|
Namangan muxandislik-texnologiya instituti
|
bet | 63/104 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 13,19 Mb. | | #158020 |
Bog'liq JIXOZ majmua oxirgi variyantiRezina materiallar olish
Tabiiy va sintetik kauchuklardan toza holda foydalanish chegaralangandir (yelimlar tayyorlashda, izolatsiyalovchi lentalar, zichlovchi qistirmalar tayyorlashda qo‘llaniladi). Chunki ular bir qator kamchiliklarga ega, jumladan, mustahkamligining yetarli emasligi. TKlarning mustahkamligi 1-1,5 MPa, СКБ va stirolli SKlar uchun 0,5 MPa dan ortmaydi. Kauchuklarning mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri vulkanizatsiyalashdir.
Vulkanizatsiya - kauchuk molekulalarini oltingugurt atomlari bilan bog‘lash. Vulkanizatsiya natijasida (masalan, TK) uzilish mustahkamligi 25 MPa atrofida bo‘lgan vulkanizatsiyalangan kauchuk olinadi, bu jarayon 140-150 °C haroratda nisbatan samarali bo‘ladi. Vulkanizatsiya jarayonida kauchuk mustahkamligini oshirishga asosiy sabab kauchuk molekulalari orasida valent bog‘lanish («oltingugurt ko‘priklari») hosil bo‘lishidir.
Kauchukka uning mustahkamligini va elastikligini oshirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda oltingugurt qo‘shiladi. Bunda polimerning uzun makromolekulalari to‘rsimon strukturaga aylanib, rezinaga elastiklik beruvchi karkas hosil bo’ladi. Masalan, avtomobil shinalari va pokrishkalari tayyorlanadigan rezinalarda kauchuk ulushining 1-3 foizi miqdorida oltingugurt bo‘ladi. Kauchuk tarkibida oltingugurt miqdorining ortib borishi uning mustahkamligini oshirish bilan bir vaqtda elastikligini kamaytiradi. Kauchukka 50 foiz atrofida oltingugurt qo‘shish mumkin, bunda juda mustahkam (cho‘zilishdagi mustahkamligi 52-54 MPa) bo‘lgan va umuman elastik bo‘lmagan (qattiq), kimyoviy jihatdan inert bo‘lgan material - ebonit olinadi. Ebonitdan elektrotexnik maqsadlarda foydalaniladigan detallar, shu jumladan, akkumulatorlar bankasi tayyorlanadi.
Rezinaning komponentlari. Har qanday rezina materialning tarkibida kauchuk va oltingugurtdan tashqari boshqa komponentlar- ingrediyentlar ham bo‘ladi.
Vulkanizatsiyalash jarayonini tezlashtirish uchun kauchuk va vulkanizatsiyalovchi vosita aralashmasiga vulkanizatsiya tezlatgichlari (tiuram, kaptaks va boshqalar), mustahkamligini oshirish uchun esa to‘ldirgichlar qo‘shiladi. Eng ommaviy bo’lgan kuchaytirgich sifatida qurumdan foydalaniladi. Qurum kukun holidagi uglerod bo’lib? qismlari o‘lchami 0,03-0,25 mkm bo‘ladi. Qurum boshqa kuchaytirgichlar kabi rezina materiallariga rezina tarkibidagi kauchukka nisbatan 20-70 foiz miqdorida qo‘shiladi.
To‘ldirgich sifatida qurumdan tashqari rux, magniy, kremniy oksidlaridan, bir qator tuzlar (bo‘r, gips), sintetik smolalar va boshqalardan foydalaniladi. Bir qator oq rangdagi to‘ldirgichlar (oq qurum, rux oksidi va boshqalar) dan rangli rezinalar olishda foydalaniladi, odatdagi qurumdan u qora rangda bo‘lganligi tufayli foydalanib bo‘lmaydi, chunki u buyumlarga qora rang beradi.
To‘ldirgichlar СКБ, CKC va CKH larga nisbatan juda ham samaralidir. Bu SKlaming to‘ldirgichlar bilan aralashmasi vulkanizatsiyalanganida, tarkibida to‘ldirgich bo‘lmagan vulkanizatlarga nisbatan mustahkamligi 10-12 barobar yuqori bo‘ladi va uzilishdagi mustahkamligi esa 10-30 MPa ga yetadi.
Yuqorida keltirilgan komponentlardan tashqari, rezina tarkibiga ko‘p bo‘lmagan miqdorda pigmentlar (rang berish uchun), plastifikatorlar (unga ishlov berishni yengillatuvchi va uning sovuqqa chidamliligini oshiruvchi), antioksidlovchilar (eskirishga qarshi), g‘ovak hosil qiluvchilar (g‘ovaksimon rezinalar olishda) va boshqalar qo‘shiladi.
Vulkanizatsiyalanmagan kauchuk, oltingugurt, to‘ldirgichlar va boshqa ingrediyentlar (umumiy soni 15 tagacha bo‘lishi mumkin) aralashmasi xom rezina yoki rezina aralashmasi deyiladi. Xom rezinadan turli xil usullar asosida turli-tuman shakldagi buyumlar ishlab chiqariladi va bu rezinalar uchun oxirgi ishlov berish operatsiyasi bo‘lib vulkanizatsiyalash xizmat qiladi. Bu buyumlar vulkanizatsiyalanganidan so‘nggina ishlatishga yaroqli bo‘ladi. Xom rezina vulkanizatsiyalanganidan keyin, oddiygina qilib rezina deb yuritiladi.
Chunki xom rezinalardan foydalanish chegaralangan. Ulardan yelimlar tayyorlashda va rezina detallarni ta’mirlashda foydalaniladi.
Sanoatda rezinali (rezina detallarni o‘zaro biriktirish uchun) va maxsus (rezinani metallarga, shishaga, plastmassalarga va boshqa qattiq materiallarga biriktirish uchun) yelimlar ishlab chiqariladi.
Rezinali yelimlar TK yoki maxsus xom rezina БР-1 «Галоша» va БР-2 benzinlarida eritib olinadi. TKning benzindagi eritmasi vulkanizatsiyalanmagan yelim hisoblanadi. Bu yelimlarning qurishi fizikaviy jarayon, ya’ni benzinning bug‘lanishi hisobiga amalga oshadi. Shuning uchun yelim qotganida biriktirilgan detallar orasidagi qatlam toza TKdan iborat bo’ladi, shu tufayli bu qatlamning mustahkamligi past bo’ladi, harorat ko‘tarilishi bilan mustahkamligi sezilarli darajada pasayadi va 100°C haroratda mustahkamligi nolga yaqinlashadi. Bunga ko’ra vulkanizatsiyalanmagan yelimlardan avtomobil detallarini ta’mirlashda foydalanish chegaralanganligi ko’rinadi, shuning uchun bu yelimlardan rezina detallaridagi nosozliklarni boshqa ishonchliroq usul yordamida tiklash imkoniyati bo’lmagan hollardagina (masalan, yo‘lda avtomobil kameralari teshilganidagi majburiy hollarda ularni yamash uchun) foydalaniladi.
Xom rezinaning benzindagi eritmasi esa vulkanizatsiyalangan yelimlar jumlasiga kiradi. Bunday yelimlar asosidagi yelimli birikmalar vulkanizatsiyalanishi lozim. Bunda yelim qatlamlari orasida va yelim bilan biriktirilayotgan detal o‘rtasida oltingugurt ko‘priklari hosil qilinadi. Natijada detallar bir-biri bilan mustahkam birikadi.
Maxsus yelimlar namunasi sifatida № 61 va № 88 yelimlarini keltirish mumkin. № 61 yelimi № 62 rezinali aralashma «Галоша» benzinida eritib olinadi. №88 yelimi esa №31 xom rezinaning benzinning etilasetat bilan aralashmasi asosida olinadi, bunda butilfenolformaldegid smolasi aralashtiriladi.
Avtomobillarni ta’mirlashda yelimlardan tashqari xom rezinaning maxsus navlaridan foydalaniladi. Maxsus rezinalaming eng muhim navlariga quyidagilar kiradi: qatlamli, protektor uchun va kamera uchun. Ularning barchasi qaynoq vulkanizatsiyalash usulida pnevmatik shinalarni ta’mirlashda ishlatiladi.
Vulkanizatsiyalash jarayoni qaytmas jarayondir, shuning uchun rezina tarkibidagi kauchukni sof holda ajratib olish mumkin emas. Ish muddatini o‘tab bo‘lgan rezinalarni regeneratga aylantirish, ya’ni devulkanizatsiya jarayoniga to‘xtalamiz. Rezina regeneratlarini olish uchun eski rezina buyumlar turli xil suyuqliklar muhitida 150-190 °C haroratgacha qizdiriladi. Bunda rezina tarkibidagi uglerod atomlarining valent bog‘lanishlari uziladi va oltingugurt ko‘priklari buziladi. Natijada molekular massasi past (6000-12000) bo’lgan plastik material olinadi. Bu materialni qayta vulkanizatsiyalash va tarkibiga ingrediyentlar qo‘shish mumkin. Regenerat tarkibiga xom rezina qo‘shish mumkin bo’ladi, bunda kauchukni tejashga imkoniyat yaratiladi. Bu regeneratlar asosida shinalarning to‘g‘in lentalari va rezina to‘shamalar ishlab chiqariladi.
Regenerat sifatida eski rezina buyumlarini qayta ishlash mahsulotlari va rezina ishlab chiqaradigan korxonalarning chiqindilaridan foydalanish mumkin. Ular rezinani arzonlashtiribgina qolmasdan, uning eskirishga moyilligini kamaytiradi, shuningdek, neft mahsulotlari ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Ishlatish sohasiga ko’ra rezinalar umumiy ishlarga mo'ljallangan va maxsus turlarga bo‘linadi. Birinchi guruhga kiruvchi rezinalar havoda, suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida ishlay oladi. Ularni tabiiy kauchukdan ham, sintetik kauchukdan ham olish mumkin. Ulardan shinalar, tasmalar, transportyor lentalari va hokazolar tayyorlanadi. Alohida xossalarga ega bo‘lgan (neft mahsulotlari ta’siriga chidamli juda yuqori va juda past haroratda ishlay oladigan va hokazo) rezinalar maxsus rezinalar deb ataladi.
Tabiiy kauchukdan olinadigan texnik rezinalaming cho‘zilishga mustahkamligi va elastikligi yuqoridir. Tabiiy kauchukdan olinadigan xom rezina yelim yordamida yaxshi yopishadi. Ular 60°C dan 100°C gacha haroratda ishlay oladi. Bundan ortiq qizdirilganida kauchuk yumshaydi va ekspluatatsion xossalarini yo‘qotadi, past haroratda esa mo‘rt bo‘lib qoladi.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinaning asosiy qismi traktor va avtomobil shinalarini tayyorlashga sarflanadi. Butadiyenstirol (CKC, CKMC) va izopren kauchuklar (СКИ) asosida olingan rezinalar yaxshi xossalarga ega. Ular cho‘zilishga mustahkamligi, yemirilishga chidamliligi bilan farq qiladi. 80-100°C haroratda ishlay oladi, sovuqqa chidamliligi yuqori (minus 75 °C gacha). Kauchuklarning mexanik xossalari (ayniqsa, elastikligi) tabiiy kauchuklarnikiga yaqin bo’lgani uchun kordga mustahkam birikadi. Mexanik mustahkamligi, yeyilishga va sovuqqa chidamliligi qo‘yiladigan talablarga javob beradigan maxsus shinalar divenil kauchuklar (СКД) asosida olinadigan rezinalardan tayyorlanadi. Bu kauchuklar yuqorida aytilgan xossalari bo’yicha tabiiy kauchuklardan ancha ustun turadi.
Kameralar, shuningdek, kamerasiz shinalar jipslovchi qatlamini tayyorlash uchun gaz o‘tkazmaydigan va kislorod ta’siriga chidamli rezinalar kerak bo‘ladi. Butilkauchuklar (СКБ) bu talabga javob beradi. Ularning mexanik mustahkamligi yaxshi bo’lishi bilan birga issiqqa chidamliligi yuqori (120 °C gacha). Poliuretan kauchuklar ham yuqorida keltirilgan xossalarga ega, bundan tashqari, azon va neft mahsulotlariga chidamlidir. Ulardan almashtiriladigan protektorli shinalar tayyorlanadi.
Moy, benzin ta’siriga chidamli rezinalardan erituvchilarga tegib ishlaydigan tasmalar, shlanglar, zichlash qistirmalari, manjetlar va boshqa detallar tayyorlanadi. Ular yonilg‘i va moyda ko‘pi bilan
1-3 foiz shishadi. Nairitdan olingan moy, benzinga chidamli rezinalar (xloropren kauchuk) keng tarqalgan. Bu rezina oltingugurtsiz harorat ta’sirida vulkanizatsiyalanadi. Nitrit asosida olingan rezinalar neft mahsulotlari muhitida 120-130 °C gacha haroratda ishlay oladi. Ular elastik, tezda eskirmaydi. Butadiyennitril kauchuk (CKH) dan tayyorlangan rezinaning ekspluatatsion xossalari yanada yaxshiroq. Bundan tashqari, ular suyultirilgan kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli hamdir.
Ko’pgina hollarda yuqori harorat ta’siriga yaxshi chidash beradigan rezinalar kerak bo’ladi. Ular, asosan, minus 60 °C dan +300 °C gacha harorat doirasida uzoq muddat ishlay oladigan kremniyorganik kauchuklardan (CKT) olinadi. Yuqori dielektrik xossalarga ega. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, sernam sharoitda ham ekspluatatsion xossalari o‘zgarmaydi. Shuning uchun ulardan tropik iqlimda ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Ularning neft mahsulotlarida tez erishi katta kamchiligidir. Bu kamchilikni kauchuk molekulasiga ftor atomini qo’shib yo‘qotish mumkin. Bunda СКФ kauchuk olinadi. Bu kauchuk yonmaydi, issiqqa chidamli (300 °C gacha), gidrotizim shlanglar birikmalarini ishonchli, samarali zichlash uchun ishlatiladi. Pnevmatik shlanglarni ta’mirlashda vulkanizatsiyalanmagan materiallar chiqariladi. Ularga protektorli profillangan rezinalar kiradi. Ular yurish yo‘li yoki to‘la profilli protektor hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Bu materiallarga qatlamli jipslovchi kamerabop rezina listlar ham kiradi. Ular kamerasiz shinalar va kameralami ta’mirlashda ishlatiladi. Xom rezinadan elastik rezina olish uchun uni 140-150 °C haroratgacha qizdirish (yaxshisi, bosim ostida) kifoya.
|
| |