• Turli xil Ethernet standartlari ortasidagi farq. Ethernet tarmog‘i
  • Tarmoqqa kirish  darajasi  (Network Access  Layer)




    Download 2,6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/29
    Sana08.02.2024
    Hajmi2,6 Mb.
    #153076
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
    Bog'liq
    Kompyuter tizimlari uslubiy 2022

     
    Tarmoqqa kirish 
    darajasi 
    (Network Access 
    Layer)
     
     
    Ethernet, IEEE 802.11 WLAN, SLIP, Token Ring, ATM va MPLS, jismoniy 
    vositalar va ma'lumotlarni kodlash tamoyillari, T1, E1


    O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot 
    uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har 
    bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet 
    tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham 
    foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir- 
    biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. 
    Turli xil Ethernet standartlari o'rtasidagi farq. 
    Ethernet tarmog‘i 
    Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‘lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq 
    texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir nechagina xolos. 
    Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashlariga va yuqori darajada ularni ish faoliyatini 
    tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima sabab bo‘ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini 
    ko‘p ishlab chiqarilishi va ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini 
    ta’minladi. Dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan qurilma 
    va vositalarga mo‘ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning uchun standart tarmoqni 
    tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni bir-biri bilan mos tushishiga to‘liq kafolat va 
    ishonchga ega bo‘ladi. 
    Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi kuchaymoqda. 
    Sabablaridan bittasi shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot uzatish tezligini 100 va hatto 
    1000 Mbit/s ga yetkazish uchun eng yangi texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‘p mablag‘ talab 
    qiladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni faqat katta 
    firmalar amalga oshira oladilar va ular o‘zi ishlab chiqaradigan standart tarmoqlarni qo‘llab- 
    quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‘pchilik foydalanuvchilarda qaysidir tarmoqlar o‘rnatilgan va bu 
    qurilmalarni birdaniga, batamom boshqa tarmoq qurilmalariga almashtirishni xohlamaydilar. 
    Shuning uchun yaqin kelajakda butkul yangi standartlar qabul qilinishi kutilmaydi, albatta. 
    Bozorda standart lokal tarmoqlarning turli topologiyali, turli ko‘rsatkichlilari juda ko‘p, 
    foydalanuvchiga tanlash imkoniyati keng miqyosda mavjud. Lekin u yoki bu tarmoqni tanlash 
    muammosi baribir qolgan. Dasturiy vositalarni o‘zgartirishga qaraganda (ularni almashtirish juda 
    oson) tanlangan qurilmalar ko‘p yil xizmat qilishi kerak, chunki ularni almashtirish nafaqat ko‘p 
    mablag‘ talab qilishdan tashqari, kabellar yotqizilish va kompyuterlarni o‘zgartirish, natijada butun 
    tarmoq tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shuning uchun tarmoq qurilmasini tanlashda 
    yo‘l qo‘yilgan xatolik, dasturiy ta’minotni tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolikka nisbatan ancha 
    qimmatga tushadi. 
    Standart tarmoqlar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan tarmoq bu Ethernet tarmog‘idir. U birinchi 
    bo‘lib 1972-yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi 
    ancha muvaffaqiyatli bo‘lganligi uchun 1980-yili uni katta firmalardan DEC va Intel qo‘lladilar 
    (Ethernet tarmog‘ini birgalikda qo‘llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila 
    boshlandi). Bu uchta firmaning harakati va qo‘llashi natijasida 1985-yili Ethernet xalqaro standarti 
    bo‘lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladilar: 802 IEEE 
    qo‘mitasi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) va ECMA (European Computer 
    Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi (inglizcha«eight oh two dot 
    three»). 


    IEEE 802.03 standartining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: topologyasi – shina; uzatish 
    muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10 Mbit/s; maksimal uzunligi – 5 km; abonentlarning 
    maksimal soni – 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi – 500 m; tarmoqning bir qismidagi 
    maksimal abonentlar soni – 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‘lish usuli –CSMA/CD, uzatish – 
    modulyatsiyasiz (monokanal). 
    Jiddiyroq qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida 
    odatda eslanmaydi. 
    Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo‘q albatta va yaqin kelajakda ham 
    shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma 
    ko‘rsatkichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi uchun 
    dunyodagi juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara 
    boshladilar. Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta.Dastlabki 
    Ethernet tarmoqlarida 50 Om li ikki turdagi (yo‘g‘on va ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi. 
    Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan) Ethernet tarmog‘ining aloqa kanali uchun o‘ralgan 
    juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, optik tolali kabellar 
    ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. 1995-yili 
    Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100 Mbit/s 
    tezlikdaishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03u standarti),aloqa muhitida o‘ralgan 
    juftlik yoki optik tola ishlatiladi.1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila 
    boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03z standarti). 
    Standart bo‘yicha «shina» topologiyasidan tashqari «passiv yulduz» va «passiv daraxt» 
    topologiyali tarmoqlar ham qo‘llaniladi. Bu turdagi tarmoqning turli qismlarini o‘zaro ulash 
    uchun repiter va passiv kontsentratorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (1–rasm). 
    Tarmoqning bir qismi (segment) bo‘lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo‘lishi mumkin. 
    Koaksial kabellar shina segmentlariga ishlatiladi, to‘qilgan juftlik va optik tolali kabellar esa passiv 
    yulduz nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun). Asosiysi hosil 
    qilingan topologiyada yopiq yo‘llar (petlya) bo‘lmasligi kerak. Natijada jismoniy shina hosil 
    bo‘ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib yana shu joyga qaytib kelmaydi 
    (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km ga yetishi 
    mumkin, lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi. 
    Fast Ethernet tarmog‘ida jismoniy «shina» topologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan, 
    faqat «passiv yulduz» yoki «passiv daraxt» topologiyasi ishlatiladi.Shuningdek, Fast Ethernet 
    tarmog‘ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar va chegara qo‘yilgan. Paket formatini saqlab qolib, 
    tarmoq tezligini 10 baravar oshirilganligi tufayli tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar 
    kamayadi (Ethernetdagi 51,2 mks o‘rniga 5,12 mks). Signalni tarmoqdan o‘tishining ikki hissalik 
    vaqt kattaligi esa 10 marotaba kamayadi. 
    Ethernet tarmog‘idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester II ishlatiladi.Bu holda 
    signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega, ya’ni signalni doimiy tashkil 
    qiluvchi qiymati nolga teng bo’lmaydi. Galvanik ajratish adapter, repiter va kontsentrator 
    qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa 
    qurilmalardan 
    galvanik 
    ajralishi 
    transformator 
    orqali 
    va 
    alohidaelektr manbayi yordamida amalga oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‘g‘ri ulangan. 
    Ethernet tarmog‘iga axborot uzatish uchun abonentlarga to‘liq tenglik huquqini beruvchi 
    CSMA/CD tasodifiy usul yordamida amalga oshiriladi. 


    Ethernet paketi quyidagi maydonlarni o‘z ichiga olgan: 
    8 bitni priambula tashkil qiladi, ulardan birinchi yettitasini 1010101 kodi tashkil qiladi, oxirgi 
    sakkizinchisini 10101011 kodi tashkil qiladi. IEEE 802.03 standartida bu oxirgi bayt kadr 
    boshlanish belgisi deb yurutiladi (SFD – Start of Frame Delimiter) va paketni alohida maydonini 
    tashkil qiladi. 
    Qabul qiluvchi manzili va jo‘natuvchi manzili 6 baytdan tashkil topgan bo‘lib standart ko‘rinishda 
    bo‘ladi. Bu manzil maydonlari abonent qurilmasi tomonidan ishlov beriladi. 
    Boshqarish maydonida (L/T-Length/Type) axborot maydonining uzunligi haqidagi 
    ma’lumot joylashtiriladi. U yana foydalanayotgan protokol turini belgilashi mumkin. Agarda bu 
    maydon qiymati 1500 dan kam bo‘lsa u holda axborotlar maydonining uzunligini ko‘rsatadi. 
    Agarda 1500 dan katta bo‘lsa u holda kadr turini ko‘rsatadi. Boshqarish 
    maydoni dasturtomonidan ishlov beriladi. 
    Axborotlar maydoniga 46 baytdan 1500 baytgacha axborot kirishi mumkin. Agarda paketda 
    46 baytdan kam axborot bo‘lsa, axborotlar maydonining qolgan qismini to‘ldiruvchi baytlar 
    egallaydi. IEEE 802.3 standartiga ko‘ra paket tarkibida maxsus to‘ldiruvchi maydon ajratilgan (pad 
    data), agarda axborot 46 baytdan uzun bo‘lsa to‘ldiruvchi maydon 0 uzunlikka ega bo‘ladi. Nazorat 
    bitlar yig‘indisining maydoni (FCS – Frame Chech Segvence) paketning 32 razryadli davriy 
    nazorat yigindisidan iborat (CRC) va u paketning to‘g‘ri uzatilganligini aniqlash uchun ishlatiladi. 
    Shunday qilib, kadrning minimal uzunligi 64 baytni (512 bit) tashkil qiladi (priambulasiz paket). 
    Aynan shu kattalik tarmoqdan signal tarqalishini ikki hissa ushlanish maksimal qiymatini 512 bit 
    oralig‘ida aniqlab beradi (Ethernet uchun 51,2 mks, Fast Ethernet uchun 5,12 mks). 
    Turli tarmoq qurilmalaridan paketning o‘tishi natijasida priambula kamayishi mumkinligini 
    standart nazarda tutadi va shuning uchun uni hisobga olinmaydi. Kadrning maksimal uzunligi 1518 
    bayt (12144 bit, ya’ni 1214,4 mks Ethernet uchun, Fast Ethernet uchun esa 121,44 mks). Bu kattalik 
    muhim bo‘lib, uni tarmoq qurilmalarining bufer xotira qurilmalarining sig‘imini hisoblash uchun 
    va tarmoqning umumiy yuklamasini baholashda foydalaniladi. 
    10 Mbit/s tezlikda ishlovchi Ethernet tarmog‘i uchun standart to‘rtta axborot uzatish muhitini 
    aniqlab bergan: 
    10 BASE 5 (qalin koaksial kabel); 
    10 BASE 2 (ingichka koaksial kabel); 
    10 BASE-T (o‘ralgan juftlik); 
    10 BASE-FL (optik tolali kabel); 
    Uzatish muhitini rusumlash 3 elementdan tashkil topgan bo‘lib: «10» raqami, 10 Mbit/s uzatish 
    tezligini bildiradi, BASE so‘zi yuqori chastotali signalni modulyatsiya qilmasdan uzatishni 
    bildiradi, oxirgi element tarmoq qismini (segmentini) ruxsat etilgan uzunligini anglatadi: «5» — 
    500 metrni, «2» — 200 metrni (aniqrogi, 185 metrni) yoki aloqa yo‘lining turini: «T» – o‘ralgan 
    juftlik (twisted pair, витаяпара), «F» – optik tolali kabel (fiber optic, оптоволоконныйкабель). 
    Xuddi shuningdek 100 Mbit/s tezlik bilan ishlovchi Fast Ethernet uchun ham standart uch 
    turdagi uzatish muhitini belgilab bergan: 
    100 BASE – T4 (to‘rttali o‘ralgan juftlik); 
    100 BASE – Tx (ikkitali o‘ralgan juftlik); 


    100 BASE – Fx (optik tolali kabel). 
    Bu yerda «100» soni uzatish tezligini bildiradi (100 Mbit/s), «T» — harfi o‘ralgan juftlik 
    ekanini ko‘rsatadi, «F» — harfi optik tolali kabel ekanini anglatadi. 100BASE-Tx va 100BASE- 
    Fx rusumidagi kabellarni birlashtirib 100BASE-X nom bilan yuritiladi, 100BASE-TX larni esa 
    100BASE-T debbelgilanadi. 
    Bu yerda biz aytib o‘tishimiz kerakki, Ethernet tarmog‘i optimal algoritmi bilan ham, yuqori 
    ko‘rsatkichlari bilan ham boshqa standart tarmoq ko‘rsatkichlaridan ajralib turmaydi. Lekin yuqori 
    standartlashtirilganlik darajasi bilan, texnik vositalarini juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi 
    bilan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan kuchli qo‘llanishi sharofati tufayli boshqa standart 
    tarmoqlardan Ethernet tarmog‘i keskin ajralib turadi va shuning uchun ham har qanday boshqa 
    tarmoq texnologiyasini aynan Ethernet tarmog‘i bilan solishtiriladi. 

    Download 2,6 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




    Download 2,6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoqqa kirish  darajasi  (Network Access  Layer)

    Download 2,6 Mb.
    Pdf ko'rish