Namangan muxandislik-texnologiya instituti




Download 13,19 Mb.
bet43/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Intruziya - rejimida suyuqlanma asta-sekin qolipga aylanib turgan shnek orqali uzatiladi va qolipni 70-80% to’ldirilgunga qadar shnek aylanma harakatda bo’lib turadi; qolgan qismi esa shnekni oldinga qarab harakati natijasida qolipga purkash yo’li bilan uzatiladi.
Injektsiya - rejimida esa shnekni aylanishi faqatgina material dozasini yigilish va uni plastikatsiya qilishi mashinaning injektsiya tsilindrda o’tkaziladi. Suyuqlanmani qolipga uzatish shnekni oldinga qarab harakatga kelishi hisobiga amalga oshiriladi.
Intruziya rejimi yirik gabaritli va qalin devorli buyumlar olishda qo’llaniladi. Injektsiya rejimi intruziyaga nisbatan keng tarqalgan usuldir.
Bosim ostida quyish usuli uchun asosan termoplastlar granula holatida bo’ladi, uning PTR ko’rsatkichi 2-30 g/10 min gacha ishlatiladi.
Kam oquvchan (2-7 g/10 min) bo’lgan polimerlardan buyum olish mumkin, lekin bu ko’rsatkichga ega bo’lgan termoplastlarga yuqori harorat berish lozimligini talab qilinadi, bunda termik destruktsiya yuz berishi mumkin. Bosim ostida quyish jarayoni davriy (tsiklik) bosqichlardan iborat: xom ashyoni quyish mashinasi plastikatsion tsilindriga yuklash va suyuqlanmani tayyorlash (plastikatsiya); qolipni jipslashishi va uni suyuqlanma bilan to’ldirish; qolipni bosim ostida ushlab turish; bosimsiz ushlab turish; qolipni ochilishi va buyumni olinishi.
Xom ashyoni quyish - quyish mashinasi ustiga o’rnatilgan bunker orqali amalga oshiriladi. Plastifikatsion tsilindrda materialni isitish orqali oquvchan holatga o’tkaziladi; uni zichlashtiriladi va gomogenlashtiriladi. Gomogenezatsiya deb massani bir tekisda aralashtirishga aytiladi, uning oqibatida harorat bir tekis massa bo’ylab taqsimlanadi va bu zichlikning, qovushqoqlikning bir tekis bo’lishiga olib keladi. Plastifikatsiya sharoitini shunday tanlash kerakki u sezilarli polimerni parchalanishiga olib kelmasin.
Texnologik jarayon uchun isitish ikki manba orqali amalga oshiriladi: tsilindrni tashqaridan moslama orqali isitish va ishqalanish kuchini (tsilindr ichida materialni deformatsiyalanishi tufayli) issiqlikka o’tishi orqali. Suyuqlanmaning harorati shu suyuqlanmaning qovushqoqligini tahminlab bersinki, u qolipni to’ldirishi bilan polimerni destruktsiyaga uchramasligi kerak. Odatda suyuqlanmani kerakli qovushqoqlik harorati amorf polimer uchun shishalanish haroratidan 100-1500S yuqori bo’ladi. Kristall polimer uchun yumshatilish harorati bir qancha yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lganda erishiladi. Maksimum harorat polimer destruktsiyasi haroratidan 30-400S kam bo’lishi tavsiya etiladi.
Mahlumki, haroratni oshishi bilan suyuqlanmani issiqlik turg’unligi kamayadi, demak plastifikatsion tsilindrlarda mahlum haroratda materialni bo’lish vaqti suyuqlanmani termoturg’unlik vaqtidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Termoplastlarni bosim ostida quyish harorat intervali qiymati quyidagi jadvalda keltirilgan (oC):

Termoplast

Tsh yoki Toq

Issiqlikka turg’unligi

Qayta ishlash tkmperatura intervali (nazariy)

Parchala­nish harorati (kuyish paytida)

Qayta ishlash harorat intervali (amaliyotda)

P.EVP

135

320

135-320

295

220-280

P.S

100

310

100-310

280

170-250

P.VX

85

170

85-170

-

170-190

P.P

175

300

175-300

275

200-300

P.A-6

225

360

225-360

300

230-290

P.ETF

255

380

255-380

300

260-280

SHnek orqali bosim bilan yuborilgan suyuqlanma yopiq soploda mehyorlash zonasida yig’iladi va materialni bosimi ortishi tufayli shnek orqaga qarab ketadi. SHnekning orqaga qaytishi tezligi purkash uzelidagi aks bosim orqali rostlanadi. Aks bosim qancha ko’p bo’lsa, shuncha suyuqlanmani zichligi ko’payadi va uning harorati bir xil bo’ladi. Aks bosimni oshishi bilan mhyorlash zonasida materialning harorati oshishi siljish deformatsiyasi hisobiga bo’ladi. Yana shuni hisobga olish kerakki aks bosimni ko’payishi bilan quyish mashinasining plastikatsion unumdorligi kamayadi; shuningdek vaqt birligi ichida materialni suyuq holatga o’tkazilishi ham kamayadi.


Formani suyuqlanma bilan to’ldirish (purkash) - aniq bir hajmda xom ashyo tayyorlangandan va qolip yopilgandan keyin boshlanadi hosil bo’lgan kuch tahsiri ostida (gidrotsilindrda) purkash tugunchasida (uzelida) sodir bo’ladi.
Purkash tugunchasida hosil bo’lgan kuch tahsiri ostida (gidrotsilindrda) shnek oldinga qarab harakat qiladi va soplo va quyish kanali sistemasi orqali suyuqlanma qolipni ichki yuzasiga uzatiladi, chunki shnekdagi bosim qolipdagi bosimga nisbatan yuqori.
Quyilish sistemasi - bu kanallarning majmuasi, bu polimer suyuqlanmasi forma uyasiga tushadigan moslama.
Quyish sistemasi ham har xil bo’ladi va asosiy forma-qolip elementlaridan biri hisoblanadi. Quyish sistemasi mashina tsilindrini qolip bilan ulab turish vazifasini bajaradi va u orqali qolipni to’ldirish amalga oshiriladi.



Purkash jarayonida qolipga borayotgan suyuqlanma harorati (Tsuyuk) soplo haroratiga nisbatan (Tsoplo) yuqori, bunga sabab qovushqoq oqim energiyasi tarqalishi (dissipatsiya). Ortikcha qizish darajasi soplo va quyish kanallari sistemasidagi bosim tafovuti (Rsoplo, Rl) yig’indisiga to’g’ri proportsional va issiqlik sig’imiga (Sr) va suyuqlanma zichligiga (Rr) teskari proportsional.


SHakllanish ichki bo’shlig’ida bosimning pasayishi suyuqlanma berilgan joydan uzoqlashishi bilan bog’liq.
Buyum quyish jarayonida bosimning o’zgarishi rasmda keltirilgan.



SHakli ichida termoplast suyuqlanmani harakati bilan bir paytda qolip devori orqali sovitish boshlanadi, chunki suyuqlanma temperaturasi qolip haroratiga nisbatan yuqori. Buning natijasida qolip devori atrofidan aniq bir qalinlikda (suyuqlanma) kanal hosil bo’ladi. Uning qalinligi tobora oshib boradi. Litnikka yaqin joyda forma devoriga yopishgan polimer qalinligi o’zgarmaydi desak bo’ladi, bunga sabab qolipga kirayotgan suyuqlanma harorati yuqori.
Suyuqlanma oqish yo’lida to’sqinliklar bo’lsa (qolipga quyilgan metallar, znaklar, chikiklar), unda oqim ayrim oqimlarga bo’linadi va bu oqimlar birlashganda tutash choklar (shvq) hosil bo’ladi. Ularning mustahkamligi monolit buyumdan past bo’ladi.
SHaklni ichki bo’shlig’iga kirayotgan materialning massasi quyish tsiklini boshidan to oxirigacha (bosim ostida ushlab turgunga qadar) litnikdagi polimer qotib bo’lgandan keyin ham o’zgarmaydi.
Fizik-kimyoviy asoslar bosim ostida quyishda ekstruziya usuliga yaqin keladi. Bularda ko’p o’xshashliklar bor, lekin printsipial farqi - shakllanish jarayoni juda tez o’tadi, shuning uchun suyultirma qolipga juda katta tezlik bilan yuboriladi va qolipda makromolekula orientatsiyasi sodir bo’ladi va qo’shimcha harorat paydo bo’ladi. SHuning uchun tayyor buyumning hajmi va zichligi bosim ostida ushlab turish momenti tugallanishiga qarab qolipni ichki bo’shlig’idagi o’rtacha harorat va bosimi bilan aniqlanadi.






O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI


"Kimyoviy texnologiya" kafedrasi




Download 13,19 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muxandislik-texnologiya instituti

Download 13,19 Mb.