|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 40/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiekstruder tsilindrining zonalar bo’yicha harorati;
forma hosil qiluvchi kallakning harorati;
sovutkich vallarning harorati;
suyuqlanmaning kallakdagi bosimi.
Masalan, PE-NP list olishda
zona 1—140oC
zona 2—160oC
zona 3—175oC
zona 4—200oC
Kallak harorati - 210oC
Kallakdagi suyuqlanish bosimi 5-12 MPa.
Ekstruziyalashda haroratni iloji boricha yuqori ushlashga harakat qilinadi,chunki oquvchanlik yaxshilanadi va krisstal strukturalar hosil bo’lishi yo’qotiladi. Lekin yuqori haroratda polimer destruktsiyaga uchrashi mumkin, shuning uchun PE list olishda maksimum harorat 240—250oC dan oshmasligi kerak. Polipropienni qayta ishlashda bu harorat 270—280oC ni tashkil etadi. Polistiroldan list olinaetganda esa harorat 165—175oC bo’ladi.
Sifatli listlar olishda sovutkich vallar yuzasining harorati va sovutkich vallar bilan kallak oralig’i muhim rolg’ o’ynaydi. Yupqa list olish uchun vallar yuzasi 20—25oC bo’lishi kerak. Kallak bilan sovutkich vallar oralig’i listni tiniq bo’lishiga tahsir ko’rsatadi. Agar masofa yaqin bo’lsa, tinikligi oshadi, lekin listning mustahkamligi kamayadi (menimcha orientatsiya yomonlashishi sababli).
Boshqa parametrlardan listning sifatiga tahsir qiluvchi — ekstruziyalash tezligi (bu shnekning aylanish chastotasi bilan belgilanadi), list polotnasining qabul qilib oluvchi vallar va tortuvchi mexanizmlar tezligidir.
Ekstruziyalashning yuqori tezligi list qalinliklarini bir xil bo’lmasligiga va silliqligi (glyantsa) yomonlashishiga olib keladi.
List olish texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Unda asosiy agregat ekstruder, tirkichli kallak, valli agregat, kalandr va boshqalar.
Ekstruziyadan chiqayotgan suyuqlanma aniq o’lchamga ega bo’lgan tirkishdan chiqib, qalinligi bo’yicha kalibrlanib, silliqlik beriladi. Bu vazifani kalandr bajaradi. Keyin sovutilib (asosan havo vositasida), mahlum o’lchamlarga kirqiladi. CHekka kismi maydalanib, qaytadan ishlatiladi.
Texnologik parametrlari plyonka, truba olishdagidek.
Termoplastlardan ekstruziya usuli bilan list ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1 – xom ashyo saqlagich;
2 – tsisterna;
3 – oraliq saqlagich;
4 – metall zarrachalarini aniqlash asbobi;
5 – granulani isitish (quritish) moslamasi;
6 – list olish agregati;
7 – elektryuklovchi;
8 – list saqlovchi moslama;
9 – chiqindini maydalash;
10 – maydalangan chiqindi uchun bunker.
|
| |