Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari




Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/29
Sana08.02.2024
Hajmi2,6 Mb.
#153076
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Kompyuter tizimlari uslubiy 2022

Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari. 
Eng yaxshi yo'nalishni tanlash usuli va o'z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib 
turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin. 
Ma'qul yo'nalish tanlashning yuqorida aytib o'tilgan misolida, boshlanish tugunidan to oxirgi 
tugungacha bo'lgan marshrutizatorlarning butun ketma– ketligiemas, faqat keyingi(yaqindagi) 
marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema 
bo'yicha bajariladi, xar bir marshrutizator yo'nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, 
butun yo'nalish esa, ushbu paket o'tgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib chiqadi. 
Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi. Bunga qarama– qarshiko'p qadamli 
yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi. 
Bunga muvofiq, tugun – manbaa tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali o'tadigan xamma 
oraliq marshrutizatorlari haqida to'la yo'nalish berilgan. Ko'p qadamli marshrutlash ishlatilganda 
marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning o'tishini 
tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to'ldiriladi, lekin bunda oxirgi tugunlarga katta 
yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli 
marshrutlashga nisbatan juda kam qo'llaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik bir 
qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruxsat beriladi. 


Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga bo'linadi: 
- fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi; 
- oddiy marshrutlash algoritmi; 
- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi 
Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik 
hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining o'zi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu manzilli paketlarni 
uzatish kerakligini hal etadi va utilit (route OC Unix yoki Windows NT)lar yordamida marshrutlash 
jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil etiladi.Keyinchalik 
uning ichidagisi qo'l bilan tuzatilmaganiga u o'zgartirilmasdan ishlatiladi.Bunday tuzatmalar 
masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa 
marshrutizator bajargan holda kerak bo'ladi. 
Ikki xil yo'nalish jadvali bor. Birinchisi, bir yo'nalishli jadval, unda har bir manzil egasi 
uchun bitta yo'l, ikkinchisi, ko'p yo'nalishli jadval, bunda har bir manzil egasi uchun bir nechta 
alternativ yo'llar belgilangan.Ko'p yo'nalishli jadvalda yo'nalishlarning bittasini tanlash huquqi 
berilgan.Ko'pincha bu yo'l asosiy xisoblanadi, qolganlari esa rezerv.Tushunarliki, 
fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qo'l usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat 
oddiy topologiyali kichikroqtarmoqlarda qo'llash mumkin.Lekin ushbu algoritm katta tarmoq 
magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o'zi, magistralga 
ulangan tarmoq osti kelayotgan paketlarning eng yaxshi yo'llari bo'lgan oddiy tuzilishga ega 
bo'lishi mumkin. 
Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman ishlatilmaydi, yoki marshrutlash 
protokollarisiz ko'riladi.Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud. 
- tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yo'nalishidan tashqari, tasodifiy uchragan 
bitta yo'nalishga yuboriladi; 
- ko'chki marshrutlash, bunda paket keng ogohlantirilgan holda, dastlab yo'nalishdan 
tashqari, hamma imkonli yo'nalishlar bo'yicha yuboriladi. 
- oldingi tajriba bo'yicha marshrutlash, bunda yo'nalishni tanlash jadval bo'yicha bajariladi, 
lekin jadval kiruvchi portlarda paydo bo'luvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish 
yordamida, ko'prik negizida quriladi. 
Eng ko'p tarqalgani, adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi xisoblanadi.Bu 
algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o'zgargandan so'ng marshrutlash jadvalining avtomatik 
yangilanishini 
ta'minlaydi.Adaptiv 
algoritmlar 
asosida 
qurilgan 
protokollar 
hamma 
marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o'zgarishlarini operativ ko'rib chiqib, 
tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig‘ishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda 
marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yo'nalish qancha amaliy bo'lib qolish vaqti oralig‘i to'g‘risida 
axborot bor. Bu vaqt yo'nalish hayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi. Adaptiv algoritmlar 
odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig‘ib, umumiylashtiruvchi 
qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yo'qligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma marshrutizatorlar 
orasida taqsimlangan. 

Download 2,6 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari

Download 2,6 Mb.
Pdf ko'rish