5-tajriba ishi
Mavzu: Modemlarni tuzilish va ishlash prinsiplarini o’rganish
Ishdan maqsad: Modemlar ishlash prinsiplarni o’rganish va
ADSL modemni o’rnatish
va uni sozlashni o’rganish.
Nazariy qism
ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line — assimmetrik raqamli abonent liniyasi) —
mavjud kanal o'tkazish qobiliyati chiquvchi va kiruvchi trafik o'rtasida
assimetrik ravishda
taqsimlanadigan modem texnologiyasi. Ko’pchilik foydalanuvchilarda kiruvchi trafik hajmi
chiquvchinikiga
qaraganda ancha yuqori, demak chiquvchi trafik tezligi ancha past. Bir rangli
tarmoqlar va video aloqa tarmoqlarining keng tarqalishi bunday
cheklovdan foydalanishning
ko’payishiga olib keldi.
ADSL texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlarni uzatish oddiy analog telefon liniyalari orqali
abonent qurilmasi – ADSL modem va foydalanuvchining telefon liniyasi ulangan ATS da joylashgan
kirish multipleksori (ing. DSL Access Multiplexer, DSLAM) yordamida amalga oshiriladi, DSLAM
esa ATS ning o’zaiga ulanadi.
Natijada, ular orasida telefon tarmog’iga xos cheklovrasiz kanal
paydo bo’ladi. DSLAM ko’p sonli DSL abonentlari liniyalarini yagona yuqori tezlikka ega bo’lgan
magistral tarmoqqa multiplekslaydi.
Shuningdek ular ATM tarmoqlariga PVC (doimiy
virtual kanal, ing.
Permanent Virtual Circuit) kanallari orqali ulanishlari ham mumkin.
Eslatib o’tish joizki, dail-up-modemlaridan farqli ravishda, ikkita
ADSL- modem bir biri bilan
bog’lana olmaydi.
ADSL standartlari
Standart nomi
Umumiy
nomlanishi
Kiruvchi oqim
tezligi, Mbit/s
Chiquvchi oqim