Samarqand shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 64-umumiy o’rta ta’lim maktab mehnat ta’limi fani o’qituvchisi Dusiyorova Vazira Suyunovnaning “2015-2016 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejasi, DTS va o’quv dasturlari hamda qo’llaniladigan darsliklarga kiritilgan o’zgartirishlar, o’quv-metodik qo’llanmalar va qo’shimcha adabiyotlar to’g’risida” nomli ma’ruzasi
Mavzu: 2015-2016 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejasi, DTS va o’quv dasturlari hamda qo’llaniladigan darsliklarga kiritilgan o’zgartirishlar, o’quv-metodik qo’llanmalar va qo’shimcha adabiyotlar to’g’risida. Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi) Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
O’sib kelayotgan yosh avlodni kelajak hayotga tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish- muhim ijtimoiy-siyoyiy va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan umummilliy masaladir. Shu sababli bu masala hamma davrda ham jamiyatdagi ilg’or, ziyoli, vatanparvar kishilarning diqqatini o’ziga tortib kelgan. Binobarin hech qaysi davlatning va hech qaysi jamiyatning taraqqiyotini, kelajagini bilimli va tarbiyali yoshlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yoshlarga ta’lim berish bilan birga ularning ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiya berish, ularda axloqiy tushunchalarni shakllantirish- bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Xalqimizda “Bola boshidan” degan ajoyib naql bor. Bu bolalarni eng kichik yoshidan boshlab mehnat qilishga, kattalarni hurmat qilishga, bilim olishga o’rgatish zarurligini ifodalaydi. Shu sababli ham yosh avlodni halol mehnat qilishga, turli kasb-hunarni egallashga o’rgatib borish xalqimizning muqaddas an’anasiga aylangan.
“Ta’lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlardan ko’zlangan asosiy maqsad – ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, jahon andozalari talablariga javob beradigan mutaxassis-kadrlarni tayyorlashdan iborat. Yosh avlodga zamonaviy texnologiyalar asosini o’rgatish, ularni ishlab chiqarish sohalariga tayyorlash umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasidir. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Bu vazifani bajarishda mehnat ta’limi darslarining alohida o’rni va ahamiyati bor. Respublikamizda yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi tizimini amalga oshirish, bunda milliy, tarixiy, huquqiy, ma’naviy, madaniy va etnik xususiyatlarini yetarlicha ifodalash maqsadida umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini o’qitish 2010 – yilda qabul qilingan uzviylashtirilgan DTS va o’quv dasturlari asosida 3 ta yo’nalishda olib borish belgilangan. Bular – Texnologiya va dizayn, Servis xizmati va Qishloq xo’jaligi asoslari yo’nalishlaridir.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy modeli”ning asosiy g’oyasi – barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. Shu sababli, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan mehnat ta’limi darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuning uchun ham, mehnat ta’limi darslarida, ayniqsa, amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradigan o’qitish metodlari va shakllaridan kengroq foydalanib borish maqsadga muvofiqdir.
Bizga ma’lumki, mehnat ta’limi darslari maktabda eng uzoq vaqt o’tiladigan o’quv fanlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mehnat ta’limi fani o’qituvchi rahbarligida o’quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar – mehnat faoliyati jarayonidan iborat bo’lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko’nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga, hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan o’quv fanidir. Bu fan umumiy o’rta ta’lim maktablarida uzoq muddat, ya’ni birinchi sinfdan to oxirgi to’qqizinchi sinfgacha bo’lgan davrda o’qitilishi bilan o’quvchilar faoliyatida va maktab hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga egadir.
t/r
|
1-sinf
|
2-sinf
|
3-sinf
|
4-sinf
|
5-sinf
|
6-sinf
|
7-sinf
|
8-sinf
|
9-sinf
|
Haftada
|
1
|
1
|
1
|
1
|
2
|
2
|
2
|
1
|
1
|
O’quv yilida
|
33
|
34
|
34
|
34
|
68
|
68
|
68
|
34
|
34
|
Maktabda mehnat ta’limi darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad – o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan to’g’ri foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirishdan iborat.
I-bosqich: 1-4 –sinflardagi mehnat darslarida o’qituvchi o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki ma’lumotlarni beradi. O’quvchilarda qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi. Odatda bu darslarni qo’l mehnati yoki to’g’ridan-to’g’ri mehnat darslari deb yuritiladi.
II-bosqich: 5-7-sinfdagi mehnat ta’limi darslari kiradi. Bu bosqichdagi mehnat ta’limi darslari “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Qishloq xo’jalik asoslari” ya’ni “Qishloq xo’jalik mehnati” yo’nalishlarida tashkil etiladi.
“Texnologiya va dizayn” yo’nalishining o’zi ham ikki qismga bo’linib o’rganiladi.
1.Metallarga ishlov berish texnologiyasi
2.Yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi.
“Servis xizmati” yo’nalishi ham ikki qismga bo’linadi.
1.Pazandachilik asoslari.
2.Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi.
Bu yo’nalishlar ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyatli hamma sohalarda qo’llaniladi. Shu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, metal, gazlamalarga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va ta’mirlash ishlari, dehqonchilik ishlari hamda traktorlar va xo’jalik mashinalariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi va ularda mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi. O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari ortib boradi.
III-bosqich: Bu bosqichdagi mehnat ta’limi darslari 8-9-sinflarda olib boriladi. Bu darslar ham yuqoridagidek uchta yo’nalishda tashkil qilinadi va o’quvchilarga o’tiladi. Biroq bunda o’quvchilarga o’qituvchi kasb turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlarni o’rgatadi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola qilinadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini o’qitishda o’qituvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan asosiy ish o’quvchilarning jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptiradi. Bundan esa quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:
-
o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
-
ularning qiziqishlari;
-
qobiliyatlari;
-
kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan xislatlarini;
-
umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
-
o’quvchilar tomonidan bajariladigan ishlar moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat.
Bu esa o’quvchilarning mehnat qurollari, vositalari vajarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Mehnat ta’limiga qo’yilgan DTS talablari quyidagicha:
-
turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, o’lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish;
-
xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar to’g’risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
-
mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, havfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini o’rgatish;
-
o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini o’rgatish, ish boshqaruvchi (menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirib borish va rivojlantirish;Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
-
o’quvchilarning bilimga intilishi va mehnatga muhabbat, mehnat qilayotgan kishiga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
-
xalq hunarmandchiligi kasblarini o’rgatish orqali xalqning milliy ruhini, yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini o’rgatish, ulardan o’z amaliy faoliyatlarida foydalanish ko’nikmalarini mustahkamlash;
-
yangi ishlab chiqarish axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi, yangi texnika va jihozlarning qo’llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon tajribalariga mos holda o’rganishlarini ta’minlash;Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
-
yuqori sinflarda turli mutaxassisliklarning kasbiy faoliyatida qo’llaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar, moslamalardan foydalanishni o’rgatish.
DTS laridan ko’rinib turibdiki, mehnat ta’limi fani umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda katta ahamiyatga ega. Shu sababli mehnat ta’limi fani darslarini tashkil etishga va o’tkazilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
|