’lchash hatoligi deb ataladi).
O’lchash natijasi haqiqiy o’lchamdan katta yoki kichik, ya’ni o’lchash xatoligi musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. O’lchash hatoligining qiymati bir qancha sabablarga bog’lik. bo’lib, asosiylari quyidagilardir:
asbobniig nosoz yoki yomon holatda (burchaklari shikastlangan, ifloslangan, nolinchi belgisining holati noto’g’ri) bo’lishi;
asbobning detalga yoki o’lchanadigan detalning asbobga nisbatan noto’g’ri o’rnatilishi;
asbobning qiziganligi;
o’lchash asbobining noto’g’ri tanlanishi yoki uni ishlata bilmaslik;
detalь yuzasida notekislik yoki boshqa nuqsonlar mavjudligi;
detalning o’lchanadigan yuzasida mayda qipiqlar, iflosliklar yoki moy borligi.
Aynan bir asbob bilan bir joyda, bir xil haroratda, bir necha marta o’lchash o’tkazilsa, o’lchash aniqligini oshirish mumkin. O’lchashlardan keyin natijalarni qo’shib, so’ngra o’lchashlar soniga bo’lish yo’li bilan o’lchanadigan kattalikning o’rtacha arifmetik qiymati topiladi. Bu qiymat bir marta o’lchash natijasiga qaraganda, haqiqiy o’lchamga ancha yaqin bo’ladi.

Download 35,39 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   138




Download 35,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’lchash vositalarini tanlash va

Download 35,39 Mb.