Polikondensatlanishning destruktiv reaksiyalari




Download 13,19 Mb.
bet59/104
Sana17.02.2024
Hajmi13,19 Mb.
#158020
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Bog'liq
JIXOZ majmua oxirgi variyanti

Polikondensatlanishning destruktiv reaksiyalari
Polikondensatlanish reaksiyalarida ajralib chiqayotgan oddiy moddalar ta’sirida destruksiya reaksiyasi sodir bo`ladi. Polikondensatlanishda bo`ladigan destruksiya reaksiyalari V.V.Korshak tomonidan mukammal o`rganildi. Destruksiya reaksiyalarining eng ko`p uchraydigani gidrolizdir. Polimerlarning gidrolizga moyilligi polimer tarkibiga kirgan funksional guruhlar va bog`larning tabiati orqali aniqlanadi. Polimerdagi yon funksional guruhlarning gidrolizi natijasida polimerning kimyoviy tarkibi o`zgaradi. Gidroliz vaqtida asosiy molekulyar zanjir tarkibidagi bog`lar destruksiya jarayoniga uchraydi va polimerning molekulyar massasi kamayib ketadi. Poliasetatlar, murakkab efirlar va poliamidlar oson gidrolizlanadi:

Kislota ta’sirida asidoliz reaksiyasi ketadi:

Spirtlar ta’sirida esa alkogoliz sodir bo`ladi:

Bu reaksiyalar natijasida efir bog`larining va ozot funksional guruhlar sonlarining yig`indisi o`zgarmaydi, lekin poliefirning o`rtacha molekulyar massasi kamayadi.
Poliefirlar olinishida ichkimolekulyar pereeterifikasiyalanish reaksiyalari ham sodir bo`lishi mumkin. Bunda poliefirlarning o`rtacha molekulyar massasi o`zgarmasa ham makromolekulalarning molekulyar massasi bo’yicha taqsimlanishi o’zgaradi:

Poliamidlar olinishida esa pereamidirlanish reaksiyasi borishi mumkin:

→ -- NH – (CH2)6 – NHCO – (CH2)4CONH – (CH2)6 – NH -- +
+ HOOC – (CH2)4 – CO --
Analogik reaksiyalar fenol formaldegid smolalarini sintez qilishda ham, masalan fenol ta’sirida borishi mumkin.
V.V.Korshak poliefirlarning asidoliz va alkogolizi hamda poliamidlarning asidoliz, aminoliz jarayonlarining kinetikasini tekshirib, destruksiya natijasida molekulyar massaning kamayish tezligi, polimerning dastlabki o`rtacha molekulyar massasiga bog`liqligini aniqladi. Bir xil sharoitda molekulyar massasi katta bo’lgan polimer molekulyar massasi kichik bo’lgan polimerga qaraganda tezroq destruksiyaga uchraydi.
Monomerlarning suyuqlantirilgan holatida polikondensatlanish reaksiyasi 200-220 °C da, xatto undan yuqori haroratlarda olib boriladi. Bunda destruksiya jarayonini minimal darajaga keltirish uchun ko’pincha reaksiya inert gaz atmosferasida yoki yuqori vakuumda olib boriladi. Yuqori vakuumdan foydalanilganda reaksiyada ajralib chiqadigan quyimolekulyar moddalarni osonlik bilan yo’qotish va muvozanatni polimer hosil bo`lish tomoniga siljitish imkoniyati vujudga keladi. Bu usulning afzalligi shundaki, erituvchi qatnashmaydi va polimer tez hosil bo’ladi. Biroq kimyoviy jihatdan suyuqlangan polimerlarni yuqori haroratda parchalanishi mumkinligi tufayli bu usuldan foydalanish ancha chegaralangandir. Lekin poliefir va poliamidlarni olishda suyuqlantirilgan holatdagi polikondensatlanish usuli keng qo’llaniladi.
Fazalararo polikondensatlanish ikkita bir-biriga aralashmaydigan suyuqliklar yoki gaz va suyuqlik chegarasida sodir bo`ladi.
Fazalararo polikondensatlanish - geterogen qaytmas jarayon bo`lib, uning tezligi reagentning fazalar oralig`idagi sirtga diffuziyalanishi bilan xarakterlanadi.
Ikkita bir-birida aralashmaydigan suyuqliklar chegarasidagi polikondensatlanish to’laroq o’rganilgan. Boshlang’ich reagentlar polikondensatlanishni olib borish uchun bir-birida aralashmaydigan alohida ikkita suyuqlikda eritiladi. Ular qo`shilganda fazalarga ajralish chegarasida eritmadagi monomer molekulalarining o’zaro uchrashishi natijasida polimer hosil bo’ladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar molekulalari to’laroq uchrashishi uchun, odatda fazalar aralashtiriladi. Fazalar ajralish chegarasida (masalan, poliamid yoki poliuretanlarni) yupqa polimer pardasi hosil bo’ladi, agar bu pardani olib tashlansa, yana yangi parda hosil bo’ladi. Shunday qilib hosil bo’lgan polimerni to’xtovsiz olib turish orqali monomerlarning hammasini polimerga to’la aylantirish mumkin.
Reaksion qobiliyati eng kuchli bo’lgan monomerlar (dikarbon kislotalarning dixlorangidridlari, bisfenollar, diaminlar)dan fazalararo polikondensatlanishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki bunda reagentlarni kontaktlash vaqti ancha qisqaradi. Bundan tashqari, reaksion qobiliyati kuchli monomerlar past haroratda fazalararo polikondensatlanishni amalga oshirishga imkon yaratadi va amaliy jihatdan qo`shimcha reaksiyalar ketmaydi.
Odatda fazalararo polikondensatlanish uy haroratida olib boriladi. Fazalararo polikondensatlanish mexanizmi yaxshi o`rganilmagan, shuning uchun polikondensatlanishni olib borish sharoiti emperik yo`l bilan aniqlanadi. Fazalararo polikondensatlanishning afzalligi reaksiya tezligining kattaligi va haroratining pastligidadir. Bundan tashqari, bu usul reagentlarni yuqori darajada tozalashni talab qilmaydi. Boshqa usullar bilan polimerlarni sintezlash qiyin bo’lgan hollarda fazalararo polikondensatlanish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Download 13,19 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Download 13,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Polikondensatlanishning destruktiv reaksiyalari

Download 13,19 Mb.