MS Access dasturida so’rovlar hosil qilish




Download 4.55 Mb.
bet59/63
Sana18.02.2022
Hajmi4.55 Mb.
#17767
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
QXAKT AMALIY USLUBIY
Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2-TOM NAMMTI YSMKT, 2.2 reja, 2.2 docx
MS Access dasturida so’rovlar hosil qilish.
Microsoft Office ning o’zbek tilidagi varianti yo’qligi, uning faqat ingliz va rus tilida yaratilgan lahjalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimizdan mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha lahjasiga tayanib yozilgan. Microsoft Access dasturi ham relatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MBlar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi.
Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir.
Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma- ketligi bilan belgilanadi. Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan
ifodalanadi:
-uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o’lchanadi),
- nomi (maydonning o’ziga xos alohida xususiyati),
- подпись- imzo (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Matnli maydon.
2. Sonli maydon.
3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon.
4. Mantiqiy maydon (1 0; Ha yoki yo’q; rost yoki yolg’on kabi mantiqiy birliklar bilan
ifodalanadi).
5. Pul birliklarida ifodalangan maydon (raqamlar pul birliklari bilan birgalikda
ifodalanadi)
6. OLE maydoni (shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar va видeoyozuvlar shaklida
ifodalanadi)
7. MEMO maydoni- matn uzunligi 256 simvoldan uzun bo’lgan maydonda faqat
matnning qayerdaligini ifodalovchi ko’rsatkich turadi. Bu holda har bir maydonda 65 535 simvol
saqlanishi mumkin.
8. Cчетчик (sanovchi) maydoni - maydonda turgan ifoda avtomatik ravishda sanalib
o’zgaradi.
Endi, keng foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan va eng qulay bo’lgan relatsion
MBni tashkil qilish haqida biroz to’xtalib o’tamiz.
MBBT MS Access MBBT Access ning barcha vazifalari va imkoniyatlarini o’rganib uni ishlatish texnologiyasi bilan tanishib chiqamiz, hamda olib boriladigan amaliy mashg’ulotlarni shu MBBT da tashkil etishni tavsiya qilamiz. Buning uchun avvalo Microsoft Access bajaradigan vazifalari, uning darchasi va ish yurituvchi asosiy obyektlari bilan yaqindan tanishishga o’tamiz.
Microsoft Access ish darchasi Microsoft Office tarkibidagi Microsoft Access piktogrammasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bossak, ekranda Access darchasi paydo bo’ladi: Darchaning birinchi satrida MBBT nomi Microsoft Access deb ifodalangan, 2-nchi satrda
esa tavsiyanoma punktlari:
Файл Правка Вид Вставка Формат Записи Сервис Окно ?
- Uchinchi satrida Standart paneli piktogrammalari joylashgan. Darchaning keng qismi ishchi maydon hisoblanadi. Ishchi maydonda yuqoridagi muloqot darchasi hosil bo’ladi. Bu darcha yordamida biz yangi MBni tashkil qilishimiz yoki mavjud MBni ochib ular ustida ishlashimiz mumkin.
Access 9x (umumlashgan lahjasi) darchasi 6 ta obyektdan iborat bo’lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Таблица (jadval), Запрос (so’rov), Форма (forma), Отчет (hisobot),
Макрос (makro buyruq) va Модул.
Jadval - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obyekti;
So’rov - MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror kerakli ma’lumotni qidirib topish kabi
vazifalarni bajaradi.
Forma – MBga yangi ma’lumotlar kiritadi, yoki joriy MBdagi ma’lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Demak, forma – ekran obyekti bo’lib, elektron blank tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar kiritiladigan
maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Hisobot - MB tarkibidagi ma’lumotlardan keraklisini printerga chiqaruvchi qog’ozdagi asosiy hujjat.
Modul - Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan dastur bo’lib, nostandart
operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Makrobuyruq - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo’lgan makrobuyruq bo’lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi. Sanab o’tilgan obyektlar ustida ishlash uchun darchaning o’ng tomonida Открыть (ochish), Конструктор va Создать (yaratish) degan tugmachalar joylashgan. Demak, bu tugmalar Access ning ishlash tartibini ifodalaydi.
Открыть tugmasi bosilsa, joriy obyekt ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Agar bu obyekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoni bo’ladi. Конструктор tugmachasi bosilsa, u holda obyektning tuzilmasi namoyon bo’ladi. Agar obyekt jadval bo’lsa, unga yangi maydon kiritish yoki olib tashlash mumkin. Bordiyu forma bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar uchun emas, balki MBni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali. Создать tugmasi bosilsa, u holda yangi obyektlar tuzish, uni boshqarish lozim bo’ladi.
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartib(rejim)lar asosida obyektlar ustida quyidagi turda ish
bajariladi:
 mexanik usul bilan,
 avtomatlashtirilgan holatda
 jadval ustasi (master) yordamida.
Jadval tuzish - bu ma’lumotlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon MB darchasida Создать tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi:
Bunda jadval tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
1. Режим таблицы (Jadval holatida) Bunda jadval tuzish oddiy mexanik usulda
yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval maydonlari paydo bo’ladi. Maydon 1, Maydon 2,
Maydon 3, . . . va standart matnli maydon turi akslanadi:
1. Конструктор holatida jadval yaratish.
Конструктор holatini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bo’lgan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar barchasi klaviatura yordamida qo’lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini o’zgartirish kabi amallarni bajarish
mumkin bo’ladi.
2. Мастер таблиц (jadval ustasi) bilan jadval tuzish.
Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida namunaviy jadvallar ro’yhati va bu jadvallarga mos bo’lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida mavjud bo’lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning nomini o’zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi.
Xullas, maydon turini o’zgartirish zarur bo’lsa, конструктор holatidan foydalanib
o’zgartirish mumkin.
3. Импорт (Boshqa ma’lumotlar bazasi)dan jadvalni tanlash
Bunda import qilinuvchi jadvalni tanlash uchun muloqot darchasida import qilinuvchi MB tanlab olinadi va undan foydalanuvchiga kerak bo’lgan maydon bo’yicha ma’lumotlar ajratib olinishi mumkin.
4. Связь с таблицами (Tashqi fayllardagi MB jadvallari bilan bog’lanish) orqali yangi jadvallar tuzish.
Bunda ham yuqoridagi kabi muloqot darchasida o’zaro aloqa o’rnatilishi zarur bo’lgan MB tanlab olinadi.
Assess da ishlash texnologiyasi
Ms Assess ikki xil holatda ishlaydi:
1) Проектирование (loyihalash)
2) Экспулатация (amaliy foydalanish)
MBBT qaysi tartibda ishlashidan qat’iy nazar, uni ishlatish texnologiyasi quyidagicha namoyon bo’ladi:
Foydalanuvchi–MBni ma’lum formada to’ldiradi, muayyan запрос (so’rov) orqali qayta ishlaydi va natijalarni otchet (hisobot) tarzida tashkil qiladi. Birgina MBda millionlab foydalanuvchi ish yuritadi, ammo tuzilmasiga qo’l tekizmaydi. Foydalanuvchi asosan 6 ta obyektning 4 tasi bilan bemalol ish yuritadi. Xullas, ushbu obyektlar bilan ish bajarish uchun foydalanuvchi quyidagi tugmachalar bilan ish yuritishi mumkin:
Открыть- tanlagan obyektni ochadi.
Конструктор-tanlagan obyekt tuzilmasini ochadi.
Создать- yangi obyektlarni tashkil qiladi.
MB ning o’ziga xos xususiyatlari MB ning jadvali mustaqil ravishda hujjat bo’la olmaydi, ammo jadval tuzilmasi esa hujjat, biroq Microsoft Assessda uning uchun alohida fayl ajratilmagan. Jadvaldagi barcha
o’zgarishlar avtomatik ravishda real vaqt holatida saqlanadi. Real vaqt holatida jadval bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi maydonga ma’lumotlarni kiritish to’xtatilgach, 2-maydonga o’tiladi, shu vaqtda ma’lumotlar vinchestrga yozila boradi va avtomatik ravishda saqlanadi.
MB jadvallari bilan ishlash jarayoni
1. MBBT darchasining pastki qismida поля номера записи (tartib raqamini yozish
maydoni) bo’lib, bunda maydonga o’tish tugmalari bor (jadval bo’yicha siljishni amalga
oshiradi).
2. Har bir yozuv chap tomonida yozuv markeri (marker zapisi) tugmachasiga ega. Shu
tugmani bossak, yozuv ajratilib ko’rinadi va nusxa olishga tayyorlanadi.
3. Ajratilgan yozuvda sichqoncha o’ng tugmasini bossak, kontekst tavsiyanoma muloqot
darchasi chiqadi va uning buyruqlari orqali yozuv ustida ish bajariladi.
4. Jadvalning chap tomoni yuqori qismida turgan marker jadval markeri deyiladi. Uni
bossak, butun jadval ajratilib ko’rinadi. Sichqoncha o’ng tugmasi bosilsa, kontekst tavsiyanoma
muloqat darchasi ekranda paydo bo’ladi. Uning buyruqlari bilan jadval ustida ish yuritiladi.
5. Maydon sarlavhasida sichqoncha tugmasini bossak, u holda maydon ajratilib ko’rinadi.
Запрос (So’rov)lar tashkil qilish MB ga kirish uchun «So’rov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MB darchasining Запрос (So’rov) bo’limida yaratish tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: Конструктор - mustaqil ravishda yangi so’rovlar tuzish.
Простой запрос (oddiy so’rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo’li bilan so’rovlar tuzish.
Перекрестный запрос (qiyosiy so’rov) - MB da mavjud bo’lgan bir nechta jadval va so’rovlarni chatishmasidan yangi so’rovlar yaratish.
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki so’rovlarda takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so’rovlar tuzish. Записи без подчененных (bog’lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni qidirib topish uchun so’rovlar tuzish. Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Запрос bilan ishlaganda ma’lumotlarni saralash (filtrdan o’tkazish), jamlash, ajratish, o’zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MB da hechqanday o’zgarish sodir bo’lmaydi. Bundan tashqari, Запрос yordamida «natijalarni hisoblash», o’rta arifmetik qiymatini topish, yig’indi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin. MBda ajratish uchun «So’rov» Запрос hosil qilishning turlari ko’p. Ammo eng ko’p qo’llaniladigani Запрос на «выборки» (Tanlashini tashkil qiluvchi so’rov) Accessda “So’rov” tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo’lda va мастер (usta) yordamida.
Запрос tashkil qilish uchun maxsus SQL (Structured Query Language) tili mavjud, ammo bu tilda ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham Access da maxsus «Namunaviy so’rov blanki» tashkil qilingan. Bunda Запрос elementlarini darchalararo tashish orqali amalga
oshirish mumkin. MB ga Запрос bilan kirish «Создать» tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новый запрос» deb ataladi. Unda «Конструктор» holatida ish yuritiladi. Shunda MB tuzilmasidan kerakli jadval va uning maydonlari Запрос
bo’yicha tanlanadi. Jadval tanlash «Добавление таблиц» (Jadval qo’shish) muloqat darchasida sodir bo’ladi. Bunda MBdagi barcha jadvallar ro’yhati bor. Ajratilgan jadvallar blankning yuqori qismiga Добавить (Qo’shish) tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
- jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash so’rovi,
- yozuvlarni kiritish so’rovi,
- yozuvlarni yo’qotish so’rovi.
Buning uchun Запрос tavsiyanomasidagi Создать buyrug’i bilan Конструктор tartibida ish yuritiladi. Forma tashkil qilish Ma’lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bo’lgan elektron blank forma deb
ataladi. Forma tashkil qilish MB darchasining Форма bo’limida Создать tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif
qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi forma tuzish.
Мастер форм - tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.
Автоформа: В столбец (ustun ko’rinishida) – maydonlarni avtomatik ravishda bitta
ustunga joylashtirilgan holda formalar tuzish.
Автоформа: ленточная (lentasimon)– maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon
joylashtirilgan holda formalar tuzish.
Автоформа: табличная (jadvalli)– maydonlarni avtomatik ravishda jadvallar
ko’rinishida tuzish.
Диаграмма – diagrammalar ko’rinishida formalar tuzish.
Jamlovchi jadval - Excel jadvallari bilan solishtirish usulidan foydalanib formalar tuzish.
Formalarni tuzish uchun uni tashkil qiladigan usullardan biri tanlab olingach, muloqot darchasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki so’rov nomi ko’rsatiladi. Ma’lumki, forma asosan boshqarish elementlaridan iborat bo’lib, uning tashqi ko’rinishi shu boshqarish elementlarini rejali joylashtirishga bog’liq. Shuning uchun ham formani avtomatik ravishda tashkil qilish (avtoforma yordamida) maqsadga muvofiq. Avtoforma–MB darchasida «Создать» tugmasini bosish bilan «Новая форма» muloqot darchasi ochiladi. Unda kerakli so’rov yoki jadvalni tanlab «sichqoncha» chap tugmasini Автоформа turlaridan biri (lentali, jadvalli yoki ustunli) ustida 2 marta bosiladi.
Master yordamida forma tashkil qilish esa 4 bosqichdan iborat:
a) formaga kiritish mumkin bo’lgan maydonlarni tanlash,
b) formaning tashqi ko’rinishini tanlash,
c) formaning fon tasvirini tanlash,
d) forma nomini berish.
Microsoft Access 9x boshqarish panelining Вид tugmasini bosish natijasida forma tuzilmasi bilan panel elementlari (formani boshqarish jarayonini tashkil qiladigan asboblari bilan jihozlangan) ochiladi. Shuni nazarda tutib Форма tuzilmasi haqida to’liqroq ma’lumot quyida keltirilgan.
Forma tuzilmasi
Forma tuzilmasi 3 qismdan iborat:
-forma sarlavhasi,
-ma’lumotlar beriladigan joy,
-eslatmalar satri.
Boshqarish elementlari asosan ma’lumotlar beriladigan joyda ifodalangan bo’ladi. Boshqarish elementlari tagida tasvirning foni joylashib, u formaning ishchi maydonini ifodalaydi. «Sichqoncha» ni surish bilan bu o’lcham o’zgartiriladi. Shuni eslatish lozimki, ba’zan maydon nomi bilan ma’lumotlar joylashadigan oraliqqa надпись (yozuv) kiritish mumkin. Yozuvlar tashkil qilish Elementlar panelida maxsus boshqaruv elementi mavjud bo’lib, unga va formaga bosib matnlar ramkasini hosil qilamiz. Matn kiritilganda uni formatlashning hojati yo’q. Matn kiritilgach, Enter tugmasi bosiladi. Boshqarish elementini formatlashda avval uni ajratish (выделить) lozim, so’ngra Выбор объекта (obyektni tanlash) asbobidan foydalanamiz. Boshqarish elementini ajratganda uning atrofida 8 markerli ramka hosil bo’ladi. Chegaralarini siljitish bilan ramkani siqish va cho’zish mumkin bo’ladi. Ramkaning chapdagi yuqori markerialohida ahamiyatga molik. Unga ko’rsatkichni to’g’rilaganda «sichqoncha» ko’rsatkichi xuddi bosh barmoq ko’rinishiga o’xshab ketadi. Obyekt ajratilgach, shrift parametrlarini o’zgartirish mumkin. Buni formatlash paneli piktogrammalari orqali amalga oshirish lozim. Bordiyu, «sichqoncha» o’ng tugmachasi bosilsa, u holda kontekst tavsiyanoma buyruqlari orqali ish bajariladi. Bog’langan maydonlarni tashkil qilish va tahrirlash Jadval maydonlari mazmunini aks ettiruvchi boshqarish elementlari esa elementlar panelidagi Maydon elementi orqali amalga oshiriladi. Boshqarishning bunday elementlarini bog’langan maydon deb ataladi. Ushbu bog’langan maydonni tashkil qilish uchun elementlar panelida Maydon elementi mavjud. Bog’langan maydonni tashkil qilish jarayonida boshqarishning yana bir elementi – bog’langan yozuv paydo bo’ladi. Bog’langan maydonni bog’langan yozuvdan ajratish uchun chap tomon tepasida turgan barmoq ko’rsatkichi markerni ishga solinadi.
Отчет (hisobot)lar tashkil qilish
Hisobot–bu natijalar aks etgan qog’ozli hujjat demakdir. MB muloqot darchasida Отчет ni tanlab Создать tugmasiga bossak, Новый отчет (yangi hisobot) degan muloqot darchasi paydo bo’ladi. Ekranda hosil bo’lgan muloqot darchasida yangi hisobot tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор – mustaqil ravishda yangi hisobot tuzish.
Мастер отчетов (hisobotlar ustasi) – tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda yangi hisobotlar tuzish.
Автоотчет (avto hisobot)- в столбец (ustun ko’rinishida)– maydonlarni avtomatik ravishda bitta ustunga joylashtirgan holda hisobot tuzish.
Автоотчет: lentasimon ko’rinishda – maydonlarni avtomatik ravishda lentasimon joylashtirilgan holda hisobotlar tuzish.
Мастер диаграмм (diagrammalar ustasi)– diagrammalar asosida hisobotlar tuzish.
Почтовые наклейки (pochta yorliqlari)–pochta markalarini nashr qilish uchun formatlangan hisobotlar tuzish.
Hisobotlarni tuzish uchun ham xuddi formalar tuzishdagi kabi hisobotlarni tuzish usullaridan biri tanlangach, muloqot darchasining pastki qismida hisobot tuziluvchi jadval yoki so’rov nomi ko’rsatiladi.
Hisobot tuzilmasi Xuddi forma kabi hisobot ham boshqarish elementlariga ega qismlardan tashkil topgan, ammo bunda qismlar ko’p-u, boshqarish elementlari formanikidan kamroq. Hisobot tuzilmasi
asosan 5 qismdan iborat bo’ladi (15-rasm.):
 hisobot sarlavhasi,
 yuqori kolontitul,
 ma’lumotlar joylashgan joy,
 quyi kolontitul,
 hisobot eslatmasi.
Odatda, hisobot tuzilmasi bilan tanishish uchun avtomatik ravishda hisobot tashkil qilib uni «конструктор» tartibida ochish qulay. Bunda hisobot sarlavhasi umumiy sarlavhani chop etishni ta’minlaydi, yuqori kolontitul qismlari esa sarlavhaga tegishli kichik-kichik sarlavhachalarni ifodalaydi. Ma’lumotlar maydonida esa boshqaruv elementlari joylashtirilib, ular asosan ma’lumotlar bazasi maydonlari mazmunini bildiradi. Quyi kolontitul qismida xuddi yuqori kolontitul kabi boshqarish elementlariga ega, Now funksiyasi bilan vaqtni va Page() funksiyasi bilan hisobot varaqlari belgilanadi. Hisobot eslatmasida esa yordamchi axborotlar kiritiladi Tuzilgan jadval, so’rov, forma va hisobotlarni foydalanuvchiga kerakli holatda printerga chiqarish mumkin. Buning uchun kerakli obyektni tanlab olish, so’ngra asosiy tavsiyanomaning fayl punktidan «Печать» buyrug’iga kirish lozim.
Nazorat savollari:
1. Microsoft Access dasturida MB qanday tuzilishga ega?
2. MS Access da maydonlarning qanday turlari mavjud?
3. MS Accessning ish darchasini ta’riflang?
4. MS Accessda qanday usullar bilan obyektlar tuzish mumkin?
5. MS Accessda MB tarkibini o’zgartirish qanday amalga oshirish mumkin?
6. MB da "So’rov" tashkil qilishning usullari ?
7. MB ini saralashni bajarish.
8. «Forma» qanday vazifani o’taydi va u qanday tuzilmaga ega?
9. «Forma» ni MBsiga ma’lumotlar kiritish va chiqarish uchun ham ishlatsa bo’ladimi?
10. MBBT da hisobotlar qanday tuziladi?



Download 4.55 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Download 4.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MS Access dasturida so’rovlar hosil qilish

Download 4.55 Mb.