Namunaviy bir soatlik to’garak mashg’uloti ishlanmasi




Download 1,61 Mb.
bet1/18
Sana24.03.2017
Hajmi1,61 Mb.
#1964
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18





O`zbekiston Respublikasi

Xalq Ta`limi Vazirligi

Samarqand shahar

64 -umumiy o`rta ta`lim maktabi

mehnat ta’limi fani o’qituvchisi

Dusyorova Vazira Suyunovnaning

mavzusidagi 1 soatlik



10

NAMUNAVIY BIR SOATLIK TO’GARAK MASHG’ULOTI ISHLANMASI .
Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V.
Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
Maktabda faoliyat olib borayotgan to’garak mashg’ulotlari shaxsning barkamol kamol topishga, o’sib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, o’quvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek, ularning bo’sh vaqtidan oqilona foydalanishga yo’naltirilgan, uning asosiy vazifasi o’quvchi yoshlarga qo’shimcha ta’lim va tarbiya berish bilan birga ularning bo’sh vaqtini sermazmun o’tkazish, yoshlarning ongiga milliy g’oya va vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishdan iboratdir.
 
To’garak mashg’ulotining maqsadi: Vatan kelajagi, ravnaq topish uchun komil inson tarbiyalab ta’lim berib borishdan iboratdir. To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi.Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning biror-bir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.

To’garak rahbari to’garak mashg’ulotida samaradorlikka erishish uchun to’garak mashg’uloti ishlanmasiga alohida e’tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.Bunda to’garak rahbari oldiga qo’ygan har bir maqsadga xolisona, bolalar tushinishi uchun uning soddaligiga alohida e’tibor berishi kerak.To’garak rahbarlari to’garak mashg’ulotlari ishlanmasini quyidagi tartibda tuzishlari mumkin.



Mavzu: Qiyiqchni bichish , naqsh tushurish, choklarini tikishni o`rgatish
To’garak nomi va guruh:  Mohir qo’llar to’garagi.

Mashg’ulotsanasi: _________

Mohirqo’llarto’garagixonasi:__________
To’garakrahbari : DusiyorovaVazira


Mashg’ulot maqsadi:

a) ta’limiy maqsad :o`quvchilarga kashtachilik san’ati haqida chuqurroq tushuncha berish.

b) tarbiyaviy: to’garaka’zolarigaestetiktarbiyaberish, tabiatgo’zalligi, tabiatdahamdabarchamoddiynarsalarnibuyumgaaylantirishhaqidatushuntirish.
v) rivojlantiruvchi: o’quvchi-yoshlarniommaviyhayotgatayyorlashvaularningfikrlashdoirasinikengaytirishhamdamustaqilishlargao’rgatish.
g) kasbgayo’naltiruvchi: o’quvchilarningo’zkasbiningustasibo’lishgao’rgatish, estetiktarbiyasinioshirish, kasanachilikkabo’lganqiziqishlarinioshirish.
Vazifalari :

- o`quvchilarni qiyiqcha –belbog’ni tikish jarayoni bilan tanishtirish;

- qiyiqchaga naqsh tushurishni o’rgatish;

- qiyiqcha tikishda ishlatiladigan choklarni tikishni o’rgatish.
Mashg’ulot tipi: o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarni tahlil hamda nazorat qilish.


Mashg’ulotning turi: nazariy vaamaliy.

Mashg’ulotda foydalanilgan metod: savol-javob, suhbat, ko’rgazma, charxpalak va moychechak guli metodlari.

Mashg’ulotning jihozi: kashta buyumlari, gazlama , har xil mulina iplari, igna –ip, qaychi , nusxa ko’chiruvchi qog’oz , qalam.

Mashg’ulotning shiori: “Hunar-hunardan rizqing unar”
Mashg’ulot vaqti: 45 daqiqa
Mashg’ulotning borishi:


Tashkiliy qism

a) salomlashish;
b) o’quvchilar davomatini aniqlash;
v) o’quvchilarni mashg’ulotga tayyorlash;



g) xavfsizlik texnikasi qoidalarini eslatish;
d) kundalik yangiliklar bilan tanishtirish (5 daqiqa)
Mashg’ulotning oltin qoidalari bilan tanishtirish:
1. Tinchlikni saqla!
2. Faollik
3. Vaqtni teja!
4. Bir-birimizni hurmat qilish
5. Ijodkor bo’lish.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
(Bunda to’garak rahbari “Charxpalak” metodini qo’llashi mumkin)
“Charxpalak” metodining tuzilmasi:
1. Mashg’ulot boshlanishidan oldin o’quvchilarni qobiliyatiga qarab ikki guruhga bo’lib o’tkaziladi. Qobiliyati sust o’quvchilarni qobiliyatli o’quvchilar bilan birga o’tkaziladi.
Birinchi guruh
Ikkinchi guruh
2. Savollarni ishlab chiqish;
3. To’garak a’zolariga savollar berish va javobini baholash;

4. To’garaka’zolarining “to’garakrahbarlari” yonidano’tishivaularning savollariga javob berishi.
5. Baholarni umumlashtirish va e’lon qilish.
“Charxpalak” metodi qo’llanilganda to’garak a’zolari 2 ta kichik guruhga ajratiladi. To’garak a’zolarini guruhlarga har xil usulda ajratish mumkin: to’garak rahbari yoki to’garak a’zolarining ixtiyoriga ko’ra, bilimlariga qarab, qur’a tashlab, aytaylik, guruhda 10 nafar to’garak a’zosi bor. Ular 1,2; 1,2 deb ketma-ket sanashadi. Bir degan to’garak a’zolari birinchi, ikki degan to’garak a’zolari ikkinchi guruhga ajraladilar.Birinchi guruh to’garak a’zolari, ikkinchi guruh esa “to’garak rahbari” rolida ishtirok etishadi. To’garak a’zolari rolida ishtirok etganlar ko’kragiga 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari yozilgan nishon taqishadi va aylana shaklida qo’yilgan stollar atrofida davra qurib o’tirishadi. Uning ichki tomonidan 6 nafar “to’garak rahbari” rolidagilar joy oladi.
Bunda har bir to’garak a’zosi stol atrofida soat strelkasi yo’nalishida birin-ketin “to’garak

rahbarlari” yonidan o’tadi va ularning savollariga javob beradi.
“to’garak rahbarlari”ning savollari.

1.Xalq hunarmandchiligi deganda nimani tushunasiz?

Oddiy mehnat qurollari yordamida buyumlar tayyorlashga, qo’l, ko’z, miya va oyoqlarning sunxron harakati natijasidagi faoliyatga xalq hunarmandchiligi deyiladi.

2.Xalq hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?

Uy, bozor va buyurtma asosidagi hunarmandchilik

3.
Hunarmandchilik, hunarmandlik - milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.
Kashtachilik deganda nimani tushunasiz?


Biron bir tasvir yoki manzarani rangli iplar yordamida tasvirlashga

4.Qanday kashta buyumlarini bilasiz?

Palak, so’zana,kirpech, gulko’rpa, yostiqqosh, joynamoz va boshqalar.

5. Kashtachilikda qanday naqshlar va uning turlari bor ?

Naqsh- arabcha tasvir gul degan ma'noni anglatadi. Kashtado`zlik san'atida har bir millatning o`ziga xos eng ko`p qo`llaydigan naqshlari bo`ladi. O`zbek kashtalarida o`simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko`p va kashtachilikda 4 guruhdagi naqshlardan foydalaniladi:



6. “Kompozisiya” so’zining ma’nosi nima? Kompozitsiya (mujassamot) - lotincha "Kompositio" so`zidan olingan bo`lib, to`qish, tuzish, bir-biriga solishtirish, naqshni g`oyasi, xarakteri va vazifasiga, muvofiq uyg`un hamda mutanosib joylashtirish degan ma'noni anglatadi.
Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.

7 .“Stilizasiya” so’zining ma’nosini tushuntirib bering? Stilizatsiya-tabiatdagi o`simlik va boshqalarning tasviri, rangi, shakli va uzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir.
8. Assimetriya nima?

Assimetriya-kompozitsiyada simmetrik qonun-qoidalarining muvozanatini buzilishidir.

9. Simmetriya nima? Simmetriya-grekcha so`zdan olingan bo`lib, o`lchovlarning bir-biriga munosibligi tushuniladi.

10. Kashta tikishda qanday ranglar tanlanadi? kashta guliga asosiy o`rin berilib, gazlama rangiga qo`shimcha o`rin beriladi. Shuning uchun gazlama rangi naqsh rangidan ochiq bo`lib ajralib turmasligi kerak. Kashta gulining rangini tanlashni bajarish sanama chok, tekis chok va hokazolarga ham bog`liq bo`ladi.

11. Kashtachilikda naqshni gazlamaga qanday ko`chirish usullari bor? Bezakni yoruqqa tutib ko`chirish, bezakni shaffof qog`oz yordamida va naqshni nusxa ko`chiradigan qog`oz bilan ko`chirish8

12.Kashta buyumlari qanday gazlamalarga tikiladi? baxmal, shoyi, satin

III.

Baxmal, ola baxmal, duxoba - mayin, silliq, patli gazlama. Patlari tabiiy yoki sunʼiy ipakdan, zamini ip yoki kanopdan toʻqiladi. B. toʻqishda ikkita oʻrish ipi ishlatiladi: biri zamin, ikkinchisi esa pat hosil qiladi.
Yangi mavzuning bayoni

Bezak buyumlarining turi juda ko`p, masalan, so`zana, kirpich, choyshab, choy xalta, zardevor, palak, gulko`rpa, dorpech, parda, belbog`, do`ppi, ko`ylak, dastro`mol, hamyon, joynomoz, sumka, nimcha va boshqalar badiiy did bilan bezatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.

Palak-devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to`lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo`zga kashta tikib tayyorlangan.

Zardevor - uyningtepaqismigaosiladigankashtabuyumibo’lib, balandligi 60 sm,uzunligiuyningo’lchamigamosqilibolinadi.7

Choyshab- forscha so’z bo’lib ,tun chodiri degan ma’noni bildiradi.

Nimcha - xotin-qizlarning yengsiz va yoqasiz kalta ustki kiyimi; koʻylak ustidan kiyiladi. Bichimi turlicha - oldi ochiq (uchburchak shaklda chuqur oʻyilgan), tugmachali, avra-astarli, baʼzan ikki yonida choʻntaklar qilingan.
Fors tili, forsiy - xindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQShda, Kavkazorti va Oʻrta Osiyo respublikalarida ("eroniy" deb ataladi) tarqalgan.
Choyshab-forscha-tojikcha ro`yjo-tun chodiri degan ma'noni bildiradi.Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun, to’shak ustidan to`shaladi. To`shak ustidan yoziladigan choyshab ham kashtali oq surup, taxmonga tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda choyshabdan so`zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmoqda.Choyshab o`lchami 250X140sm.

государственный музей прикладного исскуства

Joynomoz - yerga solib ustida nomoz o`qiydigan to`shama.Islom diniga e'tiqod qiluvchilar ishlatishadi. Joynomoz har xil matodan tayyorlanib uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo`ladi. Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o`lchamda bo`ladi.

Yostiqqosh- eni 30sm ,uzunligi 60sm gazlamaga naqsh tushurilib tikiladigan bezak buyumi.

Kirpech- kirpo`sh, tokchaga taxlab qo`yiladigan kiyim-kechak ustidan yoki devorni vertikal bo`sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo`lda yoki mashinada tikiladi.Kirpech qo`lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saqlaydi va uyni bezab turadi. Kirpech o`lchami 250X65sm.

So`zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo`lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo`yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga tikib tayyorlanadi. U o`ziga xos badiiy ko`rinishiga ega.Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalaniladilar.Shuning uchun palakdan farq qiladi. So`zana o`rtasida ko`pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi.государственный музей прикладного исскуства

Oynaxalta- uyga osiladigan, ichiga oyna, taroq va shu kabi byublarni solish uchun tikilgan.Ayollar ro’moli. Qadimda ayollar to’y va bayramlarga o’rash uchun kashta bezaklaridan foydalanib po’mollar tikishgan va bu ro’mol o’zlari uchun juda qadrli hisoblangan. (012)9(12)

Sandalpo’sh - qish kunlarida sandal ustiga yopish uchun mo’ljallab tikilgan ko’rpa.Gulko’rpa – uyning bezak buyumlaridan biri hisoblanadi.
Qiyiqcha- belbog’ erkaklar beliga bog’lanadigan ro’mol. Belbog` bizda juda qadim zamonlardan beri foydalanib kelinadi. Hali tugmalar ishlatilmagan zamonlardayoq choponning oldi yopilib turishi uchun belbog` bilan mahkam bog`lab qo`yishgan. Payti kelganda belbog` joynomoz, dasturxon, peshonabog`, dastro`mol, tugun o`rnidaham ishlatilgan. Qiyiqcha-belbog` tikish uchun gulsiz sidirg`a surp, satin, selon, atlas va tovar matolar ishlatiladi. Belbog`ni gullari ilma, yo`rma, suv, bosma va ko`paytiruv choklarida tikiladi va turli o`lchamli bo`ladi. Hozir ham belbog` o`zbek halqining to`y tomoshalarida va boshqa marosimlarida ishlatiladi.Qiyiqcha o`lchami 110X110 sm.

Qiyiqcha o`zi kvadrat, ya`ni to`rtburchak tomonlari bir-biriga teng gazlamadan tikiladi, bichib olingan qiyiqchaga gul shablon yordamida tushiriladi, keyin har xil rangli iplarda chiroyli bezak va munchoqlar tikib chiqiladi,chetlariga gullar solib, she’rlar, baytlar, ismlar, yozib tikilgan.

Qiyiqcha uchun ipak ip, atlas gazlamalar tanlanadi.

Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat.


Amaliy mashg’ulot: Avval gazlama 80x80 o’lchamda qirqib olinadi.

Chetlari ko`klab chiqiladi.Keyin nusxa ko`chiriladigan qog`ozdan foydalanib, naqsh elementlari tushirib olinadi.

Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi.


Kashta tikishda ishlatiladigan choklar



irodi

ilma

popop

Suv

qaytma

Kanda xyol

Yo’rma

Chida xayol

bosma

Qaytma chok .Bu chok bir xil yiriklikdagi qavariqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo`ladi. Ignani o`ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi oraliq hosil bo`ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o`ngga yotqizib birinchi qaviq tutashgan joyidagi nuqtaga igna sanchiladi-da, qaviq yirikligida o`ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o`zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo`ladi.

Suv chok .bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlarlardan iborat bo`ladi. Bu chokni chapdan o`ngga tomon yoki o`zidan oldinga qaratib yo`naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda – chapda yoki o`ngda bo`lishi kerak. Tikayotganda ip yo`nalishini o`zgartirib bo`lmaydi, chunki chokning strukturasi buzilib qoladi.

Iroqsimon chok. Gazlamadan sug`urib chiqariladigan ikkita ip izi bo`ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining motividan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o`ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig`i bir xil bo`lishi kerak. Y`olning o`rtasi bo`ylab qaviqlar chalishib boradi, har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.

O’quvchilar gazlamaga naqsh tushirib, naqshga mos rang tanlab kashta choklaridan tikadilar, tikishni bajarish vaqtida musiqadan foydalanish mumkin,masalan ,,Kashtachi qiz ’’ qo’shig’i.

Nusxa tikib bo’lingach, belbogning avval teskari tomoni, so’ngra o’ng tomonidan dazmollanadi.

Mashg’ulotni mustahkamlash:

1.Hunarmandchilik qachon kelib chiqqan?

2.Qanday hunarmandchiligimiz turlarini bilasiz?

3.Qanday milliy kashtani bilasiz?

4.Qiyiqcha qanday gazlamadan tikiladi?

5.Qiyiqcha tikishda qanday iplar ishlatiladi?

6.Qiyiqcha qanday bichiladi?

7.Qiyiqchaga qanday nusxa ko`chiriladi.

Mashg’ulotning yakuni va uyga topshiriq : qiyiqcha chetlarini tikib, dazmollab kelish.

b) ish o’rnini yig’ishtirish

c) o`quvchilar bajargan ishi va mashg’ulotdagi faolligiga ko’ra baholanadi.

Mavzuni mustahkamlash:”Moychechak guli” usuli .Bunda o’quvchilar:

1-guruh moychechak yaproqchalariga hunarmandchilik turlarini,

2-guruh moychechak yaproqchalariga kashta buyumlari nomlarini,yozib chiqadilar.

Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarni zeriktirmaslik hamda faolligini oshirish maqsadida quyidagi qiziqarli savollar berish mumkin yoki eng ko’p shahar nomini ayta oladi kabi o’yinlar o’ynash mumkin.

a) Toshkent (O’zbekiston Respublikasi poytaxti)


b) Termiz (Surxandaryo viloyati markazi)

v) Zarafshon (Navoiy viloyatidagi shahar)


g) Marg’ilon (Farg’ona viloyatidagi shahar)
d) Qarshi (Qashqadaryo viloyati markazi)
Yakuniy qism.
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
Poytaxt - davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi.
Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

To’garak a’zolarining olgan baholari e’lon qilinib, yutuq va kamchiliklari tahlil etiladi. To’garak rahbari ta’lim oluvchilarning bilimlarni o’zlashtirish darajalarini aniqlash maqsadida mashg’ulot yakunida odamning 3 xil variantdagi (qosh, ko’z, og’iz, burun aks ettirilgan) rasmini doskaga osadi.
Tushunmadim.O’rtacha tushundim.Juda yaxshi tushundim.
1-rasmda insonning g’amgin, xafa holati, 2-rasmda o’rtacha quvnoqlikdagi holati, 3-rasmda esa juda xursand kayfiyatdagi holati aks ettiriladi. To’garak rahbari to’garak a’zolarining o’zlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida 1-rasm yoniga “Tushunmadim”, 2-rasm yoniga “O’rtacha tushundim”, 3-rasm yoniga esa “Juda yaxshi tushun-dim” deb yozib qo’yadi. Har bir to’garak a’zosi mashg’ulot yakunida rasmlardan birini tanlaydi. Ularning qaysi rasmni tanlashiga qarab, mavzu bo’yicha egallagan bilim va ko’nikmalari haqida xulosa chiqariladi.
Ayni paytda to’garak rahbari o’zi tanlagan metodining samaradorligi haqida xulosa chiqarish imkoniga ega bo’ladi.Masalan, to’garak a’zolari 1-holatda tasvirlangan rasmni ko’proq tanlashgan bo’lishsa, to’garak rahbari mashg’ulot o’tish metodini o’zgartirishi lozim. 2-holatda tasvirlangan rasmni ko’p to’garak a’zolari tanlashsa, to’garak rahbari o’tgan mavzusini yana takrorlashi lozim. Agar to’garak a’zolari 3-holatda tasvirlangan rasmni ko’proq tanlashgan bo’lishsa, bu hol to’garak rahbari qo’llayotgan metodning samarali ekanidan dalolat beradi. Bizningcha, nafaqat amaliy, balki nazariy mashg’ulotlarda ham o’qitishning noan’anaviy usullaridan keng foydalanish zarur



Mashg`ulot olib borish tartibi:

Sana__________

Mavzu: Milliy liboslardan ko’ylak va uning turlari haqida ma’lumot. Gavdadan o’lchov olish va yozish

Maqsadlar :

a) ta'limiy- milliy liboslardan ko’ylak va uning turlari haqida ma’lumot berish , gavdadan o’lchov olish va yozish, hisoblash formulasini

b) tarbiyaviy – o’quvchilarni milliy liboslarni bichishda hamda tikishda ehtiyotkorlikka va tejamkorlikka o’rgatish, ularda badiiy didni o’stirish

v) rivojlantiruvchi– o’quvchilarning milliy liboslar va ularni tikish haqidagi bilim va ko’nikmalarini kengaytirish.



Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni tikuvchilik, modellashtirish kabi kasblarga qiziqtirish .

Jihozlar : tarqatma materiallar, tikuvchilikka oid ko’rgazmali qurollar va asboblar

Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish va mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

Mashg`ulotning borishi:

To`garak a`zolari bilan savol-javob:

1) tikuv mashinalariga qanday qarov veriladi?

2) tikuv mashinasini moylash va tozalash tartibini aytib bering.

3) tikuv mashinalarida qanday kamchilik va nuqsonlar uchrashi mumkin?

4) mashinada zig-zag qator tikish qanday amalga oshiriladi?

Yangi mavzuni bayon qilish

1.milliy liboslar 2.ko’ylak va uni turlari 3.gavdadan o’lchov olish

Ayollar ustki kiyimlarini erkaklarni kiyimlariga nisbatan qator o’ziga xos xususiyatlari bor. Gavdaning tuzilishiga ko’ra ayollar kiyimi erkaklar kiyimidan boshqacha bichiladi. ayollar ustki kiyimlariga , kostyumlar, bluzkalar, yubkalar, ko’ylaklar , nimcha va yubkadan iborat bo’ladi. ko’ylaklarning ham fasonlar xilma-xil bo’lib, ular ko’ylakning bichishiga bog’liq holda tekis yoki burmali, belidan ulangan, to’g’ri yoki klyoshli, yengining shakli va razmeri turlicha , ko’ylaklar kiyilishiga qarab kundalik-uyda va ishda kiyiladigan, kishilik- ko’chaga, teatrga va mehmonga kiyiladigan maxsus ko’ylarga bo’linadi. Uyda kiyiladigan ko’ylaklar arzonroq, oson yuviladigan gazlamalardan soddaroq qilib va murakkab bezaklarsiz tikiladi. Ish ko’ylaklari turli gazmolladan , odatda, kamtarona, tikildi. Kishilik ko’ylaklar qimmatroq gazlamalardan va murakkabroq fasonlarda tikiladi, ko’pincha xilma- xil qilib bezatiladi. Kechqurun kiyiladigan ko’ylaklar ko’pincha uzun qilib baxmal krepdeshin, krepsatin va boshqalardan tikiladi o’lchovi olinadigan kishining gavda tuzilishiga ahamiyat berish zarur. Chunki hammaning bo’y- basti baravar emas. O’lchov olish uchun santimetrli lenta, qalam va qog’oz kerak. Aylanalarni ko’rsatuvchi o’lchovlar va kenglik o’lchovlarining yarmi yoziladi.

Mashg’ulotni mustahkamlash:

1)ayollar ustki kiyimlarining xususiyatlarini ayting?

2)ayollar kiyimi qanday gazlamalardan tikildi?

3)asosiy o’lchovlarning nomlarini ayting?

4) Nima uchun aylana va kenglik o’lchovlarining yarmi yoziladi?

Mashg’ulotni yakunlash: (o'quvchilarni bajargan ishlariga qarab ularni rag'batlantirish va baholash).

Uyga vazifa berish:gavdadan o’lchov olishni o’rganib kelish

Mashg`ulot olib borish tartibi:

Sana__________

Mavzu: tanlangan shakllarni shablon asosida tikish. Quroqning “yo’l-yo’l” usulidan foydalanish , ushlagich tikish .

Maqsadlar :

a) ta'limiy - o'quvchilarga quroqchilikda ishlatiladigan gazlamalar haqida umumiy ma'lumot berish;

b) tarbiyaviy- o'quvchilarni milliy qadriyatlarni o'rganishga va avaylashga undash, tejamkorlikka o'rgatish, badiiy didni o'stirish;

v) rivojlantiruvchi-o'quvchilarning quroqchilik haqidagi bilim va ko'nikmalarini kengaytirish, hunuarmandchilik ishlarini o'rganishga rag'batlantirish.

Kasbga yo'naltiruvchi maqsad: o'quvchilarni tikuvchilik, to'quvchilik, naqqoshlik, modelerlik k'abi kasblarga qiziqtirish.

Jihozlar : tarqatma materiallar, tikuvchilikka oid ko’rgazmali qurollar va asboblar

Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish va mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

Mashg`ulotning borishi:

To`garak a`zolari bilan savol-javob:

1. Quroqchilik ishlarining qanday ahamiyati bor?

2. Quroqlar qanday shakllarda tikiladi?

Yangi mavzu bayoni:.

Tikiladigan quroq buyumi uchun avval gazlama qoldiqlarini ajratib olamiz va ularning xossalaridan va tikiladigan buyumning vazifasidan kelib chiqib, gazlama sifatini aniqlaymiz. Masalan quroq choynak ushlagich tayyorlashda ko'proq tabiiy va issiqqa chidamli gazlamalardan foydalangan ma'qul. Buning uchun gazlamalarni xossalarini bilish va rang tanlash, chizmachilik qobiliyati ham bo'lish kerak. Andozalar ikki xil bo'lib, chok haqi berilgan va chok haqi berilmagan bo'ladi. Tikilayotgan buyumning vazifasidan kelib chiqib gazlamalarga ishlov beriladi (yuvib quritish, namlab dazmollash, kraxmallash), so'ngra quroq uchun shakl tanlanadi. Ularni uchburchak, yo'l-yo'l, kvadrat, yulduzcha va boshqa ixtiyoriy shaklda tayyorlash mumkin. Andozalarni chok haqi berilgan qilib tayyorlangani ma'qul, chunki barcha gazlamalar aniq va bir xilda qirqilishi kerak bo'ladi.

Yo'l-yo'l gulli quroq tikish uchun gazlamalarni ajratib, sifatini aniqlab, so'ng andoza tayyorlanadi. Buning uchun ushlagich uzunligini o'lchovini olib, kartondan uzun tasmacha shakli kesib olinadi va tayyor ishlov berilgan gazlama qoldiqlaridan shunday tasmachalar kesib olinadi. Har biftasmachalarni avval qo'lda to'g'riligini tekshirib, so'ng tikuv mashinasida tikish mumkin.

Quroqchilik haqida yuqorida berilgan ma'lumotlar asosida o'quvchilarga yo'l-yo'l usulida quroq tikish ishlari haqida tushuncha beriladi va quroq tikish o'rgatiladi. Buni quyidagi tartibda amalga oshirish mumkin:

Amaliy mashg’ulot:Yo'l-yo'l shaklli quroq ushlagich o'lchamlarini aniqlash, yo'l-yo'l shaklli quroq ushlagich eskizini chizish va andoza tayyorlash.

Mashg’ulotni mustahkamlash: o’quvchilarning bajargan ishlari tekshiriladi , kamchiliklar bartaraf etiladi

Mashg’ulotni baholash, uyga vazifa berish (biror usulda quroq tayyorlashga tayyorgarlik ko'rish, qiyqimlaridan olib kelish), ish o'rnini yig'ishtirish.
Mashg`ulot olib borish tartibi:

Sana__________

Mavzu: Gazlamalar haqida ma’lumot

Maqsadlar :

a) ta'limiy - o'quvchilarga gazlamalar haqida umumiy ma’lumot berish

b) tarbiyaviy- o'quvchilarga gazlamalarga ishlob berishda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan ishlashni o’rgatish

v) rivojlantiruvchi - o'quvchilaming gazlamalar haqidagi bilim va kiyim tikishga oid ko'nikmalarini kengaytirish.

Kasbga yo’naltiruvchi maqsad: o’quvchilarni tikuvchilik, modellashtirish kabi kasblarga qiziqtirish .

Jihozlar : tarqatma materiallar, gazlamalarga oid ko’rgazmali qurollar va asboblar

Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish va mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

Mashg`ulotning borishi:

To`garak a`zolari bilan savol-javob:

1.Gazlama nima?

2.Gazlamalar olinishiga ko’ra necha xil bo’ladi ?

3.Tabiiy tolalarning qanday xususiyatlari bor ?

4.Gazlamalar necha xil bo’ladi?

4. Sun’iy ipak tabiiy ipakdan qanday farq qilinadi



Yangi mavzu:

Ma`lumki.To`qimachilik sanoatida xilma-xil gazlamalar ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
Gazlamalar tashqi ko`rinishi bo`yicha turli xususiyatlarga ega. Gazlamalar har xil tikuv buyumlari tikishda ishlatiladi. Shu sababli ular chidamli bo`lishi uchun har xil ishlov beriladi, shuningdek, yuvishda, tozalashda va dazmollashda ularning o`ziga xos xususiyati hisobga olinadi.




Gazlama



Kimyoviy tolali gazlamalar

Tabiiy tolali gazlamalar



Sintetik tolali gazlamalar

Sun’iy tolali

gazlamalar



Hayvon tolali gazlamalar

O’simlik tolali gazlamalar



Paxta

Krep

Sun’iy ipak

Kapron

polietilen

Zig’ir

Jun

Ipak

Paxtadan 70 xilga yaqin turli mahsulotlar tayyorlanadi.

Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo`ladi. Dazmolni yaxshi oladi, havoni yaxshi o`tkazadi. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalar paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarga qaraganda chidamliroq, og`ir va qalinroq bo`ladi, namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi, usti silliq sitiluvchan bo`ladi.

Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun)
Tez g`ijimlanadi va oson dazmollanadi.

Amaliy mashg’ulot:o’qituvchi har xil gazlama namunalari yordamiga o’quvchilarga gazlamalarning xossalari haqida ma’lumot beradi va o’quvchilardan savollar berish orqali olgan bilimlarini tekshiradi.

Mashg’ulotni yakunlash: (o'quvchilarni bajargan ishlariga qarab ularni rag'batlantirish va baholash).

Uyga vazifa berish:gazlamalarninr tirlarini va xususiyatlarini o’rganib, gazlamalardan albom tayyorlab kelish

Mashg`ulot olib borish tartibi:

Sana__________

Mavzu: To’qish san’ati va ipda to’qish

Maqsadlar :a) ta'limiy - o'quvchilarga chamalash, aniqlik, tartiblilikni o’stirish ;

b) tarbiyaviy- o'quvchilarni milliy qadriyatlarni o'rganishga va avaylashga undash, tejamkorlikka o'rgatish, badiiy didni o'stirish;

v) rivojlantiruvchi-o'quvchilarning to’qish haqidagi bilim va ko'nikmalarini kengaytirish, hunuarmandchilik ishlarini o'rganishga rag'batlantirish.

Kasbga yo'naltiruvchi maqsad: o'quvchilarni tikuvchilik, to'quvchilik, k'abi kasblarga qiziqtirish va kasanachilikka o’rgatish

Jihozlar : tarqatma materiallar, to’quvchilikka oid ko’rgazmali qurollar va asboblar

Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashish va mashg’ulotga tayyorgarligini tekshirish

Mashg`ulotning borishi:

To`garak a`zolari bilan savol-javob:

1. To’qish ishlarining qanday ahamiyati bor?

2. Qanday to’qish turlarini bilasiz?

3.Qanday to’qilgan buyumlarni bilasiz?

Yangi mavzu bayoni:.Polotnoni to’qish usullari.

Kryuchokda to’qishning xususiyati shundaki, u hech qanday qiyinchiliklarsiz jimjimador yassi polotnolarnigina emas, balki hayvonlar, qushlar, qo’g’irchoqlar va boshqa shakllarini to’qish imkoniyatini ham beradi.

Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
Polotno to’qishning eng ko’p tarqalgan usullari bilan tanishib chiqamiz.



1-usul.Ishni polotnaning yon tomonidan boshlab, o’ngdan chapga tomon to’qiladi.Qatorni milk petlya bilan tugatib, to’qimani aylantirib olgach, yangi qator boshlanadi natijada yassi polotno hosil bo’ladi.

2-usul.Uzun kryuchok bilan polotnoning yon tomonidan boshlab turlicha usul bilan to’qiladi.Mashq qilish uchun 12 ta havoyi petlyadan zanjir to’qish.

1-qator homaki petlyasiz ustunchalar bilan to’qiladi.So’ng to’qima aylantirib olinadi.

2-qatordakryuchokga oldingi qatorning asos petlyalaridan o’ngdan chapga tomon petlya terish. Yangi petlyalar qator to’qib bo’linguncha kryuchokda qolishi kerak.

3-qatorda polotnoni aylantirmay turib, xomoni petlya olib, uni kryuchokdagi petlya olib, uni kryuchokdagi 2-petlyaga kiriting, qatorning oxirigacha shunday takrorlab to’qing.

4-qatorda to’qimani aylantirmay oldingi qatorning «darchasiga kryuchok kiritibyana petlya tering. Kryuchokni vertikal ip tagiga yoki «darcha» tepasidagi «to’siqcha» ustidan kiritish ham mumkin. Unda boshqacha gul hosil bo’ladi.

3-usul.Bir qator xomini petlya soz ustunchalar chapdan o’ngga tomon surilib tisarilayotgandek-«yo’rma qadam» tashlagandek qilib to’qiladi.Ko’pincha kiyim chetlari chir aylantirib shunday to’qiladi.

4-usul.To’qish 3 ta yoki 4 ta havoyi petlyadan boshlanadi, bu petlyalar doira bo’ylab yarim ustuncha qilib tutashtiriladi. Shundan keyin doira bo’ylab o’ngdan chapga tomon petlyalar qo’shib boriladi va polotnoga doira, uchburchak, to’rtburchak, oval singari istalgan shakl berib to’qiladi.

Amaliy mashg’ulot :Kuchukcha to’qish . Bu o’yinchoq jun ipdan 2,5 nomerli kryuchokda to’qiladi. Kuchukcha xomaki petlyasiz ustunchalar va uzun petlyalardan to’qiladi. O’zun petlyalar bilan andozaga binoan tanani (a)-2 ta detal’, aftini (b)-2 ta detal’, qulogini (v)-4 ta detal’ (bulardan ikkitasini pushti ip bilan xomaki petlyaso’z ustun qilib to’qish kerak) to’qing.

Detallarni ulardagi raqamlar asosida biriktirib to’qing.O’yinchoqlarning ichiga paxta tiqib qo’ying.Tanasining yuqori qismini tortib turib, boshini ulang, unga tugmadan ko’z qilib, qizil ipdan to’qilgan tilcha ulang.Burunchasini qora ip bilan kashta tikkandek torting.Kuchukchani rangli iplardan ham to’qish mumkin.Masalan, quloqlarini o’zun petlyalar bilan qora ipdan, tanasini esa-oq yoki qora ipdan to’qish mumkin.O’yinchoq melanj ipdan to’qilgan bo’lsa, uning rangi tabiiy junining rangini eslatadigan bo’lsa, juda qo’ziq kuchukcha chiqadi.



Mashg’ulotni yakunlash: (o'quvchilarni bajargan ishlariga qarab ularni rag'batlantirish va baholash).

Uyga vazifa berish: kuchukchani to’qib tamomlab kelish .

Download 1,61 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,61 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namunaviy bir soatlik to’garak mashg’uloti ishlanmasi

Download 1,61 Mb.