paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoqmanzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan
birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari
esa kanal darajasi
protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun mo'ljallangan. Marshrutlash
protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari
paketlari yo'nalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi
hattoki transport darajasi
paketlarining ma'lumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish
nuqtai nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada
deb qaralishi kerak.
Marshrutizatorlar paketlarning borishi to'g‘risida qaror qilishi
uchun manzil jadvallariga
murojaat qilishida, ularning ko'priklar va kommutatorlar bilan o'xshashligini ko'rish mumkin.
Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining tabiati juda farqqiladi. MACmanzillar o'rniga
marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoqraqami ko'rsatiladi. Marshrutlash
jadvalining ko'priklar manzil jadvalidan boshqa farqi bo'lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Ko'prik
jadvalini qurish paytida, u orqali o'tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga yuborayotgan
axborot kadrlarini
passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar o'z tashabbuskorligi bilan maxsus
xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi tarmoqlar,
marshrutizatorlar va ushbu
tarmoqlarning marshrutizatorlar bilan aloqasi to'g‘risida qo'shnilariga xabar beradi. Odatda,
aloqaning nafaqat topologiyasi hamda o'tkazish qobiliyati va xolati hisobga olinadi. Bu
marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining o'zgarishlariga tezroqmoslashishga hamda, o'z
holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni to'g‘ri uzatishga imkon beradi.
Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tavsilotli tarmoq
aloqalarining xaritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir raqami uchun
yo'nalish maqul bo'lishi
maqsadida, ushbu tarmoqqa yo'naltirilayotgan paketlar keyingi
marshrutizatorning qaysi biriga uzatilishi to'g‘risida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari
marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o'zgarganda jadvaldagi ayrim yozuvlar
bekor qilingan bo'lib qoladi. Bunday hollarda xatto yo'nalish bo'yicha yuborilgan paketlar yo'lda
to'xtab qolishi yoki yo'qolishi mumkin.
Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real holatiga moslashtira
olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bog‘liq bo'ladi.