• 15–MA’RUZA MAVZU: BOSIM OSTIDA QUYUVCHI MASHINALAR. BOSIM OSTIDA QUYUVCHI MASHINALARNING KLASSIFIKATSIYASI VA ISHLASH PRINSIPI. Reja
  • Termoplastlardan bosim ostida quyish usuli bilan buyum olish texnologiyasi
  • Namangan muxandislik-texnologiya instituti




    Download 13,19 Mb.
    bet42/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    Qaytarish uchun savollar

    1. Ko’p burg'ili ekstruderlar nimadan iborat ?

    2. Ko’p burg'ili ekstruzion mashinalarda, termoplastni qayta ishlash jarayoni qanday yusunda amalga oshiriladi ?

    3. Ekstruzion mashina siliidirini qisimlari ?

    4. Ko’p burg'ili ekstruderlarni ishlatilish maksadiga va maxsulotni turlariga bogliq ravishda burg'ilarni joylashipsh va tuzilishi ?



    15–MA’RUZA
    MAVZU: BOSIM OSTIDA QUYUVCHI MASHINALAR. BOSIM OSTIDA QUYUVCHI MASHINALARNING KLASSIFIKATSIYASI VA ISHLASH PRINSIPI.
    Reja:
    1. Bosim ostida quyuvchi moshinalarning mexanik xossalari.
    2. Bosim ostida quyish usuli bilan olinadigan polimer maxsulotlar.
    3. Bosim ostidfa quyuvchi mashinalarning qisimlar.

    Bosim ostida quyish usulidan asosan termoplastik polimerlardan buyumlar olishda foydalaniladi. Bu usul bilan buyum olishda avvalo polimerni harorat tahsirida qovushqoq-oquvchan holga keltirib uni yopiq quyish qolipiga uzatiladi, so’ngra esa qolipda buyum shakllanadi (qolipni ichki bo’shlig’ini to’ldirish hisobiga) va sovitish tufayli qotadi.


    Bu usul bilan og’irligi bir necha grammdan tortib bir necha qilogrammgacha bo’lgan, devor qalinligi 1-20 mm bo’lgan buyum olish mumkin.
    Bosim ostida quyish usuli maxsus avtomatlashgan shnekli quyish mashinalari orqali amalga oshiriladi. Quyish mashinalariga har xil konstruktsiyaga ega bo’lgan maxsus quyish qoliplari o’rnatiladi.

    Quyish mashinasining tsilindriga (rasmga karang) bunkerdan donachalar holidagi (granula) polimer tushadi. Silindr doim isitib turilganligi uchun polimer avval yumshab, so’ngra qovushqoq-oquvchan suyuqlikka aylanadi. SHneklar yordamida bosim tufayli soplodan (konussimon naycha) o’tib, sovitilib turadigan qolipga keladi. Qolip ichidagi bo’shliqni to’ldirib polimer tezda qotadi va shnek orqaga qaytishi bilan qolip ochilib avtomatik ravishda buyum undan chiqib ketadi. SHundan so’ng bosim ostida quyish tsikli yana qaytadan boshlanadi. Demak, bosim ostida quyish usulini uzlukli jarayon deb hisoblash mumkin. Bu usul unumli va yuqori natija berishi bilan xarakterlanadi, chunki materiallarning qizdirilishi shakldan-qolipdan tashqari bo’ladi, quyilgan mahsulot eng yuqori, aniq o’lchamlarda olinadi.
    Bu usul bilan olingan buyumlar qo’shimcha ishlov berishni talab qilmaydi. Qolipdagi kataklar soniga qarab (bir yoki ko’p uyali qoliplar) bir vaqtning o’zida bir qancha buyum quyilishi mumkin. SHuning uchun ham quyish mashinalari ish unumdorligi juda yuqori bo’ladi.
    Bosim ostida quyish mashinasi (termoplast avtomat deb ham ataladi) asosan ikki kismdan iborat:

    1. plastikatsiya mexanizmi;

    2. shakl berish mexanizmi;




    Birinchi qism materiallarni dozirovkasi uchun ikkinchi qism esa quyilish shaklini barpo qilish uchun xizmat qiladi.
    Quyish mashinasini asosiy klassifikatsiya parametrlariga quvvati yoki hajm yuborilishi kiradi; bitta quyilmaga ketadigan material [sm3] birligida belgilanadi.
    Eng ko’p tarqalgan termoplastlarda mexanizmlar o’qi, material yuborish va qoliplar gorizontal holatda joylashgan.
    Texnologik jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
    - suyuqlanmani harorati (Tr);
    - qolip harorati (Tf);
    - quyish bosimi (Rl);
    - qolipdagi bosim (Rf);
    - buyumni shakllanishida bosim ostida ushlab turish vaqti (Tvo’d), sovitish vaqti (Toxl) yoki termoreaktiv materiallarni qolipda qotish vaqti (Totv);
    Bosim ostida quyish jarayonining analiz qilish uchun quyidagilarni o’rganish lozim:
    - polimerni oquvchan holatga o’tishi  uni mehyorlash zonasiga uzatish  suyuqlanmaning yig’ilishi  suyuqlanmaning "soplo-forma" sistemasida oqishi  suyuqlanmani shakllovchi va shakl bo’shlig’i kanallari orqali oqishi  buyum strukturasining shakllanishi.
    Termoplastlardan bosim ostida quyish usuli bilan buyum olish texnologiyasi
    Termoplast polimerlarni quyish ikki rejimda olib borilishi mumkin: intruziya va injektsiya.

    Download 13,19 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




    Download 13,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muxandislik-texnologiya instituti

    Download 13,19 Mb.