|
Rezina buyumlarni armirlash
|
bet | 64/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiRezina buyumlarni armirlash. Rezina detallaming mustahkamligini oshirish uchun ular boshqa puxtaroq (gazlama, simli karkas, metall tolalari) elementlar (armaturalar) bilan kuchaytiriladi. Buning natijasida olinadigan rezina buyumning mustahkamligi rezina tarkibidagi armaturaning mustahkamligiga asosan aniqlanadi. Armirlangan rezina detallarning cho‘zilishdagi elastikligi sof rezinaning elastikligidan sezilarli darajada kam bo‘ladi, ammo ularning egilish va siqilishdagi talab etilgan chegaradagi deformatsiyalanish xususiyatlarini saqlab qoladi.
Avtomobillarda ishlatiladigan armirlangan rezina buyumlar jumlasiga rezina-gazlamali shlanglar, uzatish tasmalari va boshqalar kiradi.
Avtomobil pokrishkalari avtomobillarda ishlatiladigan qimmatbaho va juda katta talablar qo‘yiladigan armirlangan buyum bo‘lib, ularni tayyorlashda maxsus gazlamalar kord, chefer va boshqalardan foydalaniladi.
Karkasning, pokrishkalar bortining shikastlangan joylarini ta’mirlash, karkasning shikastlangan joylarini kuchaytirish uchun rezina qo‘shilgan kord, rezina qo‘shilgan chefer va plastirlar kabi materiallardan (rezina qo‘shilgan korddan tayyorlangan xochsimon yamoqlardan) foydalaniladi. Ta’mirlanadigan pokrishka karkasi tayyorlangan korddan foydalanish tavsiya etiladi. Ayniqsa, kapron tolalardan tayyorlangan korddan foydalangan ma’qul, chunki u mustahkam bo’lgani uchun yamoqning qalinligi va massasini kamaytirish mumkin bo‘ladi, g‘ildiraklarning titrashi kamayadi.
O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
"Kimyoviy texnologiya" kafedrasi
«YUQORI MOLEKULALI BIRIKMALAR ISHLAB CHIQARISH»
fanidan tajriba mashg’ulotlarni bajarish uchun
USLUBIY KO’RSATMA
5320400-Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar) ta`lim yo`nalishi talabalari uchun
Namangan – 2022
Mazkur uslubiy ko`rsatma TKTIning № BD-5320400-3.06 bilan 2020 yil 30.10 da ro`yxatga olingan, 2020 yilda OO`MTV tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlandi.
Tuzuvchilar:
|
D.A.Rozikova
|
NamMTI, Kimyoviy texnologiya kafedrasi t.f.PhD assistent
|
Taqrizchi:
|
A.S.Boymirzayev
|
NamMTI “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi k.f.d., prof.
|
|
| |