|
Yassi detallarning egri chi
|
bet | 14/138 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 35,39 Mb. | | #141780 |
Bog'liq Kasb mahoratiYassi detallarning egri chiziqli konturlarini rejalash
1 .Flanetsni yasash vositasida rejalash
|
1.Zagotovka o’rtasidan uning qirrasiga parallel ravishda /-/o’q chizig’i tortilib, kerner bilan uning o’rtasidagi 0 nuqta belgilanadi.
/-/ chizig’iga perpendikulyar ravishda, bir-biridan 40 mm masofada //-//, ///
-/// -/V--/V o’q chiziqlari tortiladi. Kesishuvning 01 va 02 nuqtalari kerner bilan belgilanadi.
0 nuqtadan R = 28 mm.li aylana chiziladi. 01 va 02 nuktalardan R1,20 mm.li radius bilan ikki aylana chiziladi. Bu aylanalarning chiziqlari urinma chiziqlar bilan birlashtiriladi. Markazlari 01 va 02 nuqtalarda bo’lgan va diametri 20 mm.li ikki aylana chiziladi.
|
|
2.Andoza zagotovkaga shunday qo’yilishi kerakki, u hom ashyo chetlaridan chiqib qoladigan bo’lmasin. Andoza chap qo’l bilan bosib turilib va dastlabki holatdan siljitilmasdan, shakli chizg’ich bilan har tomondan chizib olinadi. Bu amallarni bajarish uchun zagotovka rejalash taxtasiga jips tegib turadigan qilib o’rnatiladi.
Andoza rejalanadigan zagotovkaga jips qilib qo’yiladi. O’ng qo’lning barmoqlari bilan esa chizg’ich olinib, og’ish burchagini hamda chizg’ichga bosish kuchini o’zgartirmagan holda andoza shakli bo’ylab chiziqchalar chizib chiqiladi.
|
Yassi yuzalarni rejalash (egri chiziqlar bilan rejalash) ishlarida xavfsizlik qoidalari
CHizg’ichlar, tsirkullarning o’tkir uchlaridan, mis kuporosi eritmasidan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Rejalash taxtasini stolga puxta o’rnatish lozim. Nosoz charxlash stanogida va uning g’ilofi, ekranchasi bo’lmaganida, podruchnik nosozligida, charxtosh bilan podruchnik o’rtasidagi tirqish 2—3 mm dan oshganida, charxtoshda tepish bo’lganida ishlamaslik kerak.
Talabalar belgi chiziqchalariga kern urishda va ular bo’ylab kern chuqurchalari hosil qilishda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunga ko’pincha katta burchak hosil qilingan holda charxlangan kerner sabab buladi.
Kern uyiqchalari aniq belgi chiziqchalariga mos chiqishi uchun kernerni qiyalatib, belgi chiziqchasi ustiga ko’ndalangiga yurgizib kiritish lozim. Belgi chiziqchaga kiritilgan kerner to’g’ri burchak hosil bo’lguncha tikkaytiriladi va unga bolg’acha bilan uriladi.
Talabalar kerner o’yiqchalarini qalin qilib qo’yib, rejalanadigan joy atrofini ular bilan o’rab chiqadilar. Bunday rejalashning qo’polligi yaqqol sezilib turadi, belgi chiziqchalari bilan ustma-ust tushmaydigan kern o’yiqchalarining soni ko’payib ketadi. Oqibatda, ishlov berilgandan keyin buyum chetlari kern o’yiqchalarining izlari bilan o’ydim-chuqur bo’lib qoladi. Kern o’yiqchalarini to’g’ri chiziq bo’ylab 10—50 mm oralatib va albatta, belgi chiziqchalari kesishgan joylarda qo’yish kerak. Kern o’yiqchalarining chuqurligi birdek bo’lishi uchun kernlashni rejalash bolg’asi bilan bir xilda urib turish lozim.
Ushbu mashg’ulot yuzasidan talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo’l qo’yadigan xatolar hamda ularning oldini olish talabalarining bir qismi, shuningdek, mashqlarni bajarish natijasida hosil qilishlari lozim bo’lgani malaka-ko’nikmalar 1-mashg’ulot oxirida berilgan.
Nazorat savollari.
1.Aylanalar qanday rejalanadi va necha qismlarga bo’linadi?
2.Kerner qanday asbob?
3.Rejalashda sodir bo’ladigan nuqsonlarni ayting?
4.Namuna bo’yicha rejalashda nimalarga e’tibor beriladi?
|
| |