|
Namangan muhandislik-qurilish instituti
|
bet | 6/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiTalabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularnish oldini olish
Ushbu mavzu yuzasidan mashqlarni bajarishda talabalar duch keladigan asosiy qichyinchiliklarga va ularning tushuna olmaslik xususiyatlariga oldingi chilangarlik amallarini bilmasliklari sabab bo’ladi. Ba’zan rejalash ishlarini metallga oldindan ishlov bermasdan bajaradilar va ularni har doimham keyingi ishlov berish bilan qo’shib olib bormaydilar.
Tekislikda rejalash paytida duch kelinadigan birinchi qiyinchilik oldindan tozalangan buyum yuzasi ifloslanganida uning mis kuporosi bilan ko’ngildagidek buyalmasligidir.Yuzani yaxshi bo’yalishini ta’minlash uchun oldniga u temir cho’tka bilan tozalanadi. SHundan keyin mis kuporosi suvda suyultirilib, buyum yuzasi mo’yqalam bilan bo’yaladi. Yuza suv bilan namlangandan keyin uni mis kuporosining bo’lagi bilan ishqalashga yo’l qo’ymaslik darkor: bunda mis kuporosining zararli ekanligini yodda tutish kerak.
CHizg’ich bilan bo’ylama chiziqlar o’tkazishda talabalar ko’pincha millimetrli chizg’ichni joyidan qo’zg’atib yuboradilar va natijada chiziqchalar egri chiqadi. CHizg’ich joyidan siljib ketmasligi uchun uni buyumga chap qo’lning keng qilib kerilgan barmoqlari bilan shunday jips bosib turish kerakki, bunda barmoqlar chizg’ichning o’rtasidan emas, balki chetlaridan bosim ko’rsatayotgan bo’lsin.
CHiziqchalar o’tkazishda talabalar ikki xil xatoga yo’l qo’yadilar:
chizg’ichni o’ta og’dirib ushlaydilar, buning natijasida u faqat mis kuporosi qoplangan qatlamni qirib, metallga o’yib kirmaydi; shuning uchun chizg’ichni yuzaga nisbatan kichik burchak hosil qilib ushlab, metallga o’yib kirishiga erishmoq zarur;
chiziqchalar chizgichning bir o’tishida emas, balki 2-3 o’tishida hosil qilinadi. Natijada chiziqchalar keng, ba’zan esa qo’shaloq bo’lib chiqadi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun chiziqchalarni chizgichning bir yurishidayoq o’tkazish zarur.
Belgi chiziqchalariga kern urishda va ular bo’ylab kern chuqurchalarini hosil qilishda talabalar ma’lum qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunga ko’pincha katta burchak hosil qilingan holda charxlangan kerner sabab bo’ladi.
Kern o’yiqchalari aniq belgi chiziqchalariga mos chiqishi uchun kernerni qiyalatib, belgi chiziqchasi ustiga kundalangiga yurgizib kiritish lozim. Belgi chiziqchaga kiritilgan kerner to’g’ri burchak hosil bo’lguncha tikkaytiriladi va unga bolg’acha bilan uriladi.
Talabalar kerner o’yikchalarini qalin qilib, rejalanadigan joy atrofini ular bilan o’rab chiqadilar. Bundan rejalash qo’pol ko’rinadi, belgi chiziqchalari bilan ustma-ust tushmaydigan kern o’yiqchalarining soni ko’payib ketadi. Oqibatda, ishlov berilganidan keyin buyum chetlari kern o’yiqchalarining izlari bilan o’ydim-chuqur bo’lib qoladi. Kern o’yiqchalarini to’g’ri chiziq bo’ylab 10-50 mm oralatib va albatta, belgi chiziqchalari kesishgan joylarda qo’yish kerak. Kern o’yiqchalari chuqurligi birdek bo’lishi uchun kernlashni rejalash bolg’achasi bilan bir xil kuchda urib bajarish lozim.
Aylanalarni rejalashda esa talabalar boshqa qiyinchiliklarga duch keladilar: odatda, ular quloqli gayka-barashkani mahkamlash paytida sirkulni ma’lum o’lchamga sozlayotib, uni sirg’altirib yuboradilar. Bunga yo’l qo’ymaslik uchunsirkulni quloqli gayka o’rnatilgan oyog’idan chap qo’l bilan ushlab turish kerak. Aylanani oldin buyumda emas, balki metall bo’lagida rejalab olish tavsiya etiladi. Hosil bo’lgan aylana millimetrli chizg’ich yordamida o’lchanadi. Odatda, aylananing o’lchami birdaniga belgilaimaydi, ammo o’lcham topilganidan keyii rejalashni darhol buyumga o’tkazish lozim.
Rejalash muhim amal ekanligini yodingizda tuting: u to’g’ri bajarilganda, hatto sifatsiz detalni ham ishlov berish uchun tayyorlasa bo’ladi va aksincha, ko’ngildagidek bajarilmaganida, yaroqoli materialni, ham buzib qo’yish mumkin.
Nazorat savollari.
Rejalashda chizgachdan kanday maksadda foydalaniladi?
CHizgichlarning kanday turlarini bilasiz?
Kernerdan foydalanish tartibini ayting.
Reysmasdan kanday maksadlarda foydalaniladi?
|
| |