|
«YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR ISHLAB CHIQARISH»
|
bet | 44/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti«YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR ISHLAB CHIQARISH»
fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO’RSATMA
5320400-Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar) ta`lim yo`nalishi talabalari uchun
Namangan – 2023
Mazkur uslubiy ko`rsatma TKTIning № BD-5320400-3.06 bilan 2020 yil 30.10 da ro`yxatga olingan, 2020 yilda OO`MTV tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
|
D.A.Rozikova
|
NamMTI, Kimyoviy texnologiya kafedrasi t.f.PhD assistent
|
Taqrizchi:
|
A.S.Boymirzayev
|
NamMTI “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi k.f.d., prof.
|
Uslubiy ko’rsatma “Kimyoviy texnologiya” kafedrasining 2023 yil, __-avgustdagi __-sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma`qullandi.
Uslubiy ko’rsatma institut o’quv-uslubiy kengashining 2023 yil ___- avgustdagi yig’ilishida ko’rib chiqildi va __-sonli bayonnoma bilan tasdiqlandi. Kirish
Fan, texnika va texnologiya jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish ko’p jihatdan tayyorlanayotgan mutahassislarning sifatiga bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularni Vatanga fidoyilik ruhida tarbiyalash oliy ta’limning asosiy vazifasidir. Yetarli bilim darajasiga va amaliy ko’nikmalqarga ega bo’lgan mutaxassisgina korxonada samarali ishlashi, o’z kasbining mohir ustasi bo’lishi va mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyoti uchun munosib hissa qo’sha olishi mumkin.
Kimyo va Oziq-ovqat sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimida Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish fani alohida o’rin tutadi. Bu fan texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, ularni amalga oshiruvchi jihozlarning ish unumdorligini orttirish, mahsulot sifatini yaxshilash, moddiy va energetik resurslar sarfini kamaytirish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida talabalarda muhandislik ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi
|
Kimyo va Oziq-ovqat sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimida Yuqori molekulali birikmalar ishlab chiqarish fani kimyoviy texnologiya ta’lim yo’nalishi bo’yicha muhandis-texnolog tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Ushbu fanni o’rganish jarayonida talabalar umum muhandislik fanlaridan olgan bilimlarini aniq texnologik mashina yoki qurilmalar bilan bog’liq bo’lgan muhandislik masalalarini hal etish jarayonida qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shu bilan birga, talabalar sanoat korxonalarida ishlatiladigan asosiy texnologik va yordamchi jihozlarning tuzilishi bilan tanishadilar, ularni loyihalash, sintez qilish va ekspluatasiya qilish asoslarini o’rganadilar.
|
| |