• Asosiy rang modellar tasnifi
  • Adobe Photoshop rasm tahrirlagichi haqida
  • -Mavzu Rang va rang palitralari bilan ishlash Sodda shakllardan va murakab shakllar yaratish




    Download 39,74 Mb.
    bet139/230
    Sana19.09.2024
    Hajmi39,74 Mb.
    #271664
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi darslik

    36-Mavzu Rang va rang palitralari bilan ishlash Sodda shakllardan va murakab shakllar yaratish

    Reja
    1.Rang modellari


    2.Asosiy rang modellar tasnifi
    3.Adobe Photoshop rasm tahrirlagichi haqida
    4.Pen uskunasi yordamida sodda shakl yaratish
    5. Pen uskunasi yordamida murakkab shakl yaratish.
    Rang modellari
    Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va ko‟rsatish yo‟li. Eng keng
    qo'llaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, ko’k) monitorlarda tasvirlarni ko'rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (ko‟p kanalli).
    Asosiy rang modellar tasnifi

    • Bitmap (Ikkita rang)

    Tasvir faqat oq va qora ranglar holatida saqlanadi. Ushbu holatga faqat Grayscale holatdan o‟tish mumkin.

    • Grayscale (Kulrang )

    Tasvir faqat kulrangning 254 ko‟rinishlari holatida saqlanadi. Ushbu holatga
    xamma boshqa holatlardan o‟tish mumkin.

    • Indexed Color (Indekslangan)

    Tasvir 256 ixtiyoriy rang yoki uning ko‟rinishlari holatida saqlanadi. Ushbu
    holatga Grayscale yoki RGB holatlardan o‟tish mumkin.

    • RGB (Qizil, Zangori, Ko’k)

    Tasvir qizil, zangori va ko‟k ranglar xamda ular ko‟rinishlari holatlarida saqlanadi.
    Asosan monitorda tasvirlar ko‟rsatishda qo‟llaniladi

    • CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora)

    Tasvir xavorang, purpur, sariq va qora ranglar xamda ular ko‟rinishlari holatlarida
    saqlanadi. Asosan printerlarda tasvirlar chiqarishda qo‟llaniladi.
    Adobe Photoshop rasm tahrirlagichi haqida
    Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik dasturlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo.
    Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy sabablari -uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
    Adobe Photoshop tasvir tahrirlagichi yordamida fotosuratlarga ko’shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog„larni o„chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo„shimcha maxsus samaralar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elyemyentlarni ikkinchi fotosuratga olib o„tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin.
    Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazyeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
    Adobe Photoshopда tasvirni import qilish - skaner, raqamli fotoapparatdan
    kiritish, boshqa formatdagi rasmlarni kiritish (bmp, jpg, png, tif, gif va boshqalar);
    Tasvirni tahrirlash - o'zgartirishlar kiritish, ranglar bilan bo'yash, chizish, o'chirish, yorqinlik va aniqlik darajasini o'zgartirish; Rang rejimini o'zgartirish; chop etish; boshqa nom va formatda saqlash; har xil effektlarni qo'llash; tasvirdagi ranglarni turli usullarda filtrlash imkoniyatlari mavjud.

    Download 39,74 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230




    Download 39,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu Rang va rang palitralari bilan ishlash Sodda shakllardan va murakab shakllar yaratish

    Download 39,74 Mb.