• II-bosqich
  • O’sib kelayotgan yosh avlodni kelajak hayotga tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish- muhim ijtimoiy-siyoyiy va davlat ahamiyatiga EGA bo’lgan umummilliy masaladir




    Download 19.23 Kb.
    bet2/3
    Sana10.04.2017
    Hajmi19.23 Kb.
    #3791
    1   2   3
    I-bosqich: 1-4 –sinflardagi mehnat darslarida o’qituvchi o’quvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan o’rni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki ma’lumotlarni beradi. O’quvchilarda qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi. Odatda bu darslarni qo’l mehnati yoki to’g’ridan-to’g’ri mehnat darslari deb yuritiladi.

    II-bosqich: 5-7-sinfdagi mehnat ta’limi darslari kiradi. Bu bosqichdagi mehnat ta’limi darslari “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” hamda “Qishloq xo’jalik asoslari” ya’ni “Qishloq xo’jalik mehnati” yo’nalishlarida tashkil etiladi.

    “Texnologiya va dizayn” yo’nalishining o’zi ham ikki qismga bo’linib o’rganiladi.

    1.Metallarga ishlov berish texnologiyasi

    2.Yog’ochlarga ishlov berish texnologiyasi.

    “Servis xizmati” yo’nalishi ham ikki qismga bo’linadi.

    1.Pazandachilik asoslari.

    2.Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi.

    Bu yo’nalishlar ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyatli hamma sohalarda qo’llaniladi. Shu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, metal, gazlamalarga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va ta’mirlash ishlari, dehqonchilik ishlari hamda traktorlar va xo’jalik mashinalariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi va ularda mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi. O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari ortib boradi.

    III-bosqich: Bu bosqichdagi mehnat ta’limi darslari 8-9-sinflarda olib boriladi. Bu darslar ham yuqoridagidek uchta yo’nalishda tashkil qilinadi va o’quvchilarga o’tiladi. Biroq bunda o’quvchilarga o’qituvchi kasb turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlarni o’rgatadi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola qilinadi.

    Umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi darslarini o’qitishda o’qituvchi tomonidan o’z oldiga qo’yilgan asosiy ish o’quvchilarning jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish va amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptiradi. Bundan esa quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:



    • o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish;

    • ularning qiziqishlari;

    • qobiliyatlari;

    • kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan xislatlarini;

    • umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

    • o’quvchilar tomonidan bajariladigan ishlar moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat.

    Bu esa o’quvchilarning mehnat qurollari, vositalari vajarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratiladi.



    Download 19.23 Kb.
    1   2   3




    Download 19.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’sib kelayotgan yosh avlodni kelajak hayotga tarbiyalash, kasb-hunarga o’rgatish ishlarini amalga oshirish- muhim ijtimoiy-siyoyiy va davlat ahamiyatiga EGA bo’lgan umummilliy masaladir

    Download 19.23 Kb.