|
- Rasm. Propellerli aralashtirgich (a) va uning tashqi ko‘rinishi (b)
|
bet | 67/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyanti5- Rasm. Propellerli aralashtirgich (a) va uning tashqi ko‘rinishi (b)
Uq gorizoptal, vertpkal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintlar ikki yoki uch qanotli bo‘ladi. Qanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi harakat qiladi. Bitta vall o‘qiga bittadan uchtagacha propeller aralashtirgichlar o‘rnatiladi. Propellerni o‘rab olgan suyuklik esa xuddi gayka kabi aralashtirgichning o‘qi yo‘nalishida harakat qiladi. Propellerli aralashtirgichlar muhitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri apparat diametrining 0,25.. .0,3 qismini tashkil qiladi. Aylanishlar soni esa minutiga 150... 1000. Propellerli aralashtirgichlarni xarakatchan va qovushoqligi biroz katta bo‘lgan (6 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatish maqsadga muvofiqdir. Parrakli aralashtirgichlarga qaraganda propellerli aralashtirgichlarning samaradorligi ancha yuqori, biroq ularning ishlashi uchup ko‘proq energiya sarflanadi.
Topshiriq
Aralashtirgichlar ishlash prinsipini tushuntiring.
Aralashtirgich turlari va qo’llanilish soxalari.
Reaktorlar. Aralashtirgichli va aralshtirgichsiz reaktorlar.
Propellerli aralashtirgichlarning yutuq va kamchiliklari.
2-TAJRIBA MASHG`ULOTI
Qorishtiruvchi va valokli jixozlarning ishlash printsipi.
Ishdan maqsad: qorishtiruvchi qurilmalarning ishlash mexanizimini o’rganish va uni amaliyotga tadbiq etish, valokli qurilmalarning ish mexanizimi o’rganish.
Jihozlar: Aralashtirgichlar, turbinali aralashtirgich, valokli qurilmalar.
Ishni bajarish: G'ildirak minutiga 200...2000 tagacha aylanma xarakat qiladi. Turbina g'ildiragining ishlash prinsipi markazdan qochma kuchlarning ta’siriga asoslangan. Suyuqlik aralashtirgichning markaziy teshikchalaridan kirib, u yerda markazdan qochma kuchlar tasirida tezlanish olgan holda g'ildirakdan radial yo‘nalishda chiqib ketadi. G'ildirakda suyuqlik vertikal yo‘nalishdan gorizontal yo‘nalishga o‘tib, undan katta tezlik bilan chiqadi. Bu aralashtirgichlarning samaradorligi juda yuqori. Turbinali aralashtirgichlarning diametri apparat diametrining 0,17. ..0,33 qismini tashkil qiladi. Turbinali aralashtirgichlar qovushqoqligi kam va katta bo‘lgan (1 ...700 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi.
|
| |