• Kauchuk ishlab chiqarish
  • Namangan muxandislik-texnologiya instituti




    Download 13,19 Mb.
    bet61/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    12-AMALIY MASHG`ULOTI
    Elastomer kompozitsiyalar sintez qilish sexini loyixalash
    Ishdan maqsad: Talabalarga elastomer kompozitsiyalar sintez qilish usullarini o`rgatishdan iborat.
    Rezina buyumlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo’ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
    Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo‘lib, zamonaviy yengil avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo‘lgan detallar (yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan bo‘lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezina materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko‘tara oladigan MA3 markali avtomobillarning faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avtomobillarga sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini, shu bilan birga, avtomobilning umumiy tannarxining 10-40 foizini tashkil etadi, bundan ko‘rinadiki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir.
    Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab quyidagilardir:

    • materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori sifatli rezinalar uchun cho‘zilishdagi solishtirma uzayish 1000 foizga yetadi);

    • yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalarning eng yaxshi navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);

    • gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkazmasligi;

    • yuqori dielektrik xususiyatlari.

    Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezinali materiallardan turli tuman rezinotexnik buyumlar: shinalar, bikir shlanglar, amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar, salniklar, muftalar, transport tasmalari ishlab chiqariladi. Kabel, o‘tkazgich, elektromashinalar va jihozlar ishlab chiqarishda rezinalardan elektroizolatsiyasi sifatida foydalanilishini ta’kidlab o‘tish lozim.
    Kauchuk ishlab chiqarish
    Ilgari kauchukli o‘simlik shirasidan olinadigan tabiiy kauchuk (TK) dan foydalanilardi. Rezina ishlab chiqarish ko'payishi bilan kauchuk yetishmay qoldi. Hozirgi paytda rezinalarning anchagina qismi neftni qayta ishlash mahsulotlari hisoblangan turli sintetik kauchuklar (SK) asosida tayyorlanadi. Ammo dastlabki paytda sintetik kauchukdan olingan rezinalaming fizik-mexanik xossalari tabiiy kauchukdan tayyorlangan rezinanikiga qaraganda yomon edi (mustahkamligi, nisbiy cho‘zilishi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi past edi). Lekin neft-kimyo sanoatining yutuqlari tabiiy kauchukdan olingan rezinalardan ishlab chiqarish imkonini beradi.
    Kauchuk yuqori molekular birikma bo'lib, molekula massasi 100-500 mingga teng (raqam molekula vodorod atomidan necha barobar og'ir ekanligini ko'rsatadi). Polimerning katta uzun molekulasi yumaloqlanishga harakat qiladi, lekin bunga molekulalarning o‘zaro ta’sir kuchi qarshilik ko‘rsatadi. Shuning uchun ham kauchuk juda elastik bo'ladi.
    Tabiiy kauchuk (TK) Braziliyada o‘sadigan geveya daraxtining kauchuk tashuvchilari (shirasi) dan olinadi. Iqlim sharoitiga ko'ra mamlakatimizda geveya daraxtini o‘stirish mumkin emas, boshqa tarkibdagi kauchuk tashuvchilari bo'lgan o‘simliklar ishlab chiqarish ahamiyatiga ega emas. Shuning uchun mamlakatimizda rezina sanoatining xomashyosi sifatida sintetik kauchuklardan foydalaniladi. SK ning vatani sobiq Ittifoqdir. 1932- yilda dunyoda birinchi marta S.V.Lebedev uslubiga asosan zavod sharoitida butadiyenli SK sintez qilingan. Bu kauchuk uchta harf bilan markalanadi
    СКБ. СКБ o‘zining sifati bo‘yicha tabiiy kauchukdan anchagina yomon, shuning uchun uni boshqa SK lar siqib chiqarmoqda. O’tgan asrning 60- yillari boshlarida stereoregulatorli butadiyenli kauchuk SKD ishlab chiqarildi. Bu kauchuklar elastikligi bo’yicha TKlardan qolishmaydi, yeyilishga va sovuq ta’siriga chidamliligiga ko’ra TKlardan yaxshiroq.
    Stereoregulatorli SKlardan eng istiqbolligi izoprenli kauchuk СКИ (masalan, CKH-3) dir. Uning formulasi, xossalari TKniki bilan bir xil bo’lganligi uchun o‘rnini uning to’la bosa oladi.
    Avtomobillarning rezinali detallarini tayyorlashda monomerlarni polimerizatsiyalash mahsulotlaridan keng foydalaniladi.
    Istiqbolli universal SKlarga butilkauchuk-izobutilenni-izopren bilan sopolimeri kiradi. Bu material avtomobil kamerlarini ishlab chiqarishdagi eng yaxshi materiallardandir (u yuqori gaz o’tkazmaslik xususiyatiga ega).
    Hozirda 200 turdan ortiq SKlar mavjud. Kauchuklarning asosiy xususiyatlari va ishlatilish sohasi to‘g‘risida ma’lumotlar 4.1.1-jadvalda keltirilgan.

    Download 13,19 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




    Download 13,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namangan muxandislik-texnologiya instituti

    Download 13,19 Mb.