NAMANGAN VILOYAT MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʻLIMI
BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING BUYRUGʻI
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2024-yil 7-martdagi 72-sonli buyrugʻi ijrosi haqidа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish va taʼlim
sifati
monitoringini amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarorida belgilangan davlat va nodavlat
maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish hamda davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf
-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini
amalga oshirish hamda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-martdagi 72-sonli buyrugʻi
ijrosini taʼminlash maqsadida
buyuraman:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-martdagi 72-sonli
buyrugʻi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida
2022-yil 28-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor
yigʻilishining 8-sonli bayoni 21-bandida umumtaʼlim muassasalarini attestatsiya va
akkreditatsiyalash tizimini tubdan tanqidiy koʻrib
chiqqan holda, milliy reyting
tizimi asosida, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida 2022-2023-
oʻquv yilidan boshlab yangi tizim joriy qilish boʻyicha taklif kiritilishi hamda
yangilangan tizim joriy qilinguniga qadar umumtaʼlim muassasalarini attestatsiya
va akkreditatsiyalash jarayonlari toʻxtatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar:
Namangan viloyati maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim
tashkilotlarini
attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Attestatsiya
komissiyasi) tarkiblari 1-ilovaga muvofiq;
maktabgacha va umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish
yuzasidan jalb etiladigan ekspertlarga qoʻyiladigan talablar va ularning ish tartibi
2-ilovaga muvofiq;
2024-yilda
davlat
akkreditatsiyasidan
oʻtishi
rejalashtirilayotgan
maktabgacha taʼlim tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2024-yilda davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi rejalashtirilayotgan umumiy
oʻrta taʼlim tashkilotlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
maktabgacha va umumiy taʼlim tashkilotlarini
attestatsiya va davlat
akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ishtirok etadigan masʻul xodimlar bilan
oʻtkaziladigan vebinar jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat komissiyasi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimi boshliqlariga:
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: GQ40738414
2024-yilda davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi rejalashtirilayotgan taʻlim
tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin.
Bunda: ikki oy muddatda Attestatsiya komissiyalari ish faoliyatini yoʻlga
qoʻyish;
nodavlat taʻlim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtishi uchun oʻz
xohishiga koʻra ariza bilan murojaat qilishini inobatga olish;
taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki va tashqi baholash natijasida toʻplangan
maʼlumotlar va materiallar akkreditatsiya elektron platformasi ishga tushgunga
qadar Nizom talablariga koʻra anʼanaviy qogʻoz shaklida
olish hamda hujjatlar
yigʻmajildini jamlash va oʻrnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda saqlash;
taʼlim tashkilotlarida oʻtkazilgan attestatsiya jarayonlariga bogʻliq boʻlgan
hujjatlarni attestatsiya yakuniga koʻra uch ish kunida vazirlikka taqdim etish;
taʼlim tashkilotlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi yoki
unga tenglashtirilgan hujjatni olganlaridan soʻng, uning nusxasini bir hafta
muddatda vazirlikka joʻnatish;
nodavlat taʼlim tashkilotlari va boshqa vazirliklar, idoralar tizimidagi taʼlim
tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalarini boʻysunuviga koʻra
tegishli tashkilotlar tomonidan qabul qilish hamda har yili 1-oktabrga qadar
vazirlikka taqdim etish;
davlat taʼlim tashkilotlarida ichki baholash har
yili amalga oshirilishini va
natijalari onlayn akkreditatsiya platformasi ishga tushgandan keyin tuman (shahar)
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari yoki hududiy boshqarma rahbarlarining
elektron raqamli imzosi bilan joylashtirishni nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
5. Oʻquvchi va pedagoglar bilim hamda koʻnikmalarini baholash, taʼlim
tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish boʻlimi (N.To‘xtanazarov)ga:
a) joriy yilda belgilangan rejaga muvofiq taʼlim tashkilotlarini davlat
akkreditatsiyasidan oʻtkazish ishlarini Nizomga muvofiq
tashkil qilish;
b) ikki oy muddatda: taʻlim tashkilotlarini ichki va tashqi baholashdan
oʻtkazish;
c) akkreditatsiyadan
oʻtkaziladigan
taʼlim
tashkilotlari
roʻyxatini
akkreditatsiya muddati tugaydigan yildan oldingi yilning 1-oktabriga qadar elektron
platformaga kiritish;
d) joriy yilning avgust oyiga qadar davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida
xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshirish
vazifalari yuklatilsin.
6. Nazorat tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi
(M.Valiyev) oʻrnatilgan tartibda ushbu buyruqni boshqarmaning barcha boʻlimlari,
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo’limlari
va boshqarma
tasarrufidagi tashkilot direktorlariga yetkazilishini taʼminlasin.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Boshqarma boshligʻi
O.Zokirov
Yangi Namangan tumani.,
2024-yil “_3_”-may,
№_72_-son