|
List va har xil profilga ega bo’lgan buyumlarni olish texnologiyasi
|
bet | 56/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiList va har xil profilga ega bo’lgan buyumlarni olish texnologiyasi
Muayyan uzunlikka va shu uzunlik bo’ylab o’zgarmas ko’ndalang kesimga ega bo’lgan buyumlar (uzunasiga o’lchanadigan) qatoriga listlar, har xil profilga ega bo’lgan buyumlar kiradi. Listlar ko’pincha ABS plastikidan va PVX kompozitsiyasidan olinadi.
Har xil profilga (rom uchun plintuslar) ega bo’lgan buyumlar qattiq PVX kompozitsiyasidan tayyorlanadi. Bu buyumlarni olishda ekstruziyalash usuli keng qo’llaniladi. Bunda suyuqlantirilgan polimer ekstruderning bosh qismidagi yassi (yoki profil shaklidagi) tirqishdan siqib chiqariladi, unda buyumning qalinligi (list misolida) shu tirqishning qalinligi bilan belgilanadi. Chiqayotgan suyuqlanma maxsus uskunalar orqali tortib olinadi va silliq vallar orqali o’tkazilib, uning qalinligi to’g’rilanadi va sovutiladi. Shu jarayonda orientatsiya protsessi ham ketadi.
Uzunligi o’lchanadigan polimer buyumlar yuqori fizik-mexanikaviy (asosan orientatsiya protsessi tufayli), dekorativ-badiiy hossalari jihatdan estetik va boshqa xususiyatlari bilan boshqa materiallarga taqqoslanganda buning afzalligini ko’rish mumkin.
List olishda chervyaki uzunrok bo’lgan ekstruderlar ishlatiladi (L:D=25:35). Bunga sabab termoplastlarni yuqori qovushqoqlik markalari ishlatilishidir (PTR - 0,2-0,5 g/10min). Bunaqangi termoplastlardan list olishda (qalinligi 0,8-2 mm) ekstruderni qolipi (formuyuo’iy instrument) katta qarshilik ko’rsatadi va natijada ekstruderning unumdorligi kamayib ketishi mumkin. Unumdorligini oshirish uchun jarayon biroz yuqori haroratda va siljish deformatsiyasini (sdvigovaya deformatsiya) intensivlash tufayli erishish mumkin, undan tashqari sifatli list olish uchun suyuqlanmaning gomogenlash darajasi ancha yuqori bo’lishi kerak.
List olishda texnologik parametrlarga quyidagilar kiradi:
ekstruder tsilindrining zonalar bo’yicha harorati;
forma hosil qiluvchi kallakning harorati;
sovutkich vallarning harorati;
suyuqlanmaning kallakdagi bosimi.
Masalan, PE-NP list olishda
zona 1—140 oC
zona 2—160 oC
zona 3—175 oC
zona 4—200 oC
Kallak harorati – 210 oC
Kallakdagi suyuqlanish bosimi 5-12 MPa.
Ekstruziyalashda haroratni iloji boricha yuqori ushlashga harakat qilinadi,chunki oquvchanlik yaxshilanadi va krisstal strukturalar hosil bo’lishi yo’qotiladi. Lekin yuqori haroratda polimer destruktsiyaga uchrashi mumkin, shuning uchun PE list olishda maksimum harorat 240-250 oC dan oshmasligi kerak. Polipropienni qayta ishlashda bu harorat 270-280 oC ni tashkil etadi. Polistiroldan list olinaetganda esa harorat 165-175 oC bo’ladi.
Sifatli listlar olishda sovutkich vallar yuzasining harorati va sovutkich vallar bilan kallak oralig’i muhim rolg’ o’ynaydi. Yupqa list olish uchun vallar yuzasi 20-25 oC bo’lishi kerak. Kallak bilan sovutkich vallar oralig’i listni tiniq bo’lishiga tahsir ko’rsatadi. Agar masofa yaqin bo’lsa, tinikligi oshadi, lekin listning mustahkamligi kamayadi (menimcha orientatsiya yomonlashishi sababli).
Boshqa parametrlardan listning sifatiga tahsir qiluvchi — ekstruziyalash tezligi (bu shnekning aylanish chastotasi bilan belgilanadi), list polotnasining qabul qilib oluvchi vallar va tortuvchi mexanizmlar tezligidir.
Ekstruziyalashning yuqori tezligi list qalinliklarini bir xil bo’lmasligiga va silliqligi (glyantsa) yomonlashishiga olib keladi.
List olish texnologik sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Unda asosiy agregat ekstruder, tirkichli kallak, valli agregat, kalandr va boshqalar.
Ekstruziyadan chiqayotgan suyuqlanma aniq o’lchamga ega bo’lgan tirkishdan chiqib, qalinligi bo’yicha kalibrlanib, silliqlik beriladi. Bu vazifani kalandr bajaradi. Keyin sovutilib (asosan havo vositasida), mahlum o’lchamlarga kirqiladi. Chekka qismi maydalanib, qaytadan ishlatiladi.
Texnologik parametrlari plyonka, truba olishdagidek.
|
| |