• 10- AMALIY MASHG`ULOT Ekstruzion usul bilan quvur ishlab chiqarish sexini loyixalash. Ishdan maqsad
  • Termoplastlardan ekstruziya usuli bilan list ishlab chiqarish texnologik sxemasi




    Download 13,19 Mb.
    bet57/104
    Sana17.02.2024
    Hajmi13,19 Mb.
    #158020
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104
    Bog'liq
    JIXOZ majmua oxirgi variyanti

    Termoplastlardan ekstruziya usuli bilan list ishlab
    chiqarish texnologik sxemasi


    1 – xom ashyo saqlagich;


    2 – sisterna;
    3 – oraliq saqlagich;
    4 – metall zarrachalarini aniqlash asbobi;
    5 – granulani isitish (quritish) moslamasi;
    6 – list olish agregati;
    7 – elektryuklovchi;
    8 – list saqlovchi moslama;
    9 – chiqindini maydalash;
    10 – maydalangan chiqindi uchun bunker.


    10- AMALIY MASHG`ULOT
    Ekstruzion usul bilan quvur ishlab chiqarish sexini loyixalash.
    Ishdan maqsad: Ekstruder qurilmasida turli xil o’lchamdagi plastik quvur ishlab chiqarish bilan talabalarni tanishtirish.
    Mahlumki hozirgi paytda gaz, vodoprovod, kanalizatsiya tarmoqlari qurishda plastmassadan yasalgan trubalar ko’p ishlatilmokda. Bu trubalar zanglamasligi (50 yilga chidaydi), bo’yab turishni talab qilmasligi, suyuqlik harakatiga kam to’sqinligi (ichki yuzasi silliq bo’lgani tufayli) va boshqa xususiyatlari bilan po’lat va cho’yan trubalardan afzal turadi.
    Plastmassa trubalarni yetkazish va montaj qilish ham oson va arzon. Misol uchun, “Kazantsorgsintez” zavodini olsak, u yerda 1200 mm gacha bo’lgan yuqori zichlikka ega bo’lgan polietilendan ko’p miqdorda trubalar chiqarib turilibdi.
    Plastmassa trubalarning (PE-SP olingan) yana afzalligi shundan iboratki, ular sovuqka chidamli (-70oS), elastik xususiyatlari saklanadi, egiluvchan, vazni yengil va h.k.
    Plastmassa trubalarning kamchiligi — ularning yuqori issiqlikka bardosh bera olmasligidir.
    Ko’pincha trubalar polietilendan (70%) va PVX dan (30%) (qattiq va yumshoq) tayyorlanadi.
    Polietilen trubalar asosan ekstruziyalash, ya’ni ma’lum diametrli teshikdan uzluksiz siqib chiqarish usuli bilan olinadi. Uning olinish texnologik protsessi quyidagi rasmda keltirilgan.
    Bu rasmdan ko’rib turibsizki, truba olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: granula xoldagi polimer ekstruder tsilindrida yumshoq xolga keltirilgan massasini halqasimon teshikdan siqib chiqarish; kalibrlash; sovutish; mahlum uzunlikdagi bo’laklarga kesish yoki g’altaqsimon barabanlarga o’rash.
    Ekstrudordan suyuqlangan polietilen siqib chiqariladigan halqasimon tirqishning ko’ndalang kesimi trubaning ko’ndalang kesimidan ozgina ortiq bo’lishi kerak. CHunki kalibrlash (moslama) vaqtida truba zagotovkasi nasadka ichida qisman cho’ziladi. Ekstrudorning bosh qismidan siqib chiqarilayotgan polietilen massasi tsilindr shakliga kirib, u to’g’ridan-to’g’ri kalibrlash nasadkasiga o’tadi. Bu yerda truba birmuncha soviydi, qotadi va kalibrlanib, muayyan tashqi diametrga ega bo’lgan holda chiqa boshlaydi.
    Odatda truba tashqi diametri bo’yicha kalibrlanadi va trubalar ko’ndalang yo’nalishda ikki xil usulda: vakuum hosil qilish usuli yoki truba ichidan siqilgan havo yuborish yo’li bilan cho’ziladi.
    Kalibrlash nasadkasidan chiqayotgan truba hali issiq bo’lgani uchun, u egiluvchan va oson deformatsiyaga uchraydigan bo’ladi. SHu sababli u nasadkadan chiqishi bilanoq sovutish vannalarida yoki ustidan suv quyish usuli bilan sovutiladi. Sovugan trubalar qattiq va deformatsiyaga uchramaydigan bo’ladi.


    Texnologik jarayonning rejimi
    Texnologiya tanlashdan oldin trubani tashqi diametri, ichki diametri va trubaning qalinligini; profillar uchun uning enini, balandligini; kabellar uchun tashqi diametri yoki izolyatsiya qatlamining qalinligini bilish kerak.
    Ekstruziyalash usuli bilan truba olish texnologik parametrlari plyonka olishdagi parametrlardan deyarli farq qilmaydi. Truba olish uchun ishlatiladigan, masalan, polietilen yuqori molekulyar massaga (PTR kam) ega bo’lishi kerak. Bu trubani ekspluatatsiya qilish (yuqori bosimga chidamligi) sharoitiga bog’liq.
    TSilindr zonalari bo’yicha harorat (oS) polietilendan truba olishda PENP (PEVP) uchun 115(140); 120(160); 130(170); 140(190) bo’ladi. SHu ekstruder kallagining 3 zonasida harorat 140 (210); 140 (220); 150 (220) bo’ladi. Kalibrlovchi havoning bosimi (MPa) (izbqtochnoe): 0,08-0,1 (0,1-0,12).
    Suyuqlanmaning kallakdagi bosimi 30 MPa gacha boradi. Suyuqlanmaning kengayishini (razbuxaniya) hisobga olgan holda trubaning ko’ndalang kesma yuzasi (S) forma hosil qiladigan kallak tirqishidan 10-15% gacha ko’p bo’lishi kerak.
    Kalibrovka qilgandan keyin trubani diametri, nasadkaning diametriga teng bo’lib chiqqan holda 10-25% ortadi; truba devori qalinligi kamayadi, yahni Dnasadka > Dmundshtuk.
    Rossiya GOSTi bo’yicha 4 xil truba ishlab chiqariladi. Ularning bir-biridan farqi suv bosimining ushlash qobiliyati bilan ajraladi:



    Truba turlari

    Suv bosimi 20oS, Mpa

    L (engil)

    0,25

    SL (o’rta yengil)

    0,40

    S (o’rta)

    0,60

    L (og’ir)

    1,0



    Yuqorida keltirilgan texnologik sxema bo’yicha Dtashqari =400 mm gacha, qalinligi 30 mm gacha bo’lgan trubalar ishlab chiqiladi. Katta diametrli trubalar olish uchun katta diametrga ega bo’lgan shnekli ekstruderlar qo’llaniladi.


    Truba va shlanglar ishlab chiqarish uchun halqasimon to’g’ri oqimli kallaklar (kolg’tsevuyu pryamotochnuyu) qo’llaniladi. Uning tuzilishi rasmda keltirilgan.

    Bu rasmdan ko’rib turibsizki, kallakning asosiy kismlari quyidagilar:



    1. Siqilgan havoni kiritish shtutseri

    2. Korpus

    3. Regulirovka qiladigan vintlar

    4. Mustahkamlovchi moslama

    5. Tross siljuvchi probkani ushlab turish uchun (kalibrlash moslamada)

    6. Truba zagotovkasi (trubnaya zagotovka)

    7. Truba ichiga siqilgan havo yuborish uchun kanal

    8. Matritsa

    9. Dornani ushlab turuvchi moslama

    10. Dorna

    Kabellarni, elektr tokini o’tkazuvchi simlarni izolyatsiya qilishda ekstruderlarni formalovchi kallagi boshqacha konstruktsiyaga ega, yahni vkladishli bo’ladi. Buning konstruktsiyasi tavsiya qilingan adabiyotlarda keltirilgan.
    Murakkab profilga ega bo’lgan buyumlarni olishda suyuqlanmaga katta qarshilik ko’rsata oladigan kallaklar qo’llaniladi.
    Polivinilxlorid asosida tayyorlangan kompozitsiyadan ikki shnekli ekstruder yordamida qattiq trubalar olinadi. Bu trubalarni viniplast trubalari deb ham aytiladi. Polietilenga nisbatan PVX kompozitsiyasidan olinadigan trubalarda ekstruziya harorati boshqacha bo’lishdan ham farq qiladi. SHuni ham eslatib o’tish kerakki, viniplast trubalarning issiqlik o’tkazuvchanligi po’lat trubalarnikiga qaraganda 400 marta kam. SHuning uchun ham bunday trubalarning tashqi devorlarida suv tomchilari hosil bo’lmaydi.
    Agar polietilendan olinadigan trubalarni ekstruderdan chiqayotgan qovushqoq-oquvchan holatda 200oS dan ortiq ushlab turish mumkin bo’lsa, PVX dan olinadigan trubalar uchun 170-180oS dan ortmasligi kerak, chunki PVX ning termik turg’unligi polietilenga nisbatan ancha past.
    Polietilen va poliprolipendan trubalar olishda (ayniksa, tashqi vodoprovod tarmoqlari uchun ishlatiladigan trubalar) tarkibiga (granulaga) 2-2,5% miqdorida yorug’lik stabilizatorlari — qurum (chernaya saja) qo’shilgan bo’ladi.


    Qayta ishlash texnologik parametrlarining truba, shlang, profillar hossasiga tahsiri.

    Olinayotgan buyumlarning hossalariga eng avvalo kalibrlash bilan bir paytda qisman sovutish jarayoni tahsir ko’rsatadi. Undan tashqari quyidagilar tahsir ko’rsatadi: kalibrlashda ekstrudatni deformatsiyalanish darajasi; kalibrlashdagi zagotovkani sovutish tezligi; buyum olishda ekstruziya parametrlari.




    Trubalar ishlab chiqarishda braklar turi



    • Ichki va tashqi yuzaning notekisligi;

    • Trubaning geometrik o’lchamlarining chizmaga to’g’ri kelmasligi;

    • Uzunasiga darz ketishi;

    • Mexanik hossalarining pastligi;

    • Qoldik deformatsiyani ko’pligi;

    • Yuqori kirishishligi va boshqa sabablar.



    Ko’p shnekli ekstruderlar orqali buyum olish

    Ekstrudorlar ikki shnekli bo’lishi mumkin. Bu shneklar parallel yoki ketma-ket joylashgan bo’lishi mumkin.


    Aralashtirish sifatiga qo’yilayotgan talabga qarab shneklarni narezkalari har xil konstruktsiyaga ega bo’lishi mumkin.
    Ekstrudorlarda shneklar vertikal yoki gorizontal joylashgan bo’lishi ham mumkin. Bunday ekstruderlar konstruktsiyasi ayrim polimerlarni qayta ishlashda qo’llaniladi.
    Yuqorida keltirilgan ekstruder turlari plastmassa poroshok yoki granula holatdagi komponentlarni aralashtirishda; plastmassani qayta ishlashda va termik turg’un bo’lmagan ayrim polimerlardan (PVX) buyum olishda qo’llaniladi.



    Download 13,19 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   104




    Download 13,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termoplastlardan ekstruziya usuli bilan list ishlab chiqarish texnologik sxemasi

    Download 13,19 Mb.